SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 51
Kiyimlarni loyihalash asoslari o’z ichiga odam gavdasining tuzilishi va turlari,
gavdaning antropomenik
nuqtalari va chiziqlari, kiyimlarni
loyihalah usullari, kiyimlarni
loyihalashda ishlatiladigan
o’lchov turlar va ularni gavdadan olish turlari, kiyimni
loyihalashda ishltiladigan qo’shimchalar to’g’risidagi
ma’lumotlarni oladi. Ana sularni alohida ko’rib chiqamiz.
Odam gavdasining tuzilishi va turlari.
Тikuvchilik
mutaxassisligida kiyim
modelini ishlab chiqarish
uchun
odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi
zarur.
Odam gavdasi odatda tana, bo‘yin, bosh, qo‘llar va oyoqlar
kabi bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi. Gavda tuzilishida
odamning suyak qismlari asosiy rol o‘ynab u gavdaning
tayanchi bo‘lib hisoblanadi
va odam tanasining shakliga
ta’sir qiladi. Odam skeleti bosh, tana, qo‘l va oyoq suyak
qismlaridan tashkil topgan. Skeletning
tayanchi bo‘lib umurtqa pog‘onasi hisoblanadi.
U besh qismga bo‘linadi (1-rasm):
1. Bo‘yin umurtqasi 0-1.
2. Ko‘krak umurtqasi 1-2.
3. Bel umurtqasi 2-3.
4. Dumg‘aza suyagi 3-4.
5. Dum suyagi 4-5. 1-rasm. Umurtqa pog’onasining bo’linishi.
Bo‘yin umurtqasining 7-suyagi turtib chiqib turadi.
Bu suyak odam gavdasidan
o‘lchovlar olishda xizmat qiladi.Umurtqa pog‘onasining egrilik darajasi odamning
qaddi-qomatini belgilaydi. Egrilik shakli odamning butun umri davomida o‘zgarib
turadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda umurtqa pog‘onasi deyarli to‘g‘ri shaklga ega.
Bolaning o‘sish davrida umurtqa pog‘onasining egriligi ma’lum bir shaklga kiradi.
Umurtqa pog‘onasining egriligiga qarab gavdani quyidagi turlarga ajratish mumkin.
— ozgina egilgan; 2-rasm. Umurtqa pog‘onasining egriligi.
— o‘rta egilgan;
— kuchli bir tekisda fodalangan egrilik;
— kuchli notekis ifodalangan egrilik.
Odamning bo‘yin asosidan to yelka bo‘g‘imlarigacha bo‘lgan qismi yelka deb
ataladi.