|
Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factorkiyimlarni-tikishda-inson-tanasi-o-lchamlarini-olish-usullariǀ
ISSUE 3
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 54
m — qorinning turtib chiqqan nuqtasi;
l — dumbaning turtib chiqqan nuqtasi;
n — tizza nuqtasi (tizzaning eng yuqoriga ko‘tarilgan markaz nuqtasi);
o — to‘piq nuqtasi;
p — tirsak nuqtasi (tirsak bukilganda chiqib turgan nuqtasi);
r — bilak nuqtasi (bilakning eng ingichka yeridan o‘tgan chiziqda ko‘tarilib turgan
nuqtasi).
Kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari.
Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan
aniq olingan o‘lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib kiyim tikmoqchi
bo‘lgan kishi gavdasini o‘lchash kerak. Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini
juftlab, ikkala oyog‘ida, gavdani tabiiy holatda bo‘sh qo‘yib, qo‘llarini tushirib tinch
turishi kerak. O‘lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib
turmaydigan ich kiyim, masalan kombinasiya ustidan o‘lchanadi. O‘lchashni
boshlashdan oldin gavdada asosiy hisoblash nuqtalari — bel chizig‘i va boshqalar
belgilab olinadi. Buning uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka belga gorizontal
qilib ilgak yordamida biriktiriladi. O‘lchayotganda santimetrli lentani tortmay va
bo‘shashtirmay old tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo‘l, yubka uzunligi va boshqa
o‘lchamlarni gavdaning o‘ng tomonidan olish kerak. Yelka, bo‘ksa va hokazolar
simmetrik bo‘lmasa ikkala tomon ham o‘lchanib, natijalar alohida yoziladi. Aylana
o‘lchamlari to‘la o‘lchanadi, lekin bu o‘lchamning yarmi (yelka, bilak, yelka
qiyamasining kengligidan tashqari) yoziladi. Uzunlik o‘lchamlari to‘la yoziladi. Razmer
belgilari qisqartirib: aylana — A, yarim aylana — YaA, uzunlik — U, kenglik — K,
balandlik — B deb yoziladi. Gavdani o‘lchashdan oldin hech narsani esdan chiqarmay
to‘g‘ri o‘lchash uchun o‘lchash belgilari ro‘yxati yozilgan qog‘oz tayyorlab olishni
maslahat beramiz.
Gavdani to‘g‘ri o‘lchash usullari 5-rasmda ko‘rsatilgan. Ularni razmer belgilarini
shartli belgilanishi esa quyida yozilgan:
1.
Bo‘yin aylanasi
(BnA). Santimetrli lenta bo‘yin nuqtasi va bo‘yin asosidagi nuqta
orqali o‘mrov nuqtasigacha aylanib o‘tadi.
2.
Dostları ilə paylaş: |
|
|