|
Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factorkiyimlarni-tikishda-inson-tanasi-o-lchamlarini-olish-usullariǀ
ISSUE 3
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 53
yoshdan 55 yoshgacha tana vazni har besh yilda o‘rta hisobda 10-15 kg ortadi, 60
yoshdan o‘tgach birmuncha kamayadi. Kiyimni loyihalash uchun mutanosiblikning
katta ahamiyati bor. Mutanosiblik deganda tananing turli qismlari o‘lchamining bo‘y
(rost) ga nisbati tushuniladi, bu nisbat foizlar bilan ifodalanadi. Antropolog olim
V.V.Bunak katta yoshdagi erkaklar va ayollar o‘rtasida ko‘p uchraydigan tana
mutanosibliklarini uchta asosiy tiрga bo‘ladi: dolixomorf tiр — bu tiрga mansub
kishilarning oyoqlari va qo‘llari uzun tanasi qisqa va ixcham bo‘ladi; braximorf tiр —
bu tiрga mansub kishilarning oyoqlari va qo‘llari nisbatan qisqa tanasi uzun va serbar
bo‘ladi; mezomorf tiр — oraliq tur hisoblanadi.
Gavdaning antropometrik
nuqtalari
va chiziqlari
. Ko‘plab ishlab
chiqariladigan kiyimlarni loyihalash va asosiy
bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat
tizimidagi loyihachiga standart jussalar, ya’ni
mamlakatning jami aholisiga xos jussalar
o‘lchamining mukammal xarakteristikasi kerak
bo‘ladi.
Bu
ma’lumotlarni
antropometrik
tekshirish, ya’ni kishining gavdasini va uning
qismlarini o‘lchash yo‘li bilan hosil qilish
mumkin. Bu ish
antropometriya
deb ataladi.
Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning
muayyan nuqtalari — antropometrik nuqtalar
oralig‘i yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib, ko‘rinib turadigan chegaralar teridagi
o‘ziga xos nuqtalar bo‘yicha o‘lchanadi. O‘lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi
antropometrik nuqtalardan foydalaniladi (4-rasm):
a — boshning eng yuqori baland nuqtasi;
b — bo‘yindagi 7-bo‘yin umurtqasining holati;
v — bo‘yin asosidagi nuqta;
g — o‘mrov nuqtasi (bo‘yin asosidan o‘tgan chiziqda old qismda bo‘yin chuqurchasi
nuqtasi);
d — yelka nuqtasi;
e — qo‘ltiq chuqurligining ort burchagi nuqtasi;
j — qo‘ltiq chuqurligining old burchagi nuqtasi;
4-rasm. Gavdaning antropometrik nuqtalari.
z — ko‘krakning yuqori nuqtasi (ko‘krak bezlarining uchi);
i — kurak nuqtasi;
k — bel nuqtasi (belning eng ingichka yeridan gorizontal o‘tganda umurtqa
pog‘onasining kesishgan nuqtasi);
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
Dostları ilə paylaş: |
|
|