|
Issn: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factorkiyimlarni-tikishda-inson-tanasi-o-lchamlarini-olish-usullariǀ
ISSUE 3
ǀ
2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 52
Ayollarda tananing ko‘krak qafasi qismining shakli ko‘proq ko‘krak bezlarining
tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘krak bezlarining rivojlanishiga qarab kam rivojlangan,
o‘rta rivojlangan va kuchli rivojlangan turlariga bo‘linadi. Ko‘krak bezlarining
joylashishiga qarab yuqori joylashgan, normal joylashgan va past joylashgan turlari ham
uchraydi.
Qorin qismining o‘lchamlariga qarab tekis qorin, bir oz turtib chiqqan qorin va
yuqori yoki past joylashgan shaklli qorin turlariga bo‘linadi. Qorinning formasi jinsga,
yoshga va oriq-semizligiga bog‘liq bo‘ladi. Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning
erkin suyaklaridan tashkil topgan. Oyoqlarning erkin suyaklari jumlasiga yonbosh (son)
suyagi katta va kichik boldir suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi.
Baland O’rta Past
3-rasm. Yelka shakllari.
Umumiy belgilar deganda tananing uzunligi (odamning bo‘yi), ko‘krak aylanasi
hamda vazn kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Gavdaning o‘rtacha uzunligi
chaqaloqlarda 49-51 sm bo‘ladi. Odamning bo‘yi ayollarda 15-17 yoshda, erkaklarda
20-22 yoshda marraga yetadi. Odamning bo‘yi 35-50 yoshgacha o‘zgarmaydi shu
yoshdan o‘tgach har besh yilda 0,5 sm qisqara boradi 55 yoshgacha shu tarzda davom
etadi, keyinchalik har besh yilda 0,7 smdan qisqara boshlaydi. Yosh ulg‘aygan sari
ko‘krak aylanasining o‘lchami orta boradi, qarigandan keyingina bir oz kamayadi. Bir
yashar go‘dakning ko‘krak aylanasi 48-49 sm ga
teng. 20-25 yoshlardagi odamlarda ko‘krak
aylanasi o‘lchami „marra“siga etadi va
o‘zgarmaydi. Ayollar 35 yoshlarda erkaklar 40
yoshlarda jadal semira boshlaydilar, shu sababli
ko‘krak aylanasi o‘lchami ortadi. Faqat 60
yoshlardagina
ko‘krak
aylanasi
o‘lchami
kamayadi, bunga organizmning qarishi bilan
bog‘liq fiziologik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi.
O‘sish davrida tananing vazni ortaveradi. 25-40 yoshlarda vazn barqarorlashadi. 40
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
Dostları ilə paylaş: |
|
|