Iste’mol, jamg‘arish va investitsiya



Yüklə 103,8 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü103,8 Kb.
#136675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Makro 6-mavzu

I = e - dR


Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to‘lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.

6.3-rasm. Avtonom investitsiyalar grafigi


Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko‘p bo‘lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.


    1. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan boshqa omillar. Akselerator modeli.


Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo‘llashdan zavod 10.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‘lsa, inflatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi:

      1. Soliqqa tortish darajasi;

      2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar;

      3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori;

      4. Investorlarning kutishi;

      5. Yalpi daromadlarning o‘zgarishi.

Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:


Yüklə 103,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə