Iste’mol, jamg‘arish va investitsiya


-rasm. O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning o‘sish sur’atlari, foizda48



Yüklə 103,8 Kb.
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü103,8 Kb.
#136675
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Makro 6-mavzu

6.4-rasm. O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning o‘sish sur’atlari, foizda48





48 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, 2005-2008 yillar davomida mamlakatimizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o‘sish sur’atlari 107 foizdan 128,3 foizgacha oshgan, ammo 2008-2010 yillarda 128,3 foizdan 109,2 foizgacha pasaygan. 2011 yilda esa yana biroz oshib 111,2 foizni, 2012 yilda 114 foizni. 2013 yilda 111,3 foizni, 2014 yilda 110,9 foizni tashkil etdi.
Biznes yuritish uchun qulay muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va imtiyozlar keng tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish yaxlit tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga yordam berdi. 2016 yilda mamlakat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi YAIMga nisbatan 24,8 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 21,9 foizidan ko‘pini 3,7 milliard dollar umumiy qiymatdagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil qildi, shuning 69,9 foizidan ko‘pi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlari va sohalariga investitsiyalar kiritish orqali quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga erishiladi:

  • ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish miqdor va sifat jihitdan o‘smoqda;

  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqdorining o‘sishi davlat byudjetiga tushayotgan soliq tushumlarining ko‘payishiga olib keladi;

  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligining oshishi ish haqining ortishiga va aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi;

  • jahon talablariga javob beradigan raqobatbardosh ishlab chiqarish orqali mamlakatning eksport salohiyati o‘sadi.



Qisqacha xulosalar


Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi.
Iste’mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, narx va soliq o‘zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardir.
Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir.
Investitsiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq.
Investitsiya hajmining YaIM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model
- akselerator modeli deyiladi.



Yüklə 103,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə