Iste’molchi tanlovi va naflilik tushunchasi. Naflilik


Iste’molchi tanlovning asosiy elementlari



Yüklə 137,41 Kb.
səhifə2/3
tarix12.10.2023
ölçüsü137,41 Kb.
#127298
1   2   3
Naflik va chekli naflik, chekli naflikning kamayish qonuni ’’ ma

Iste’molchi tanlovning asosiy elementlari.
Iste’molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o‘z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligi darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi naflilik (utility) deyiladi.
Ne’matning nafliligi - ne’matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste’mol nazariyasida ne’mat - bu iste’molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste’mol ob’ektidir. Ko‘p hollarda ne’matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki “iste’mol savati” bilan iste’mol qilinadi. Iste’mol nazariyasida: iste’molchilar ma’lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne’matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste’molchilar tomonidan sotib olinadigan ne’mat narxi uning miqdoridan bog‘liq emas; iste’molchilar ne’matlar nafligini to‘liq biladi va maksimal naf beruvchi ne’matlar majmuasini tanlaydi, deb faraz qilinadi.



  1. Naflik funksiyasi.

Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga o‘ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta’sir qiluvchi. Ular ketma-ket iste’mol qilinadigan biror ne’matdan olinadigan nafning iste’molchi uchun kamayish xususiyati mavjudligi to‘g‘risidagi qonuniyatni aniqlashgan. Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo‘r qoniqish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv birinchi stakan suvga nisbatan kamroq, uchinchisi esa - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi.
Bu holat toki oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo‘lguncha davom etadi. Bunda umumiy naf (total utility) ortib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan olinadigan qo‘shimcha, ya’ni chekli naf (marjinal utility) kamayib boradi. Naflilik funksiyasi - iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar hajmi bilan, uning ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi: TU=f( x , x ,..., x) bu yerda TU- umumiy naflilik darajasi; x , x ,...,x- 1, 2, ..., n - ne’matlar hajmi.
Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko‘pchilik iqtisodchilar ne’matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo‘lishgan. Unga ko‘ra ne’matning iste’molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo‘lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo‘lsa, narxi ham shuncha arzon bo‘ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g‘oyaga qarshi “suv va olmos paradoksi”ni ilgari surishgan. Unga ko‘ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo‘lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega.
Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo‘lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko‘rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne’matlar narxi bilan naflilik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud emas. Bu savolga to‘g‘ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya’ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne’matning zaxirasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangandan so‘ng topildi. Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo‘l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin


Yüklə 137,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə