Iste’molchi tanlovi va naflilik tushunchasi. Naflilik



Yüklə 137,41 Kb.
səhifə3/3
tarix12.10.2023
ölçüsü137,41 Kb.
#127298
1   2   3
Naflik va chekli naflik, chekli naflikning kamayish qonuni ’’ ma

Suv va olmos paradoksi.



  1. Umumiy va chekli naflik qonuni.

Nе'matlarning narxi ularning tabiatdagi yoki istе'molchi ixtiyoridagi zaxirasiga bog‘liq. Nе'matlarning zaxirasi qancha ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha birlik ne’mat qimmati shuncha past bo‘ladi va ularning narxi shuncha arzon bo‘ladi. Aksincha, ularning zaxirasi qancha kam bo‘lsa, qo‘shimcha birlik ne’mat qimmati shuncha yuqori va narxi shuncha qimmat bo‘ladi. Demak, ne’matning narxi uning umumiy nafliligi bilan emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, nе'matlar narxi ularning chеkli nafliligiga to‘g‘ri, zaxirasiga esa tеskari proporsional bo‘ladi.
Chekli naflilik (Mariginal utility) – bir birlik qo‘shimcha iste’­mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.
Umumiy naflilik biror ne’matdan ketma-ketlikda iste’mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig‘indisini ifodalaydi va u o‘sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste’mol to‘yingan sharoitda umumiy naflilik o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. Chekli naflilik ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida olinadigan qo‘shimcha naf miqdorini ifodaladi. Chekli naflilik - bu naflilik funksiyasidan biror ne’mat o‘zgaruvchisi bo‘yicha olingan xususiy hosilaga teng:

Bu yerda: MUi - i -ne’mat bo‘yicha chekli naflilik darajasi; ΔTU – umumiy naflilik darajasining o‘sgan qismi; Xi - i -ne’matni iste’mol qilish miqdorining o‘sgan qismi. Umumiy va chekli naflilikning o‘zgarishi 6.4-rasmda keltirilgan.

Umumiy naflilik va chekli naflilikning o‘zgarishi.
6.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, iste’mol qilinadigan ne’mat miqdorining (Q) oshib borishi bilan umumiy naflilik (TU) ham oshib boradi (a-rasm). Bunda chekli max TU(Q*) TU a) Q* Q MU б) Q* Q 85 naflilk (MU) kamayib boradi (b-rasm). Umumiy naflilik Q* nuqtada maksimal darajaga erishganda, chekli naflilik (MU) nolga teng bo‘ladi. Odatda, biror ne’matni iste’mol qilish oshganda (boshqa ne’matlar iste’moli hajmi o‘zgarmaganda), umumiy naflilik darajasi oshadi.
Demak chekli naflilik musbat MU  0 . Shu bilan birga, biror ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilganda (boshqa ne’matlar iste’moli hajmi o‘zgarmaganda), qo‘shimcha iste’mol qilingan birlik oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga chekli naflilikning kamayish qonuni deyiladi. Matematik tilda bu naflilik funksiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani:

Talabni aniqlashning asosida chekli nafligining kamayish qonuni yotadi. Shu sababli ishlab chiqaruvchilar mahsulot sotish hajmini ko‘paytirishlari uchun qo‘shimcha sotiladigan mahsulotlar narxiga chegirma berishlari kerak bo‘ladi
Yüklə 137,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə