Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Ishlarning xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə34/76
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137289
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

2-§. Ishlarning xavfsiz bajarilishini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar
51. Elektr qurilmalaridagi ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
a) ishlarni naryad-ijozat (keyingi o‘rinlarda matnda naryad deb yuritiladi), farmoyish yoki joriy ekspluatatsiya
tartibida bajariladigan ishlar ro‘yxati orqali rasmiylashtirish;
b) ishga ijozat berish;
v) ish jarayonida nazorat olib borish;
g) ishdagi tanaffusni, boshqa ish joyiga o‘tkazishni, ish tugatilganligini rasmiylashtirish.
Naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya
52. Elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladi.
53. Naryad — bu belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtirilgan hamda ish mazmuni va joyini,
uni boshlash va tamomlash vaqtini, xavfsiz bajarilish shartlarini, brigada tarkibini, xavfsiz bajarilishi uchun
javobgar shaxslarni va boshqalarni belgilab beruvchi topshiriqdir. Naryad shakli mazkur Qoidalarga
6-ilovada
keltirilgan.



54. Naryad bo‘yicha elektr qurilmalarida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:


a) kuchlanish olinib;
b) kuchlanish olinmasdan, tok o‘tkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;
v) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan
ishlar.
55. Farmoyish — bu ishning mazmunini, joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (agar zarur bo‘lsa) va uning
bajarilishi topshirilgan shaxslarni belgilovchi topshiriq. Farmoyish bevosita yoki keyinchalik tezkor jurnalga yozish
sharti bilan aloqa vositalari yordamida berilishi mumkin.
Farmoyish bir martalik xususiyatga ega va ijrochilarning ish vaqti bilan chegaralanadi.
56. Joriy ekspluatatsiya — bu tezkor (tezkor ta’mirlovchi) xodimlar tomonidan ularga biriktirilgan
uchastkalarda mustaqil ravishda bir smena davomida mazkur Qoidalarning
123-bandida
keltirilgan ishlarning
bajarilishi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə