Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Brigadani naryad bo‘yicha ishga quyish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə37/76
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137289
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Brigadani naryad bo‘yicha ishga quyish
81. Ishga ijozat berishdan oldin javobgar rahbar va ish bajaruvchi ijozat beruvchi bilan birgalikda ish joyini
tayyorlash bo‘yicha texnik chora-tadbirlar bajarilganligini tekshirishlari kerak.
Ish joyining tayyorligini tekshirgandan va brigadaga yo‘riq berishdan keyin javobgar rahbar naryad
varag‘ining orqa tarafidagi imzo chekishga mo‘ljallangan satrga (faqat birinchi marta ijozat berishda) imzo
qo‘yishi kerak.
Javobgar rahbar tayinlanmagan hollarda, ish joyi tayyorligini ish bajaruvchi tekshiradi va naryadga imzo
chekadi.
Naryadda ko‘zda tutilgan ish joylarini tayyorlash chora-tadbirlarini o‘zgartirish taqiqlanadi.
82. Texnik chora-tadbirlarning bajarilganligi tekshirilganidan so‘ng brigadani ishga qo‘yishga ijozat beriladi.
Bunda ijozat beruvchi quyidagi ishlarni bajarishi shart:
a) brigada tarkibini va unga kiritilgan shaxslar malakalarining naryaddagi yozuvga muvofiqligini tekshiradi.
Agar ijozat beruvchi naryadga kiritilgan brigada tarkibidagi shaxslarning familiyalarini va ularning elektr
xavfsizligi bo‘yicha guruhlarini bilmasa, ularni shaxsiy guvohnomalari orqali tekshirishi kerak;
b) naryad bo‘yicha javobgar rahbarning, ish bajaruvchining, brigada a’zolarining familiyalarini va
topshirilgan ish mazmunini o‘qib chiqishi; kuchlanish qaysi joylardan olinganini, yerga ulagichlar qayerda
o‘rnatilganini, ta’mirlanayotgan qurilma va qo‘shni ulanmalarning qaysi qismlari kuchlanish ostida qolganini va
ishlarni bajarish jarayonida qanday alohida shartlarga rioya etish zarurligini brigadaga tushuntirishi; brigadaga
ish joyining chegarasini ko‘rsatib berishi; u tomondan barcha bayon etilganlar brigada tomonidan
tushunilganiga ishonch hosil qilishi shart;
v) kuchlanishi 35 kV dan yuqori bo‘lgan qurilmalarda o‘rnatilgan yerga ulagichlarni ko‘rsatib berishi,
kuchlanishi 35 kV va undan past bo‘lgan qurilmalarda, agar o‘rnatilgan yerga ulagichlar ish joyidan
ko‘rinmaydigan hollarda shtanga yoki kuchlanish ko‘rsatkichi orqali kuchlanish yo‘qligiga ishonch hosil qilgach,
tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tegizib kuchlanish yo‘qligini brigadaga isbotlab berishi kerak.
Bevosita ish joyi yaqinida o‘rnatilgan yerga ulagich bo‘lgan hollarda tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tegizib
ko‘rish talab etilmaydi;
g) naryadni har ikkala blankasida sana va vaqtni ko‘rsatgan, shuningdek, uning “Kundalik ishga ijozat
berish va ishni tugashi” jadvalida ish bajaruvchi va ijozat beruvchining imzolari bilan rasmiylashtirgan holda ish
joyini ish bajaruvchiga topshiradi.
Naryadlar bo‘yicha ishga ijozat berish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart.
83. Ishga ijozat berish amalga oshirilgan naryadning bir nusxasi ish bajaruvchida, ikkinchisi ishlar
bajarilayotgan vaqtda tezkor xodim hisoblangan ijozat beruvchida turishi kerak.
Ishdagi tanaffusda, ishdan ketishda va shunga o‘xshash hollarda naryad amaldagi naryadlar jildida
saqlanishi kerak.
Brigadaning ishga ijozat berilgan va ishlar tugallangan vaqti naryadning tartib raqami va ishlar mazmuni
ko‘rsatilishi bilan tezkor jurnalga kiritib qo‘yiladi.
84. Agar naryadni olayotganida ish bajaruvchi yoki tezkor xodimda biron-bir shubha tug‘ilsa, ular javobgar
rahbardan yoki naryad beruvchi shaxsdan tushuntirib berishni talab qilishi kerak.
85. Tezkor xodim, ish bajaruvchi va javobgar rahbarga ma’lum qilmasdan, qurilma sxemasiga xavfsizlik
texnikasi borasida ishlarni bajarish shartlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas,
Mazkur Qoidalarning
95-bandidagi
holat bundan mustasno.
86. Doimiy tezkor xodimi bo‘lmagan podstansiya va taqsimlash qurilmalarida naryad bo‘yicha ishlar uchun
ish joyi birinchi kunda tezkor chiqish yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlar tomonidan tayyorlanadi va ular brigadani
ishlashi uchun odatdagi tartibda ishga qo‘yadi.
Keyingi kunlarda ushbu naryadlar bo‘yicha ikkinchi bor ishga ijozat berish huquqi javobgar rahbarlarga,
ular bo‘lmagan taqdirda ish bajaruvchilarga beriladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə