Istiqlol avlodi



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).

Mashg‘ulotning borishi. 

Kirish qismi 

        Videorolik: 

 

SAMARALI  TINGLASH  QOIDALARI 

Sharoit  yarating.  Gapirayotgan  insonning  Siz  gaplasha  olishingizni 

tushunishiga  yordam  bering,  gapirayotgan  inson  uchun  qulay  sharoitlar  yaratib 

bering. Telefonni o‘chirib qo‘ying, Sizlarga xalaqit berilmaydigan joyni tanlang.  

 Faol holatni egallang. Gavdaning faol holati fikrni biror masalada jamlashga 

yordam  beradi  va  aksincha,  biz  gavdani  bo‘shashtirganimizda  bizning  miyamiz 

ham shunday bo‘shashadi. 

Gapirayotgan  odamga  nigohingizni  qarating.  Bunday  holatda  tinglash, 

diqqatni  saqlash  osonroq  kechadi.  Agar  chekkaga  yoki  polga  qarasangiz, 




20 

 

fikrlaringiz  ham  nigohingiz 



izidan  borishi  xavfi  paydo 

bo‘ladi.  Suhbatdoshingiz  bilan 

ko‘z orqali aloqani uzmaslikka 

harakat  qiling,  lekin  bunda 

haddan 

tashqari 

tikilib 

qarashdan  saqlaning  (ba’zida 

bu  dushmanlik  sifatida  qabul 

qilinadi).  

Tinglashni 

istayotganingizni 

ko‘rsating. 

Manfaatdordek 

ko‘rinish  zarur.  Holatingiz  va  xatti-harakatingiz    suhbatdoshingizni 

tinglayotganingizdan darak berishiga ahamiyat qarating. Yodda tuting, sherigingiz 

e’tiborli, “jonli” odam bilan muloqot qilishni istaydi.  

Gapirayotgan odamga nisbatan doimiy diqqat-e’tiborni uzmang. Inson bilan 

gaplashayotganda: qog‘ozda nimanidir chizib o‘tirishdan; barmoqlar yoki ruchkani 

taqillatishdan;  qog‘ozni  shitirlatishdan  saqlaning.  Har  qanday  diqqatni 

chalg‘ituvchi  harakatlar  –  stolga  ko‘z  yugurtirish;  o‘zingiz  keltirgan  qog‘ozlarga 

qarash  –  gaplashayotgan  odam  bilan    begona  buyumlar  o‘rtasida  diqqatning 

bo‘linishiga olib keladi.  

Tinglamoq  va  eshitmoq  zarur.  Suhbatdoshingiz  gapirayotgan  narsalarga 

diqqatni  jamlashni  biling.  Fikrlarning  “kezib  yurishiga”  yo‘l  qo‘ymang. 

Gapirayotgan  odamning  nuqtai  nazarini  tushunish  uchun  uni  eshitishga  harakat 

qiling.  

Tinglash  jarayonini  mantiqiy  rejalashtiring.  Bizga  aytilayotgan  hamma 

narsani yodda saqlash qiyin, lekin asosiy fikrlarni yodda saqlashimiz shart. 

Suhbatdoshingizning 

tuyg‘ularini 

tushunishga 

harakat 

qiling. 


Suhbatdoshingiz  gapirayotgan  so‘zlarning  ma’nosinigina  emas,  balki  uning 

tuyg‘ularini ham tushunish darkor. Yodda tuting, insonlar o‘z fikr va tuyg‘ularini 

qabul  qilingan  ijtimoiy  me’yorlarga  muvofiq  ravishda  “kodlashtirgan”  holda 

uzatadilar.  

Kuzatuvchan  bo‘ling.  Gapirayotgan  odamning  nutqdan  tashqari  signal-

xabarlarini  kuzating,  chunki  muloqotning  katta  qismi  hissiy  muloqot  hissasiga 

to‘g‘ri keladi. 

 Muloqot  qilganingiz  uchun  mas’uliyatdan  qochmang.  Suhbat  ikki 

tomonlama,  ikki  o‘rtada  bo‘ladi,  chunki  muloqotda  ikki  kishi  qatnashadi.  Bunda 

suhbatdoshlar 

navbatma-navbat 

tinglayotgan 

inson 

rolini 


o‘ynaydilar. 


21 

 

Suhbatdoshingizga  Siz  uni  haqiqatdan  ham  tinglayotganingizni  va  uni 



tushunayotganingizni  ko‘rsata  biling.    Aniqlashtiruvchi  savollar  berish  va 

tuyg‘ularni faol ifodalash yo‘li bilan bunga erishish mumkin. Suhbatdoshingiz Siz 

uni  tushunayotganingizni  qanday  bilib  olishi  mumkin,  agar  Siz  buni  o‘zingiz 

aytmasangiz.  

 Sabr-bardoshli  bo‘ling.  Gapirayotgan  insonning  gapini  bo‘lmaslik  uchun 

yetarli vaqt toping. 

Tuyg‘ularingizni  jilovlang.  Badjahl  inson  ko‘pincha  so‘zlarni  noto‘g‘ri 

talqin  qiladi.  O‘zingizga  quloq  soling.  Sizning  tashvishlaringiz  va  hissiy 

hayajonlaringiz  sherigingizni  tinglashga  xalaqit  beradi.  Agar  uning  nutqi  va  fe’l-

atvori  sizning  tuyg‘ularingizga  daxl  qilsa,  tuyg‘ularingizni  ifodalashga  harakat 

qiling, bu vaziyatni oydinlashtiradi, suhbatdoshingizni tinglashingiz osonlashadi.  

 Tanqidga  ehtiyotkor  bo‘ling,  baholamang.  Suhbatdoshingizga  nisbatan 

ma’qullovchi  pozitsiyada  bo‘ling.  Sizning  ma’qullashingiz  unga  o‘z  fikrlarini 

aniqroq  ifodalashiga  yordam  beradi.    Siz  tomoningizdan  ko‘rsatilgan  har  qanday 

salbiy  reaksiya  insonda  himoyalanish  reaksiyasini,  qat’iyatsizlik  tuyg‘usini, 

bezovtalikni  keltirib chiqaradi.  

 Suhbatdoshingizning  maqsadini  tushuning.  Bilib  oling,  ko‘pincha 

suhbatdoshingizning  maqsadi  –  Sizdan  nimadir  olish  yoki  Sizning  fikringizni 

o‘zgartirish yoki Sizni nimadir qilishga undashdan iborat bo‘ladi. Bu holatda xatti-

harakatlar suhbatdoshingizga eng yaxshi javob vazifasini o‘taydi.   

 Salbiy  odatlar  tinglash  jarayonini  qiyinlashtiradi.  O‘zingizning  tinglash 

bilan  bog‘liq  odatlaringizni,  kuchli  va  kuchsiz  tomonlaringizni,  yo‘l  qo‘yadigan 

xatolaringizni  aniqlashga  harakat  qiling.  Insonlar  haqida  juda  tez  hukm 

chiqarmaysizmi?  Gapirayotgan  odamning  tashqi  ko‘rinishi  va  nutqidagi 

kamchiliklarga  urg‘u  bermaysizmi?  Odamga  qaramasdan,  uni  tinglash  odatingiz 

yo‘qmi? Suhbatdoshingizning gapini tez-tez bo‘lib turasizmi? Miyangiz tashvishlar 

bilan  band  bo‘lganida,  yasama,  yolg‘ondakam  diqqat-e’tibor  ko‘rsatmaysizmi? 

Hali  oxiriga  etmagan  hikoya  asosida  shoshilinch  baho  va  xulosalar 

chiqarmaysizmi? 

Muloqot  jarayonining  qanday  kechishi  va  qancha  davom  etishi  Siz  

suhbatdoshingizni  qanchalik  qiziqtira  olganingizga,  u  Sizning  yoningizda  o‘zini 

qanchalik  qulay  his  qilishiga  bog‘liq.  Muloqot  ikki  tomonlama  bo‘lishini  hamda 

suhbatdoshingizda  yaxshi  taassurot  qoldirishni  istasizgiz,  nafaqat  uni  tinglash  va 

eshitish  zarur,  balki  suhbatdoshingizga  u  bilan  muloqot  qiziqarli  va  yoqimli 

bo‘layotganini tushunib yetish imkonini berish kerak. 

 



22 

 


Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə