Istiqlol avlodi



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).

Amaliy qismi 

“Buzilgan telefon” rolli o‘yini. 

Avvalgi  mashqlarga  yakun  yasagan  holda  trener  samarali  muloqot 

o‘rnatishda  noverbal  muloqot  ko‘nikmalari  hamda  faol  tinglashning  muhimligi 

haqida  yana  bir  karra  gapiradi.    Shuningdek,  muloqot  axborot  ayriboshlash 

jarayonini  nazarda  tutishini ham  yodda  tutish  lozim.  Axborotni  uzatishning  nozik 

jihatlarini  muhokama  qilish  uchun  “Buzilgan  telefon”  o‘yinini  o‘tkazish  taklif 

etiladi.   

Trener  3  ta  ko‘ngillining  xonadan  chiqib  turishini  iltimos  qiladi.  Shundan 

so‘ng  xonada  qolgan  ishtirokchilarga  trener  tasvirni  (jurnaldan  fotosurat  ham 

bo‘lishi  mumkin)  ko‘rsatadi.  Tasvirda  mayda  detallarning  ko‘p  bo‘lishi  muhim 

sanaladi.  Masalan:  ko‘l,  qayiqlarda  sayr  qilayotgan  insonlar,  ko‘lning  u 

qirg‘og‘idan  bu  qirg‘og‘igacha  yastanib  turgan  chiroyli  ko‘prik,  yashil  bog‘  va 

hokazo.  Barcha  ishtirokchilar  tasvirni  ko‘rganlaridan  so‘ng  trener  ulardan  biriga 

xonaga qaytib kirgan birinchi ko‘ngilliga tasvirda ko‘rgan narsasi haqida ikkinchi 

ko‘ngilliga  gapirib  berishini  iltimos  qiladi.  Shundan  so‘ng  trener  ikkinchi 

ko‘ngillining  xonaga  kirishini  so‘raydi  va  unga  quyidagi  topshiriqni  beradi: 

“Sizning  vazifangiz–sizga  gapirib  beriladigan  axborotni  diqqat  bilan  tinglash  va 

imkon  qadar  ko‘proq  axborotni  xotirada  saqlab  qolishdan  iborat.  Siz    kelgusi 

ishtirokchiga bu yerda eshitganlaringizni eng yuqori darajadagi aniqlik bilan aytib 

berishingiz 

kerak”. 

Qolgan 


ishtirokchilar 

ro‘y  berayotgan  voqealarni 

sharhlamasliklari lozim.   

So‘ngra  navbatdagi  ko‘ngilli  chaqiriladi  va  ikkinchi  ko‘ngilli  unga  o‘z 

yodida  qolgan  barcha  ma’lumotlarni  aytadi  va  hokazo,  bu  jarayon  navbatma-

navbat,  to  oxirgi  ko‘ngilliga  gal  kelgunicha  davom  etadi.  Xonaga  oxirgi  kirgan 

inson  ta’rifu-tavsiflarni  tinglaydi  va  auditoriyada  yodida  qolgan  narsani  aytib 

beradi.    Mashqqa  yakun  yasar  ekan,  trener  ishtirokchilardan  so‘raydi:  “Olingan 

ma’lumotlarni  imkon  qadar  aniq  yetkazish  uchun  ko‘ngillilarga  nima  yordam 

berishi mumkin edi?” Javoblarning taxminiy variantlari: 

yon daftardagi qaydlar. 

aniqlashtiruvchi savollar. 

assotsiativ (fikrlarning bir-birini eslatadigan o‘zaro bog‘lanishi asosida) yod 

olish. 


Trener  uchun:  muhokama  qilinadigan  tasvirni  oldindan  tayyorlab  qo‘yish 

zarur.  



23 

 

Trener  xulosasi:  bu  mashqni  o‘tkazishdan  maqsad  –  bir  kishidan 



ikkinchisiga  uzatilgan  axborotning  o‘zgarishi,  uning  noto‘g‘ri  talqin  qilinishi  va 

chala-yarim    bo‘lishiga  yana  bir  karra  ishontirishdan  iborat.  O‘zimiz  qandaydir 

axborot  uzatayotganimizda  hamda  bizga  qandaydir  ma’lumotlar  uzatilayotganida 

bu  jihatni  hisobga  olish  lozim.  Agar  axborotni  yozma  ravishda  olish  va  uzatish 

imkoni bo‘lmasa (yozma axborotni turlicha sharhlab, talqin qilib bo‘lmasa), imkon 

qadar  ko‘proq  aniqlashtiruvchi  savollar  berish  kerak.  Va  nihoyat,  nimani 

tushunganingizni  anglab    olish,  hech  narsani  chalkashtirib  yubormaslik    va  hech 

narsani unutib  qoldirmaslikka yo  amin bo‘lish tavsiya etiladi.   




Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə