Istiqlol avlodi


- DARS. MUAMMOLARNI HAL QILISH



Yüklə 4,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/39
tarix18.04.2022
ölçüsü4,03 Mb.
#85608
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
12 TENG-TENGGA” - zamonaviy yoshlar kraudsorsing dasturining modifikatsiyasi (tengdoshlar darajasi).

6- DARS. MUAMMOLARNI HAL QILISH,  

NIZOLARNI BOSHQARISH. 

 

Maqsad: 



Muammo / nizo sabablarini aniqlash 

Vazifalar: 

Mojarolarni hal qilish yo'llarini topish. 

 

Umumiy 



vaqt: 

2 soat 


Usullar: 

Slaydli  taqdimot,  aqliy  hujum,  munozara,  pantomima,  kichik 

guruhlarda ishlash, mashq va o‘yinlar. 

Zarur 


materiallar: 

Flipchart,  rangli  markerlar,  daraxt  tasviri  chizilgan  vatman,  meva 

yoki gul shaklidagi stikerlar, qaychi, rangli qog‘oz, ruchka.  

Mashg‘ulotning borishi. 

        1-sessiya. Kirish qismi 

        Videorolik: 

 

Nizo  –  bu  ikki  yoki  undan  ortiq  tomonlar  o‘rtasida  tushunmovchilik, 



kelishmovchilik,  tortishuvlar,  ziddiyat  ya’ni,  fikrlarning  bir-biriga  mos  emasligi, 

qarama-qarshi  fikrlar  demakdir”  –  deydi.  Insonning  tasavvurlari,  qiziqishlarida 

ham qarama-qarshiliklar bo‘lishi mumkin.   

 

Ishtirokchilarga savol: Nizolarsiz yashash mumkinmi? Ular insonlarga 



kerakmi? (ishtirokchilarning fikrlari tinglanadi). 


29 

 

 



Trener ishtirokchilarga yana savol beradi: Nizolarning necha xil turlari 

bor bilasizlarmi?    

Nizo turlari: 

ichki shaxsiy nizo;  

shaxslar o‘rtasidagi nizo;  

shaxsiy nizolar;  

jamoalar o‘rtasidagi nizolar.    

Ichki shaxsiy nizolar: 

o‘z xohishiga qarshi borish; 

bitta to‘xtamga kelish, bitta fikrga kelishdagi buzilishlar; 

shaxsiy  ehtiyojlar  bilan  tashkilot  manfaatlarining  o‘zaro  bir-biriga  to‘g‘ri 

kelmasligi. Shaxsiy manfaatlarni tashkilot manfaatlaridan ustun qo‘yish;  

ish joyida ortiqcha yuklamalarning qo‘yilishi yoki yuklamalarning kamligi; 

o‘zidan (o‘z faoliyatidan) qoniqmaslik; 

o‘ziga nisbatan ishonchsizlik ; 

ruhiy tushkunlik. 

Shaxslararo nizolar: 

ish kuchi, tashkilotdagi jihozlar, ajratilayotgan mablag‘ uchun kurashish; 

loyihalar tayyorlash va ularni tasdiqlatish; 

bo‘sh ish joyi; 

shaxslar o‘rtasidagi ziddiyatlar (fe’l-atvori, fiklashi,  dunyoqarashi). 

Shaxslararo va guruhiy nizolar : 

turli xil kutishlar; 

turli vaziyatlar; 

bitta yomon guruhning yetakchilik qilishi. 

Guruhlararo nizolar: 

shogird va rahbariyat; 

yordamchi va asosiy xodim; 

funksional guruhlar yoki bo‘limlar. 

So‘ngra, trener nizolardagi xulq-atvor uslublari haqida gapirib beradi.   

o‘zini chetga olish;  



30 

 

sog‘lom raqobat; 



ko‘nikish (moslashish); 

kompromiss (murosa qilish); 

hamkorlik. 

 

Trener ishtirokchilar bilan birga keltirilib o‘tilgan nizodagi xulq-atvor 



uslublarining ijobiy va salbiy jihatlarini muhokama qiladi.   

Xulq-atvor uslublarining ijobiy va salbiy jihatlari.  

 

Masalan:  

Raqobat –  ba’zida o‘z manfaatlarini o‘ylab, atrofdagilarga ziyon yetkazishi 

mumkin.  

Afzalligi – sizning manfaatlaringiz bilan hisoblashadi.   

Kamchiligi – urushqoq va yoqimsiz insonga aylanib qolishi. 

Nizodan qochish, (o‘zini chetga olish) – nizoni hal etishni orqaga surish. 

Afzalligi – vaqtdan  yutasiz (hammasini vaqt ko‘rsatadi). 

Kamchiligi – muammo hal etilmaydi, yomon his-tuyg‘ular ichingizda qolib 

ketadi.   

Trener  xulosasi:  bu  va  boshqa  vaziyatlardan  chiqish  turlicha  bo‘lishi 

mumkin, barchasi insonning nizo paytidagi xulq-atvoriga bog‘liq. 


Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə