Amaliy qismi
“Buzilgan telefon” rolli o‘yini.
Avvalgi mashqlarga yakun yasagan holda trener samarali muloqot
o‘rnatishda noverbal muloqot ko‘nikmalari hamda faol tinglashning muhimligi
haqida yana bir karra gapiradi. Shuningdek, muloqot axborot ayriboshlash
jarayonini nazarda tutishini ham yodda tutish lozim. Axborotni uzatishning nozik
jihatlarini muhokama qilish uchun “Buzilgan telefon” o‘yinini o‘tkazish taklif
etiladi.
Trener 3 ta ko‘ngillining xonadan chiqib turishini iltimos qiladi. Shundan
so‘ng xonada qolgan ishtirokchilarga trener tasvirni (jurnaldan fotosurat ham
bo‘lishi mumkin) ko‘rsatadi. Tasvirda mayda detallarning ko‘p bo‘lishi muhim
sanaladi. Masalan: ko‘l, qayiqlarda sayr qilayotgan insonlar, ko‘lning u
qirg‘og‘idan bu qirg‘og‘igacha yastanib turgan chiroyli ko‘prik, yashil bog‘ va
hokazo. Barcha ishtirokchilar tasvirni ko‘rganlaridan so‘ng trener ulardan biriga
xonaga qaytib kirgan birinchi ko‘ngilliga tasvirda ko‘rgan narsasi haqida ikkinchi
ko‘ngilliga gapirib berishini iltimos qiladi. Shundan so‘ng trener ikkinchi
ko‘ngillining xonaga kirishini so‘raydi va unga quyidagi topshiriqni beradi:
“Sizning vazifangiz–sizga gapirib beriladigan axborotni diqqat bilan tinglash va
imkon qadar ko‘proq axborotni xotirada saqlab qolishdan iborat. Siz kelgusi
ishtirokchiga bu yerda eshitganlaringizni eng yuqori darajadagi aniqlik bilan aytib
berishingiz
kerak”.
Qolgan
ishtirokchilar
ro‘y berayotgan voqealarni
sharhlamasliklari lozim.
So‘ngra navbatdagi ko‘ngilli chaqiriladi va ikkinchi ko‘ngilli unga o‘z
yodida qolgan barcha ma’lumotlarni aytadi va hokazo, bu jarayon navbatma-
navbat, to oxirgi ko‘ngilliga gal kelgunicha davom etadi. Xonaga oxirgi kirgan
inson ta’rifu-tavsiflarni tinglaydi va auditoriyada yodida qolgan narsani aytib
beradi. Mashqqa yakun yasar ekan, trener ishtirokchilardan so‘raydi: “Olingan
ma’lumotlarni imkon qadar aniq yetkazish uchun ko‘ngillilarga nima yordam
berishi mumkin edi?” Javoblarning taxminiy variantlari:
yon daftardagi qaydlar.
aniqlashtiruvchi savollar.
assotsiativ (fikrlarning bir-birini eslatadigan o‘zaro bog‘lanishi asosida) yod
olish.
Trener uchun: muhokama qilinadigan tasvirni oldindan tayyorlab qo‘yish
zarur.
23
Trener xulosasi: bu mashqni o‘tkazishdan maqsad – bir kishidan
ikkinchisiga uzatilgan axborotning o‘zgarishi, uning noto‘g‘ri talqin qilinishi va
chala-yarim bo‘lishiga yana bir karra ishontirishdan iborat. O‘zimiz qandaydir
axborot uzatayotganimizda hamda bizga qandaydir ma’lumotlar uzatilayotganida
bu jihatni hisobga olish lozim. Agar axborotni yozma ravishda olish va uzatish
imkoni bo‘lmasa (yozma axborotni turlicha sharhlab, talqin qilib bo‘lmasa), imkon
qadar ko‘proq aniqlashtiruvchi savollar berish kerak. Va nihoyat, nimani
tushunganingizni anglab olish, hech narsani chalkashtirib yubormaslik va hech
narsani unutib qoldirmaslikka yo amin bo‘lish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |