Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


«Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat banki



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

«Qishloq qurilish bank» aktsiyadorlik tijorat banki
– qishloq qiyofasini va qishloq 
aholisining uy joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini 
keng joriy etish maqsadida hamda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga 
muvofiq 2009 yil 30 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» 
Aktsiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq «G‘alla-bank» 
aktsiyadorlik tijorat binki negizida «Qishloq qurilish bank» Aktsiyadorlik tijorat banki tashkil 
etildi. «Qishloq qurilish bank» Aktsiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so`m
miqdorida shakillantirilgan.
Fermer xo`jaligi
– ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo`jaligi 
tovar ishlab chiqarishi bilan shug`ullanuvchi, mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt. 
Melioratsiya
– yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-xo`jalik, 
muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
– O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi to`g`risida»gi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni qoidalariga muvofiq holda
milliy tajribaning tahlili va ta`lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan 
bo`lib, yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mustaqil ravishda mo`ljalni to`g`ri ola bilish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini 
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgan.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro`yobga chiqarishni, har tomonlama kamol 
topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash 
va keyinchalik puxta o`zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va 
boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his 
etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə