Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Transliteratsiya
. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni
(masalan arab alifbesida yozilgan eski o’zbek tili yodgorliklarini) nashr etishda shu
yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning
mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash t r a n s l i t e r a ts i ya deb ataladi. Demak,
transliteratsiya – biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib
ifodalash usulidir.
Fonetik va fonologik transkriptsiya.
Ma’lum bir maqsad uchun turli sohalar
bo’yicha ishlatiladigan transkriptsiyalarning aniqlik darajasi bir xil emas.
Lingvistik asarlar (qiyosiy va tarixiy grammatikalar, etimologik lug’atlar, turli til
tekstlaridan namunalar ham shu kabilar)ni nashr etganda transliteratsiyadan
foydalanilsa ham, qardosh tillarning fonetikasi qiyos qilinganda, dialektologik
ishlarda va dialektologiya fanida fonetik transkriptsiyadan foydalaniladi. Xalq
og’zaki ijodiyoti yodgorliklarini nashr etganda mavjud alfavitdan foydalanilsa, bu
yodgorliklar dialektal qimmatini yo’qotadi. Shuning uchun ularning talaffuz
xususiyatlarini mumkin qadar saqlash maqsadida fonetik transkriptsiya qo’llaniladi.
Transkriptsiya chet tili va ona tili orfoepiyasiga oid ishlarda ham keng
qo’llaniladi.
Mohiyati jihatdan eng aniq transkriptsiya fonetik transkriptsiyadir. Bu
transkriptsiya umumiy va xususiy fonetika, shu qatori eksperimental fonetika
yutuqlariga asoslanadi. Tillardagi nutq tovushlarini fonetik transkriptsiya uchun
tanlangan alfavit orqali ifoda qilib bo’lmasa, boshqa tillar alfavitidan harflar olinadi
yoki harflar yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi. Fonetik


14
transkriptsiyaning vazifasi – tilda mavjud bo’lgan hamma tovushlarni yozuvda aks
ettirishdir. Faqat fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkriptsiya -
fonologik transkriptsiya deyiladi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə