Ызбек диалектологияси


Transkriptsiyaning tuzilishi



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
ozbek dialektologiyasi

 Transkriptsiyaning tuzilishi
. Tilshunoslikda keng miqyosda qo’llanadigan latin
alfaviti asosida tuzilgan transkriptsiya xalqaro fonetik alfavit (Mejdunarodno’y
foneticheskiy alfavit - MFA) nomi bilan yuritiladi. Rus grafikasi asosida tuzilgan
transkriptsiyalar turkshunos va russhunoslarning ishlarida keng tarqalgandir. Lekin
o’zbek tilining dialekt va shevalarini o’rgangan turkolog va o’zbekshunoslar o’z
ilmiy ishlarida turlicha transkriptsiya belgilarini qo’llaganlar. Ba’zilari lotin
alfavitidan foydalangan bo’lsa (prof E.D.Polivanov ishlariga qarang), ba’zilari rus
grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyalardan foydalangan (prof.A.K.Borovkov,
prof.V.V.Reshetovning ishlariga qarang).
Shevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkriptsiyada
ayrim belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki, mavjud transkriptsiya
sistemalari bu talabga to’liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona
imkoniyatlarini hisobga olib, bir tovush uchun ikki harf ishlatilishi ham uchraydi.
Masalan, ng va dj mustaqil fonemalarning ikki harf bilan birikishi kabi.
Kitobda ishlatilgan transkriptsiya.
Bu kitobda ishlatilgan transkriptsiya
sistemasida o’zbek alfavitidagi e, yo, yu, ya dan tashqari hamma harflar qo’llandi.
Yolashgan harflar transkriptsiyada tovushlar birikmasi orqali quyidagicha beriladi:
e-ye, ye, yo. yo-yo. Yu-y
U
, yu. Ya- yə, ya.
Boshqa alfavitlardan
[
,ə,o’, θ
]
belgilari olindi. Bulardan
[U]
va
[
θ
]
belgilari
shu unlilarning oldingi qator ekanligini (yumshoqligini) ko’rsatadi. g
U
l, q θl kabi.
Unlilar.
Unli tovushlar uchun quyidagi transkriptsion belgilar olingan:
Tilning ko’tarilish
o’rniga ko’ra
Oldingi
qator (til
oldi)
Indifferent
(oraliq)
tovushlar
Orqa qator
(til orqa)
Lab-
lan-
ma-
gan
Lab-
lan-
gan
Lab-
lan-
ma-
gan
Lab-
lan-
gan
Lab-
lan-
ma-
gan
Lab-
lan-
gan
Yuqori ko’tarilish
и
ў
<ъь >
ы
У
O’rta
ko’tarilish
Yuqori-
O’rta ko’-
tarilish
ə
θ
<ў>
О
Quyi-o’r-
ta ko’ta-
rilish
Э
Е
Quyi ko’tarilish
ə(а)
A (o)
Demak unlilarning turli variantlarini berish uchun transkriptsiyada 15 ta belgi
olingan. Bu belgilar orqali o’zbek dialekt va shevalarida uchraydigan unli
fonemalarni ifodalash mumkin.


15
Ayrim transkriptsiya belgilarining ma’no o’zgaliklari. Unli tovushlar uchun
belgilar quyidagi ma’no o’zgaliklari bilan qabul qilinadi:
a
-umumturkiy orqa qator, singormanizmi saqlagan barcha o’zbek dialekt va
shevalariga xos unli, singormanizmni yo’qotgan shevalarda esa turli o’zgaliklarga
ega. Sovet-internatsional so’zlarda rus tilidagi a tovushiga mos keladi.
ə
- oldingi qator, lablanmagan a unlisi; o’zbek dialekt va shevalarining
ko’pchiligida uchraydi, masalan, Marg’., And. əkə // Toshkent., oka kabi.
A-lovchi o’zbek shevalarida bu tovush o’zbek adabiy tili va 0-lovchi
shevalarning ta’sirida tarqala boshadi.
E
- oldingi qator, lablanmagan, tor unli tovush bo’lib, o’zbek shevalarining
ko’pchiligiga xos. O’zining akustik (eshitilish) va artikulyatsion xususiyatlariga
ko’ra rus tilidagi undoshdan keyin keladigan e yoki so’z boshida keladigan e harfi
bilan ifoda etiladigan seno (pichan), eti (bular) so’zlaridagi kabi tovushga to’g’ri
keladi. Bu tovush mavjud o’zbek orfografiyasida so’z boshida keladigan yolashgan
unli e (ye+e) emas, balki edi (-edь) so’zidagi kabi yolashmagan unlidir. Masalan,
Toshkent, Namangan, Marg’ilon va boshqa shevalarda : ber, kel, yer, endь, echkъ
kabi.
E-
oldingi qator, lablanmagan ochiq e unlisi; bu tovush akustik jihatdan e ga yaqin
bo’lsa-da, uning ochiq varianti emas. Bu tovush ba’zan ruscha (etot so’zidagi kabi) e
ga mos keladi, masalan, qipchoq shevalarida: ekəviyeəm, echki kabi.
I-
odatdagi turkiy oldingi qator, lablanmagan i unlisi. Singormonistik shevalarda
fonema sifatida, singarmonizmni yo’qotgan 0-lovchi shevalarda esa turli fonetik
sharoitlardagina uchraydi.
‘-
indifferent lablanmagan tovush, u o’zining kelib chiqishi jihatidan oldingi qator i
va orqa qator i unlilarini konvergentsiyasi (birlashishi) natijasida hosil bo’lgan; i va i
o’rtasidagi bu indifferent tovush shahar shevalarida va shahar tipidagi qishloq
shevalarining ko’p qismida mustaqil fonema sifatida uchraydi. Masalan, Toshkent,
Namangan, Marg’ilon va boshqa shevalarda : kъshь, ъkkъ, bъz, bъl - ad-orf.. kishi,
ikki, biz, bil kabi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə