Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Nazorat topshiriqlari
1.Lingvistik geografiyaning o’rganish ob’ekti: izoglassa, izofonema,
izomorfema tushunchalari bo’yicha materiallar yig’ish.
2.Monografik usul bilan lingvogeografik usulining farq qiluvchi tomonlarini
aniqlash.
3.Lingvistik xarita yaratish bo’yicha amaliy darslarda mashq o’tkazish.
2-asosiy savol
Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishi. Yevropa
tilshunosligida tuzilgan eng muhim atlaslar.
O’qituvchining maqsadi:
Xalq shevalarini lingvogeografik usul asosida
o’rganishning jahon tilshunosligida boshlanishi, uning namoyondalari haqida
talabalarga tushuncha berish. Yevropa va boshqa hamdo’stlik mamlakatlari
tilshunoslari tomonidan lingvistik atlaslarni nomma-nom talabalarga sindirish.
Identiv o’quv maqsadi
2.1.Yevropa va jahon tilshunosligida dialektlarni lingvogeografik usul asosida
o’rganish istiqbolli ekanligini anglaydi.
2.2.Jahon tilshunosligidagi lingvogeografik usul asoschilarini bilib oladi.
2.3.Tilshunoslikda eng muhim dialektologik atlaslarning borligini isbotlaydi.
Lingvistik geografiya X1X asrning o’rtalarida, dialekt va ularning xususiyatlari
to’g’risida yetarli faktik materiallar to’plagan joylarda paydo bo’ladi. Bu fan bo’yicha
olib borilgan birinchi tajribalar – tilni bu yangi metod orqali o’rganish qanchalik
istiqboli ekanligini ko’rsatadi.
Lingvistik geografiya asoschilarining fikricha bu metod tilshunos olimlarga
yangi faktlar beradi, o’z davriga turg’un bo’lib qolgan (masalan, dialektning
mohiyati, shevalar orasidagi o’zaro munosabatlarning xarakteri haqidagi)
tushunchalarni yangicha baholashga, yangicha tahlil qilishga da’vat etadi.
Tilshunoslikdagi bu yangi yo’nalishga, dialektologik fikrning keyingi
taraqqiyotiga Yevropa lingvo-geograflarning belgili xizmatlari bor.
Lingvistik geografiyaning asoschilari: Frantsiyada Jan Jileron, Germaniyada
Georg Venker, F.Vrede, P.Meyer, Rossiyada I.I.Sereznevskiy…


21
Mazkur olimlarning asarlari tufayli lingvistik geografiyaning fan sifatida asosiy
o’rni, predmeti va vazifalari belgilanadi.
Lingvistik geografiya metodi bilan shevalarni o’rganish Ukraina va
Belorussiyada ham yaxshi rivojlangan bo’lib, bu respublikalarda shevalar atlasini
tuzish tugallandi va nashr etildi.
Biror til va dialektga xos xarakterli lingvistik xususiyatlarning tarqalish
chegarasini aks ettirgan albom yoki kitob shaklida nashr qilingan kartalar yig’indisi
dialektologik atlas deyiladi.
Dialektologik atlaslar biror xalq tili va xalq tarixini, uning millat bo’lib
shakllanishini o’rganishda alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Dialektologik atlaslarning dastlabki namunalari X1X asrning oxiri XX asrning
boshlarida yaratilgan. 1821 yilda K.de Monbre tomonidan tuzilgan frantsuz shevalari
chegaralarini belgilovchi karta Fransiya qirollik jamiyatiga taqdim qilinadi. 1823
yilda D.Mine o’zining lingvistik karta tuzish g’oyasini oldinga suradi. Yevropada
tuzilgan eng muhim dialektologik atlaslar quyidagilar: Venker va Vredelarning
«Nemis tili atlasi» (1876-1926 yillar mobaynida yaratilgan); Margburgdagi nemis
dialektologiyasi markaziy instituti nashr etgan «Nemis leksikologik atlasi», J.Jileron
va E.Edmonning 12 jildli «Frantsuz tili atlasi» (1902-1912 yillar mobaynida
yaratilgan), Yaberg va Yudning 8 jildli «Ital’yan-shveytsar atlasi» (1928-1940 yillar
mobaynida yaratilgan).
Rossiyada lingvistik geografiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi
I.I.Sereznevskiy nomi bilan bog’liq. I.I.Sereznevskiy o’tgan asrning 50
yillaridayoq bu sohani o’rganishni asosiy vazifa qilib qo’ydi. Rus lingvistik
geografiyasining keyingi X1X asrning oxiri XX asr boshlaridagi taraqqiyoti akad.
A.I.Sobolevskiy va akad. A.A.Shaxmatov nomi bilan bog’liq. A.Shaxmatov o’z
tekshiruvlari bilan lingvistik geografiya taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shibgina
qolmay, bu sohada ilmiy tadqiqot ishlarini ham tashkil etdi.
Keyinchalik rus shevalarini lingvo-geografik metod bilan o’rganishda akad.
Korsh boshchiligidagi Moskva dialektologik komissiyasi katta ishlar qildi. 1935
yilda SSSR Fanlar akademiyasi «Rus tili atlasi»ni tuzishga kirishdi. Bu davrda
tilshunoslardan B.A.Lapin, F.P.Filin bosh bo’lgan dialektologlar gruppasi mazkur
atlasni yaratish plani, so’roqliligini tuzdilar va atlas uchun material to’plash ishlariga
rahbarlik qildilar.
1944 yilda R.I.Avanesov va B.P.Filin boshchiligida «Rus dialektologik
atlasini tuzish bo’yicha materiallar to’plash programmasi»ni yaratdilar. 1951 yilda
«Moskva sharqidagi markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi»ni 1952 yilda
«Shimoliy-g’arbiy viloyatlar rus xalqi shevalari atlasi»ni tuzib tugatdilar va 1957
yilda nashr etildi. Bularning har qaysisi o’z hajmi bilan chet ellardagi eng katta milliy
atlaslarga teng bo’lib, rus tili va xalqi tarixi, millatning shakllanishini o’rganish
uchun qimmatli material bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda barcha rus tili shevalari
bo’yicha material to’plash, to’plangan materiallarni kartalashtirish tugallandi.
Lingvistik geografiya metodi bilan shevalarni o’rganish Ukraina va
Belorussiyada ham yaxshi rivojlangan bo’lib, bu respublikalarda shevalar atlasini
tuzish tugallandi va nashr etildi.
MDH da tuzilgan eng muhim dialektologik atlaslar – «Moskva sharqidagi
markaziy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi» (1957 yili nashr etilgan), «Shimoliy -


22
g’arbiy oblastlar rus xalqi shevalari atlasi» (nashrga tayyorlangan) va respublikalarda
nashr etilgan «Ukrain tili xalq shevalari atlasi», «Belorus tili xalq shevalari atlasi» va
boshqalar mavjud.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə