Ызбек диалектологияси



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Nazorat topshiriqlari:
1.Jahon tilshunosligida xalq jonli tilini lingvogeografik usul asosida o’rganish
istiqboli ekanligini isbotlash.
2.Tilshunoslikda lingvistik geografiya usuli bilan shevashunoslikni o’rgangan olimlar
ishlari bilan tanishish.
3.Dialektologik atlaslar bilan ishlash.
3-asosiy savol
O’zbek xalq shevalarini lingvogeografik usulda o’rganish, uning atlasini
yaratish masalalari
.
O’qituvchining maqsadi:
O’zbek shevalarini lingvogeografik usulda
o’rganish XX asrning 40-yillarida professor A.K.Borovkov tomonidan olg’a
surilganligi, bu sohadagi ishlar V.V.Reshetov va A.Shermatov tomonidan ijobiy
amalga oshirilgan bir qator ishlar xususida talabalarga ma’lumot beradi. Shu bilan
birga qilinayotgan va qilinajak ishlar xususida ham tafsilotlanadi.
Identiv o’quv maqsadi
3.1.Talabalar o’zbek shevalarini o’rganishda lingvogeografik usuldan foydalanish
mumkinligini bilib oladi.
3.2.Bu yangi usulning o’rganilishini A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, A.Shermatov
asarlari vositasida isbotlaydi.
3.3.Hozirgi kunda o’zbek shevalari uch asosiy yo’nalishda o’rganilayotganligi haqida
axborot beradi.
O’zbek shevalari tadqiqotida asosan, tasviriy, qisman eksperimental va qiyosiy
tarixiy usullar qo’llanib kelingan. Ayrim guruh shevalar atlasi ustida tekshirish ishlari
olib boriladi.
Tilshunos olimlar E.D.Polivanov, G’.Olim, K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov,
V.V.Reshetov, Sh.Sh.Shoabdurahmonov, A.G’ulomov, S.Ibrohimov, R.Abdullayev,
M.Mirzayev, A.Aliyev, A.Shermatov, X.Doniyorov, N.Rajabov va ularning
shogirdlari o’zbek shevalari bo’yicha olib borgan bir qator ilmiy izlanishlarda
shevalarni lingvogeografik va areal tadqiqoti uchun manba yaratdi.
O’zbek dialektologiyasida bu soha hali yosh sohalardan biri bo’lib,
tugallangan boy materiallar asosida dialektologiyaga doir nazariy masalalarni
ishlash, so’ng lingvistik geografiya masalalarini rejalashtirish bosqichiga o’tdi.
O’zbekistonda dialektologik ishlarni boshqarib boruvchi yagona ilmiy markaz
– O’z FAning Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti dialektologiya
bo’limi mavjud. Bu bo’lim hozirgi vaqtda uch yo’nalish bo’yicha ish olib bormoqda:
1.O’rganilmagan o’zbek shevalarini monografik tadqiq qilish.
2.O’zbek shevalari lug’atini tuzish.
3.O’zbek tilini dialektal atlasini tuzish.
O’zbek shevalarida umumturkiy izoglassalar mavjudligini dastlab 1930
yillarda professor E.D.Polivanov ta’kidlab o’tgan edi.
1944 yilda professor A.K.Borovkov o’zbek tili shevalari atlasini yaratish
maqsadida «O’zbek sheva-lahjalarini tekshirishga doir savol-javoblar» anketasini


23
tuzdi. Shu anketa asosida 1945-1950 yillar mobaynida Farg’ona vodiysi shevalaridan
materiallar to’plandi.
Oradan 20 yil o’tgandan keyin 1965 yildan boshlab, o’zbek shevalari
xususiyatlarini kartalashtirish ishi yana kun tartibiga qo’yildi, programma va
so’roqnoma tuzildi, dialektologik materiallar to’plana boshlandi.
O’zbek shevalarini kartalashtirish ishini V.V.Reshetov boshlab berdi. U
Toshkent viloyatining bir qismini, Ohangaron hududi shevalarida uchraydigan
fonetik, leksik va grammatik farqlarni ko’chirdi. O’zbek dialektologiyasida birinchi
bo’lib o’zbek qurama shevalarining 49 ta lingvistik kartasini tuzdi. Taxminan 150
kartadan iborat «Toshkent viloyati shevalari atlasi» ni tuzish ishlari 1980 yilda
yakunlandi.
V.V.Reshetov tuzgan lingvistik kartalarda quyidagi fonetik, grammatik va
leksik belgilar olingan. Fonetika bo’yicha «dj»lash, «j»lash va «y»lashning tarqalishi,
ya’ni so’z boshida (djg’) j g’yg’ hodisasi (karta №1, izoglassa: Djoq-joq-yoq), «o»
lash va «a»lashning tarqalishi , ya’ni tipik orqa qator (a) ning saqlanishi yoki uning
o’rnida (o) uchrashi (karta №2, izoglassa:bar, bor), tanglay garmoniyasi va lab
garmoniyasining xarakteri (karta №3A, 3B, 3V,4A, 4B, 4V), yuqori-o’rta ko’tarilish
unlilarining diftonglashuvi (karta №5A, 5B, 5V, 5G); izoglassa.
V.V.Reshetov o’zi o’rgangan hududdagi izoglassalarning tarqalishini o’rganib,
ayrim sheva vakillarining etnogenezini aniqlashga va shuningdek, real til vaqtlari
asosida qurama shevalarining aniq tasnifini berishga muvaffaq bo’ldi.
M.Mirzayev 1955 yilda «Buxoro viloyatidagi o’zbek shevalarini o’rganish
uchun anketa» professor A.Aliyev 1964 yilda «Namangan dialekti bo’yicha material
to’plovchilar uchun anketa» 1976 yilda professor A. G’ulomov, A.Aliyev,
K.Nazarovlar tomonidan «O’zbek tilining mahalliy shevalari bo’yicha material
to’plovchilar uchun metodik qo’llanma» yaratdilar.
O’zbek xalq shevalari atlasi hozirgi zamon o’zbek tili shevalarining rang-
barang xususiyatlarini kartalarda ifodalaydi. Lingvistik kartalarda ko’rsatilgan
dialektal xususiyatlar va ularning tarqalishi, tilshunoslarga ayrim til hodisalarining
tarixiy taraqqiyoti va o’zbek milliy tilining kelib chiqishi kabi masalalarni yanada
chuqurroq o’rganish imkonini beradi. Shuningdek, atlas materiallari tarixchilar
etnograflar uchun ham foydalidir.
O’zbek tili dialektologik atlasi quyidagi vazifa-maqsadlarni ko’zda tutadi:
1. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tili ma’lum shevalarga tayanadi. U o’zining
imlo va talaffuz normalarini, shuningdek, fonetik sistemasi, grammatik tuzilishi,
leksik tartibini normallashtirishda, asosan, Toshkent-Farg’ona tip shevalariga
asoslansa ham, ayrim hollarda bu shevalar materiali adabiy til normalariga mos
kelmaydi. Dialektologik atlasning ob’ektiv natijalari (xulosalari) bu masalaga to’liq
aniqlik kiritadi. Haqiqatan ham, shevalarga xos dialektal xususiyatlarning butun
o’zbek tili territoriyasida tarqalishi va uning chegaralarini faqat dialektologik atlas
zaminidagina muvaffaqiyatli hal qilish mumkin.
2. Dialektologik atlas materiallari o’zbek shevalarining mavjud tasniflarini
to’ldirish, mukammallashtirishga, ularga aniqlik kiritishga yordam beradi.
Shuningdek, o’zek shevalarining paydo bo’lishida qatnashgan turkiy va turkiy
bo’lmagan etnik guruhlarning o’zaro aloqalari natijasida ro’y bergan juda murakkab
etnolingvistik taraqqiyot protsessini ham belgilab berdi.


24
3. Adabiy til va tayanch shahar shevalarining kundalik ta’siri o’zbek xalq
shevalarida til asoslarining aralashuvi va tekislanib borish jarayonini tezlashtiradi.
Chunki o’zbek xalqining ekonomikasi va madaniyati mislsiz darajada yuksalishi
bilan o’zbek adabiy tilining qo’llanish doirasi kengaydi. Adabiy tilning barcha o’zbek
shevalararo normallasha borishi asta-sekin dialektal nutqni qisib, og’zaki-so’zlashuv
nutq doirasiga ham kirib bordi.
O’zbek tili dialektologik atlasini tuzish o’zbek adabiy tili imlo va talaffuz
normalarini fonetik tuzilishi sitemasi, grammatik qurilishi leksik tarkibini
normallashtirishda aniqliklar kiritish uchun; o’zbek shevalarining mavjud tasniflarini
to’ldirish, mukammallashtirish; adabiy til va tayanch shahar shevalarining kundalik
ta’siri natijasida adabiy tilning o’zbek shevalararo normallasha borishini tezlashtiradi.
O’zbek dialektologlari o’z milliy tillari atlasini yaratish bilan bir qatorda,
qardosh dialektologlar bilan birga «Turkiy tillar atlasi» ni ham tuzmoqdalar. Bunday
atlasni tuzish akademik V.M.Jirmuniskiy tashabbusi bilan boshlangan edi.
Uning so’roqligi va programmasi 1960-70 yillarda bir necha bor muhokama
qilinib tasdiqlandi.
Har 3-4 yilda turkiy tillar atlasini yaratish bo’yicha Xalqaro miqyosda
konferensiyalar, yig’inlar o’tkazilib turilmoqda.
Umumturkiy lingvistik atlasning yaratilishi, turkiy xalqlar tili haqida yangi
ma’lumotlar beradi, qardosh tillarning taraqqiyoti fikrimizni kengaytiradi, unga ilmiy
nuqtai nazaridan aniqliklar kiritadi.
ILOVALAR: Fonetika bo’yicha: e lashishning tarqalishi: chey chey, bezer >
bezer, yexshirek > yexshirek, k.x. Kulok > kulax, t.ch. tsh > chsh.
Morfologiya bo’yicha: a-ya: shahara-dalaye, menga, menge, magan; senga
(senge) sagan.
Leksika bo’yicha: dargat bovet (bog’et) togon, meyek, yimirte-tuxum; og’o’r -
keli

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə