Ызбек диалектологияси


Mavzuga oid asosiy muammolar



Yüklə 441,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/75
tarix26.04.2023
ölçüsü441,53 Kb.
#107062
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
ozbek dialektologiyasi

Mavzuga oid asosiy muammolar:
1.Lingvistik geografiya uning shevalarni o’rganishdagi asosiy muammolar.
2.Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishiga oid muammolar


18
3.O’zbek xalq shevalarini lingvo-geografiya usulida o’rganishga oid muammolar.
1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Lingvistik geografiya metodi
asosida xalq shevalarining o’rganilishi. Bu yangi metod asoschilari, uning jahon
miqyosida tarqalishi. O’zbek xalq shevalarini ushbu metod asosida o’rganishning
boshlanishi, asoschilari, maqsadi va vazifalari.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.Lingvistik geografiya haqidagi tushunchani ko’rgazmalilik asosida isbotlaydi.
1.2.Lingvistik geografiya usuli bilan monografik usul orasidagi farq va afzal
tomonlarini bilib oladi.
1.3.Lingvogeografik usulning o’rganish ob’ektini o’rganadi.
Birinchi asosiy savolning bayoni
:
Lingvistik geografiya (lingvo-geografiya) – tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib,
u ma’lum territoriyada tarqalgan til hodisalari (tovushlar, grammatik formalar,
so’zlar)ni aniqlaydi, ularni o’sha joyga bo’lgan munosabatini ko’rsatadi. Territorial
til xususiyatlarini xalq tarixi til tarixi bilan aloqador holda taqqoslab, tushuntirib,
kartalar orqali ifodalaydi. Lingvistik geografiya ham territorial dialektlarni o’rganadi.
Uning eng muhim xususiyatlaridan biri ko’rgazmaliligi bo’lib, unda ma’lum til
hodisalarining o’rni va tarqalish chegarasi karta va atlas vositasida aniq belgilab
berildi. Karta va atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo’lib, uning
asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yo’llarini, konkret dialektlarni
paydo bo’lishi va ularning milliy tilga bo’lgan munosabati, o’zaro aloqasini
tushuntirib berishdan iboratdir.
Lingvistik geografiya bir qator umumlingvistik problemalarni ya’ni tilda lahja,
dialekt shevalar mavjud bo’lsa, ularning xususiyatlari nimalar bilan chegaralanishlari,
dialektlarning umummilliy tilga bo’lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal
qilmog’i kerak.
X!X asrning 60-yillariga qadar o’zbek tilshunosligida shevalar monografik
usulda o’rganilib kelingan, bu jarayon hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.
Biroq 60- yillardan so’ng o’zbek shevalarini o’rganish ikki xil yo’nalishda: 1)
monografik usul; 2)lingvografik asosida o’rganila boshlandi.
Monografik usul bilan o’rganishda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib,
boshqa o’zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so’zlar tovush va
qo’shimchalar bilan qiyoslanar edi.
Bu usulda og’zaki nutqni transkriptsiyaga yozib olish, yozib olingan matnlarni
izohlash, dialektal xususiyatlarni o’rganish, dialektal lug’atlar tuzish monografiyalar
yaratish va shu kabilardan iborat.
O’zbek dialektologiyasida yirik monografik asarlarning paydo bo’lganligi
monografik tadqiqot mevasi bo’lib, endilikda shevalarimizni qiyosiy –tarixiy,
tipologik tadqiqotining hozirgi zamon aniq va izchil usuli (metodi) til hodisalarining
tarqalish chegaralarini aniqlab beruvchi lingvistik geografiya va areologiya asosida
ilmiy tekshirishni taqazo qiladi hamda o’zbek xalq shevalari atlasini yaratish
masalasini navbatdagi vazifa qilib kun tartibiga qo’yadi.
Monografik usul asosida shevalarni o’rganishda ko’proq dala sharoitida -
qishloqlarda yurib ish olib boriladi. Lingvogeografiya unga qaraganda aniq
xususiyatga ega. Chunki lingvogeografiya materiallari bilan labaratoriyalar va
kabinetlarda shug’ullaniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda morfologik usul bilan


19
shevalar o’rganilib bo’lingach, lingvogeografik tadqiqot uning materiallarini ilmiy
labaratoriyalarda tadqiq etishdan, uning davomchisidek, undan o’sib chiqqan deb
faraz qilinadi.
Lingvistik geografiyaning asosiy o’rganish ob’ekti – til hodisalari:
1.Izoglassalar, izofonema va izomorfema. 2.Lingvistik atlaslar. 3.Mos hodisalar.
4.Areallar. 5.Lingvografik kartalar va kartalashtirish. 6.Til lanshafti. 7.Aralash
zonalar. 8.Innovatsiya markazi. 9. Iradaiatsiya va boshqalar.
1.Izoglassa – mos hodisalarning u yoki bu a’zosi, bo’lagi tarqalgan eng chet
nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq. Boshqacha aytganda u yoki bu til
hodisasining hududiy tarqalishini ko’rsatuvchi lingvistik kartaga tushirilgan belgi
«Izoglassa»- (izofonema - fonetik belgi, izomorfema - morfologik belgi, izoglassa-
leksik belgi) tushunchasidan iborat.
2.Lingvistik atlaslar - Maxsus dastur (programma) – so’roqlilik asosida
tayyorlangan, ma’lum til yoki shevalarga xos xarakterli xususiyatlarning tarqalish
chegarasini aks ettiruvchi lingvistik kartalarning albom shaklidagi izchil to’plamidir.
Lingvistik atlas 2 xil bo’ladi:1.Regional atlas;2.Zonal atlas.
3.Mos hodisalar-umummilliy til tizimining zveno (a’zo) lari bo’lib, har xil
dialektlarda o’zining turli bo’laklari (a’zolari) bilan ishtirok etgani holda shevachilik
farqlarini vujudga keltiradi. Shunga ko’ra mos hodisalar har vaqt ikki a’zoli va ko’p
a’zoli bo’ladi. Masalan, one, oy’, ope eye, b’y’, buv’ kabilar shevalararo farqlanib,
o’zbek adabiy tilidagi ona (tuqqan ona) tushunchasini bildiradi.
4.Areallar - lotincha
arealis
so’zidan olingan bo’lib, maydon, bo’shliq
ma’nolarini bildiradi. Mos hodisalar ayrim bo’laklarining lingvistik kartada tarqalish
zonasini, ya’ni tilning dialektal farqlanishini anglatadi.
5.Lingvistik kartalar va kartalashtirish – lingvogeografik tadqiqotning asosiy
nuqtasi. Sinxronik tadqiqot natijasi hisoblangan lingvistik kartada til tarixining
hamma davri o’z aksini topishi mumkin. Kartalashtirish - til hodisalarining hududga
tarqalishini tasvirga tushirish(kartaga tushirish). Jonli tildagi har bir lingvistik hodisa
o’zining tarqalish chegarasiga, o’z hududiga ega. Shu hudud, chegaradagi so’z –
izoglassa, izofonema va izomorfemalarning grafik shaklda qog’ozga tushirishdan
iborat.
6.Til lanshafti - deyilganda biror til uchun ma’lum bo’lgan izoglassalar
yig’indisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri tushuniladi.
7.Ayrim zona – biror til yoki dialekt ichida boshqa bir til yoki dialekt
elementlarining mavjud bo’lishi. O’zbek shevalarida tojik tili elementlari aralashgan
zonalarning O’zbekiston va Tojikiston hududida barqarorligi aralash zona sanaladi.
8.Innovatsiya markazi – u yoki bu til yoki sheva hodisalarining markazi.
Masalan, (-vot, vuz (bovott’, kelovuze) markazi Toshkent shahar shevasi bo’lib, bu
o’sha innovatsiya markazidan boshqa atrof shevalarga tarqalgan.
9.Irradatsiya – hodisasining tarqalish tushunchasi bo’lib, arealning xarakterli
belgilaridan biri. Masalan, o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi –da Samarqand, Buxoro,
Qashqadaryo shahar tip shevalariga adabiy til ta’sirida to’siqlarga uchramasdan kirib
borish yo’li bilan tarqalgan. Lekin qaratqich kelishigi qo’shimchasi (-ning)ning kirib
borishi aytarli natija bermayotir. Chunki adabiy tilga asos bo’lgan shahar shevalari
talaffuzida – ning qo’shimchasi mavjud emas.


20
Til hodisalari, dialektal hodisalarni tadqiq qilishda ko’pincha yondosh tillar va
ularning shevalari materiallari bilan solishtiramiz. Bu to’g’ri usul bo’lib, qo’shni tillar
va shevalardagi lingvistik hodisalar bir-biriga doimo o’tib turadi. O’tish hodisasi
taraqqiyotning keyingi davri va masofaning yaqinligi bilan xarakterlanadi. Biroq til
va dialektlar taraqqiyotining qadimiy davri uchun xarakterli bo’lgan ayrim
hodisalarni izohlashda yondosh tillar va shevalar doim ham bir-biriga o’tavermaydi.
Masalan Namangan guruh shevalari uchun xarakterli bo’lgan (r) undoshi o’zidan
keyin kelgan hamma til oldi undoshlarga singib ketishi Farg’ona vodiysidagi boshqa
shevalarda uchraydi: tussun-tursun, bodd’-bord’, ottoq-ortog’, choshshemm’-
chorshemm’.
Shuningdek, turk-barlos shevalaridagi ovo (amaki) ham yondosh shevalarning
birortasida uchramaydi. Aynan shu kabi hodisa Qashqadaryo viloyatidagi shahar va
shahar tip shevalarida mavjud. Bu hodisaning innovatsiya markazi qaysi ekanligi va
uning irrodiatsiyasi ildizi qay tomondan qay tomonga yo’nalganligi noma’lum.
O’zbek shevalari atlasi yaratilganda mana shunga o’xshash ko’pgina muammolar
yechilgan bo’lar edi.

Yüklə 441,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə