27
1.2.Turkiy tillarni uch yo’nalish: etnik, tarixiy-genetik, lingvoterritorial
asosidagi
tasniflar isbotlaydi.
1.3.Tasnifning asoslarini va eng muhim tasniflarining saviyasini o’rganadi.
Turkiy tillarning genetikasi, til xususiyati jihatidan o’zaro munosabati
masalasiga olimlar juda qadimdan qiziqib kelganlar. Turkiy tillarni (aniqrog’i turkiy
qabilalarni) birinchi bo’lib tasnif qilgan olim Mahmud Qoshg’ariydir. Turkiy tillar
tasnifi bilan qiziqish XIX asr oxiri XX asrlarda qaytadan boshlandi va ko’pdan ko’p
tasniflar vujudga keldi. Bu tasnif metodlari, oldiga qo’ygan
vazifalari, maqsadlari
ham turlichadir. Ulardan ba’zilari murakkab puxta o`rganilgan va ishlangan tasniflar
bo`lsa, ayrimlari u yoki bu jihatdan kamchiliklardan holi emas.
Akademik V.V.Radlov o`zining “Shimoliy Turkiston tillarining fonetikasi”(1882-
1883) degan asarida, asosan, turkiy tillarni tasnif qiladi.
U turkiy tillarni shunday guruhlashtiradi:
1.Sharqiy guruh (oltoy, barabarin, Ob, Yenisyey turklarining tillari). Bu guruhga
kirgan tillarning xarakterli xususiyatlari quyidagicha:
1)(o) unlisi o`zidan so`nggi tor unliga juda kuchli ta’sir etadi:
2) So`z o`zaklarining boshida jarangsiz undoshlarning mavjud bo`lishi: bash-pash>
kabi;
3.Jarangsiz sh, t undoshlaridan keyin unli tovush bilan boshlanadigan qo`shimchalar
qo`shilib
kelganda, bu undoshlar jaranglashadi: Masalan, oyrot tilida tishqo’-tiji,
tutqar tudar;
4)So`z oxirida kelgan jarangsiz portlovchi p, q, k undoshlari unlilardan oldin
jaranglashadi.
5) (l ) tovushi qattiq va yumshoqlikda farqlanadi: (l val)va boshqalar
2.G’arbiy guruh (G’arbiy Sibir tatarlarining tili,Qirg’iz, qozoq, boshqird, povolje
tatarlarining
tillari
3.O`rta Osiyo guruhi (Yorkent, Chig’atoy tili, shimoliy o`zbek shevasi,Qo`qon
shevasi , Zarafshon vodiysidagi o`zbek shevalari, Buxoro va Xiva shevasi)
4.Janubiy guruh turkman, ozorbayjon, turk(usmonli) va qirim tatarlari tili, deb, to’rt
guruhga bo’ladi.
Shunday qilib, V.V.Radlov birinchi bo’lib o’zbek shevalarini tasnif
qilgan olim hisoblanadi. Uning tasnifiga ko’ra o’zbek shevalari olti guruhga
bo’linadi. Chig’atoy, Shimoliy o’zbek, Qo’qon, Zarafshon vodiysi, Buxoro, Xiva
guruhlari.
V.V.Radlov o’zining tasnifida o’zbek shevalarini guruhlarga bo’lib ko’rsatgan bo’lsa
ham, ularning o’z xarakterli xususiyatlari bir-biridan farqi haqida ma’lumot
bermaydi.
Dostları ilə paylaş: