|
Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институтиHOLATLAR VA HARAKATLANISH, DASTLABKI HOLATLAR
|
səhifə | 18/44 | tarix | 11.05.2022 | ölçüsü | 5,1 Mb. | | #86542 |
| Saparbayev. X kurs ishi 1.3. HOLATLAR VA HARAKATLANISH, DASTLABKI HOLATLAR
Holatlar. Voleybol oyinida oyinchilar top bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu oyin sharoitida oyinchi top bilan oynashi uchun yuqori tayyorgarlik korishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak.
Hujum zarbasini berish va tosiq qoyishda baland, oyinga kiritilgan topni qabul qilishda orta, hujum zarbasini yoki tosiqdan pastlab qaytgan topni qabul qilishda past (1-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umumiy ogirlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bogliq boladi. Shuni ham takidlash orinliki, oyinchining boyi va uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli tasir korsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bolishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat korsatish imkoniyatini bera olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qollanilish xususiyatiga qarab statik (oyinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga otkazish bilan topni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki tosiq qoyishni kutishda) holatlarda boladi. Bu turish holatlarida qollar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan boladi. Gavda erkin holatda bolishi kerak.
Harakatlanish. Oyinchi malum bir texnik usulni bajarish uchun maydon boylab harakatlanadi. Bunda usul va oyinning vaziyatiga bogliq holda, qadam tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) boladi. Yon tomonga qadamlashdan kop hollarda katta bolmagan masofani bosib otish bilan tosiq qoyganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki tosiqdan oz yonalishini ozgartirib qaytgan topni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yonalishiga yaqin bolgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish bilan boladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qollaniladi. Korib chiqilgan harakatlardan kop hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|