Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Ob’ektiv shaxsiy xususiyatlarning o’qituvchi mehnatiga



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə90/126
tarix25.01.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#99192
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
Ûçáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ûðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè

Ob’ektiv shaxsiy xususiyatlarning o’qituvchi mehnatiga
ta’siri
O’qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilib o’rganish fan olamida yangi soha bo’lmasa ham, biroq so’nggi yillardagi global o’zgarishlar, fan va texnikaning, informatsion axborot texnologiyalarining jadal sur’atda rivojlanishi bu sohaga ham har yili turli yangiliklarning olib kirilishini talab etmoqda. Bevosita o’qituvchi mehnatini o’rganuvchi fanlar, ya’ni pedagogika, psixologiya, pedagogik menejment, ijtimoiy pedagogika kabi fanlarning bu sohada o’zaro manfaatlari doimo bir-birlarini to’ldirib kelsada, olib borilayotgan ilmiy kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo’ladiki, hali oldinda echimini kutayotgan muammolar etarli. Hozirgi zamon ilmiy nazariy va metodologik tizimlariga tayangan holda ta’kidlash joizki, o’qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan muhim yo’nalishlardan biri o’qituvchining ob’ektiv-shaxsiy xususiyatlaridir.
O’qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ko’plab holatlarda uning sifat va samaradorligini oshirilishini belgilovchi ushbu xususiyatlar quyidagi omillarni o’zida mujassamlashtiradi:



10- chizma. O’qituvchi mehnatining sifat va samaradorligini belgilovchi xususiyatlar.

Ta’kidlab o’tilgan omillarning har biri o’qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi va ular o’qituvchi mehnat faoliyatini tashkil etuvchi o’zining bir-biri bilan o’zaro aloqador ichki tizimlariga va o’zaro ta’sirlarni shakllantiruvchi mustaqil tizimni tashkil etuvchi elementlariga ega.


Yosh o’qituvchining kasbiy mahorati ob’ektiv-shaxsiy xususiyatlar tizimining etakchi omillaridan biri bo’lib, uning tarkibiy tizimlari nihoyatda rang-barangdir. Pedagogikada yosh o’qituvchining kasbiy mahorati olimlarimiz tomonidan “Pedagogik faoliyatda belgilangan vaqt ichida o’qituvchining optimal natijalarga erishishida namoyon bo’luvchi oliy darajadagi mehnati” sifatida, “o’qituvchining tinimsiz mehnati va izlanishlari natijasida doimiy takomillashtirilib boriladigan muhim ta’lim va tarbiyaviy san’ati namunasi”, yoki “o’qituvchining ilmiy bilimlarni, kasbiy ko’nikma va malakalarni hamda metodologik bilimlarni o’z mehnatida va kasbiy sifatlarida namoyon etishi” kabi fikrlar bilan ta’riflanadi.
B.T.Lixachev o’qituvchining kasbiy mahoratini pedagogik san’atning noyob bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: “o’qituvchining kasbiy mahorati deganda uning yuksak pedagogik–psixologik bilimlari, kasbiy malaka va ko’nikmalarni mukammal egallashi, o’z kasbiga qiziqishi, takomillashgan pedagogik fikrlash layoqati va rivojlangan ichki intuitsiyasi, hayotga nisbatan axloqiy–estetik munosabati, o’z fikr–mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”. Qator tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, quyidagi to’rtta komponent yosh o’qituvchi kasbiy mahoratining asosiy tashkil etuvchi komponentlari hisoblanadi:

Ushbu komponentlar o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etilishida o’z kasbiga bo’lgan mehr-muhabbati, ijobiy munosabati va uni takomillashtirish istagini paydo qiladi. Yosh o’qituvchining kasbiy mahorati shakllantirilgach, u shaxsning kasbiy xususiyatiga aylanadi va refleksiv qobiliyatining rivojlanishiga ham ta’sir qiladi, natijada pedagogik mehnat faoliyatining samaradorligi oshadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə