Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə10/27
tarix08.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#116239
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
portal.guldu.uz-XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYa TARIXI

Territorial (hududiy)

    • Evropa mamlakatlari boshqarmasi

    • Osiyo va Tinch okeani davlatlari boshqarmasi

    • Amerika boshqarmasi

    • Osiyo va Afrika mamlakatlari boshqarmasi



Funktsional (ish, xizmat)

Ma’muriy bo’limlar

    • Valyuta bo’limi

    • Hisob – kitob bo’limi

    • Ishlar boshqarmasi

    • Kapital qurilish boshqarmasi

    • Moddiy – ta’minot bo’limi

Elchixona yoki missiya muayyan davlat tomonidan xorijiy davlat boshlig’i huzurida doimiy vakolatxonalar sifatida tashkil etiladi. Mazkur vakolatxonalar boshlig’i sifatida elchilar (elchixonalar uchun), vakillar (missiyalar uchun) yoki muvaqqat ishlar vakillari (har ikkalasi uchun) faoliyat ko’rsatadi.


Elchixona o’z maqomiga ko’ra oliy diplomatik vakolatxona sanaladi va uni tashkil etilishi muayyan davlat bilan oliy darajadagi diplomatik munosabatlar o’rnatilganligini bildiradi.
Har bir elchixona yoki missiya o’zi joylashgan mamlakatda ro’y berayotgan voqealarni muntazam kuzatib boradi.
Konsulliklar fuqarolar va savdo– sotiq, mulkiy – huquqiy sohadagi davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil qilinadigan vakolatxonadir. Pasport, viza va boshqa xujjatlarni rasmiylashtiradi.
Davlatlar o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish yo’lida qo’yilgan birinchi qadam boshqa davlat tomonidan muayyan davlatning tan olishi hisoblanadi. Mazkur tan olish ikki shaklda bo’ladi:

  1. de-fakto – mazkur davlat va hukumatning mavjudligini tan olish, bunda uning yuridik huquqlari istisno bo’ladi;

  2. de-yure – uning yuridik huquqlari va xalqaro munosabatlardagi imtiyozlarini birgalikda tan olish;

Shudan so’ng diplomatik vakolatxonlar bilan o’zaro ayrboshlash amalga oshiriladi.
- Elchi tayinlash uchun, tegishli agreman (rozilik olingach, davlat rahbarining farmoni e’lon qilinadi. So’ngra elchi davlat rahbari imzolagan ishonch yorlig’ini olib va tayinlangan davlatga jo’naydi. Aksariyat hollarda (protokol bo’yicha) yorliqni davlat boshlig’iga topshiradi.

    • Diplomatik vakil quyidagi xolatlarda o’z faoliyatini to’xtatadi:

      1. Lavozimidan ozod etilsa, yoki boshqa lavozimga, tayinlansa, u faoliyat ko’rsatayotgan mamlakat hukumati uni «nomatlub shaxs» («persona non grata») hisoblab, uning chaqirib olinishini talab qilsa;

      2. diplomatik vakil vafot qilsa;

      3. diplomatik munosabatlar bekor qilinsa, ayniqsa urush e’lon qilingan bo’lsa va h.

    • Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning normal faoliyati ko’rsatish uchun eng muhim shartlardan biri;

    • Vakolatxona hududi va binosining daxlsizligi;

    • Diplomatik xodimlar uchun diplomatik immunitet;

    • Shifrlangan maxsus aloqa turi vositasidan foydalanish;

    • Diplomatik pochtani daxlsizligi;

    • Vakolatxona binosiga transport vositalariga davlat bayrog’ini o’rnatish;

    • Diplomatlarning shaxsiy yuklari bojxona tekshiruviga tortilmasligi;

    • Elchi (vakil) tomonidan ishonch yorlig’i topshirilganidan keyingina elchixona o’z huquqiga ega bo’ladi;

    • Diplomatik korpus duayeni;

    • Protokol qoidalari;

    • Elchining tashriflari, turli tashkilotlarga (rasmiy, norasmiy);

    • Qabul marosimlari;

«O’zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash to’g’risida» gi qonunda (1992 y.,3 iyul) O’zbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarining quyidagi 3 darajasi belgilangan:

  1. Chet davlat boshlig’i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda va muxtor elchi;

  2. Chet davlat boshlig’i huzurida akkreditatsiya qilinadigan favqulodda va muxtor vakil;

  3. Chet davlat tashqi ishlari vaziri huzurida akkreditatsiya qilinadigan ishonchli vakil.

O’zbekistonning chet davlatlardagi vakolatxonalari diplomatiya xodimlariga beriladigan xizmat unvonlari quyidagilar:

    • favqulodda va muxtor elchi;

    • 1 va 2 darajali favqulodda va muxtor vakil;

    • 1 va 2 darajali maslahatchi;

    • 1 va 2 darajali 1-nchi kotib;

    • 1 va 2 darajali 2-nchi kotib;

    • uchinchi kotib;

    • attashe.

Favqulodda va muxtor elchi, 1 va 2 darajali favqulodda va muxtor vakil martabalari O’zbekiston Respubliksi Prezidenti farmonlari bilan, boshqa diplomatiya martabalari tashqi ishlar vaziri buyrug’i bilan beriladi. Diplomati martabalari mazkur vazirlikning rahbar va ma’sul xodimlariga ham berilishi mumkin. Favqulodda va muxtor elchi va vakil martabalari bir umrga beriladi.



Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə