Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


-mavzu: 1871-1914 yillarda xalqaro munosabatlar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/27
tarix08.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#116239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
portal.guldu.uz-XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYa TARIXI

7-mavzu: 1871-1914 yillarda xalqaro munosabatlar.
Ajratilgan vaqt – 2soat
Asosiy savollar:
1.XIX asr oxirida xalqaro munosabatlar.
2.Harbiy – siyosiy bloklarni paydo bo’lishi
3.Xalqaro munosabatlar urush arafasida


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Franko-prussiya urushi. Germaniya imperiyasi. Otto Fon Bismark. Uch imperatorlar Ittifoqi. Uchlik Ittifoqi. Maxfiy harbiy konventsiya. «Yorqin izolyatsiya» siyosati. Antanta. Bolqon muammosi.


Mavzuga oid muammolar:

  1. Franko-Prussiya urushini, asoratlarini qanday baholaysiz?

  2. Ikki va uch tomonlama shartnomalarga qanday baho berasiz?

  3. Buyuk davlat o’rtasidagi raqobatni qanday sharxlaysiz?



Mavzu bo’yicha dars maqsadi.
Evropada birinchi jahon urushidan oldingi xalqaro munosabatlarni yoritib talabalarda ushbu muammo bo’yicha tasavvur va tushuncha hosil qilish.


Identiv o’quv maqsadlari:

    1. XIX asr oxiridagi xalqaro munosabatlarining o’ziga xos tomonlarini ko’rsatadi.

    2. Harbiy – siyosiy bloklarning paydo bo’lish sabablarini izohlaydi.

    3. Birinchi jahon urushi arafasidagi xalqaro xolatni tahlil qilib beradi.



Savolning bayoni:
Franko – Prussiya urushi XIX asr oxiridagi xalqaro munosabatlar tarixida yangi sahifani ochdi. Evropaning siyosiy xaritasida kuchli harbiy va sanoat imkoniyatiga ega bo’lgan qudratli Germaniya imperiyasi paydo bo’ldi.
Franko – Prussiya urushining muhim xalqaro natijasi – bu Italiyaning birlashish jarayonini tugutilishi edi. Ushbu yangi buyuk davlat Frantsiyaning O’rta er dengizi havzasidagi raqibiga aylandi.
O’z navbatida Avstro-Vengriya Avstro – Prussiya urushidagi mag’lubiyati uchun o’ch olishdan voz kechib Germaniya bilan yaqinlashishga xulosa qildi.
Germaniya iqtisodiy qudratining keskin kuchayishi va uning kolonial talonchilik arenasiga chiqishi anglo va germaniya o’rtasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashuviga olib keldi.
Shunday qilib, Franko-Prussiya urushi va Germaniya imperiyasini tashkil topishi Evropada kuchlarni qayta taqsimlanishiga va xalqaro munosabatlarni keskinlashuviga olib keldi.
Germaniya imperiyasining tashkilotchisi va uning birinchi kantsleri Otto fon Bismark Frantsiyani yakkalatib qo’yish va keyinchalik unga qarshi yangi urush boshlash uchun yaxshi diplomatik xolatni ta’minlash maqsadida Germaniya etakchiligida harbiy – siyosiy Ittifoq tuzishga intilar edi.
Kantslerning tashqi siyosatida aksil frantsuz yo’nalishi 1873 yilda barpo etilgan uch imperatorlar Ittifoqida namoyon bo’ldi. Frantsiyani Rossiya va Avstro – Vengriya bilan ittifoqdosh bo’lishiga to’sqinlik qilish uchun Bismark Evropada «tartibni» mustahkamlash uchun monarxiyalarning birdamlik g’oyasidan foydalandi.
Uch imperatorlar Ittifoqi Avstro – Rossiya va Germano – Rossiya ziddiyatlari yangi kuch bilan namoyon bo’lganida, ya’ni 1887 yili barbod bo’ldi.
Rossiyani uch imperatorlar Ittifoqiga a’zo bo’lib kirishi germaniyani yangi tajavvuzi oldidan Frantsiyani qo’llab - quvvatlashdan voz kechishi emas edi. Rossiya Frantsiyani zaiflashishida manfaatdor emas edi.
Angliya, «evropa kuchlarini tenglashish»siyosatini qo’llab - quvvatlagan xolda G’arbiy Evropada yagona davlatni (Germaniyani) gegemoniyasini o’rnatilishiga qarshi edi.
Aynan Rossiya va Angliyaning pozitsiyasi Bismarkka 1875 yili Frantsiyaga qarshi yangi urushni boshlashga imkon bermadi.
1875 yilgi Frantsiya – Prussiya o’rtasidagi harbiy xatarli xolat bilan deyarli bir vaqtda yaqin sharq inqirozi paydo bo’ldi. Rossiyani rus – turk urushidagi (1877-1878y) muvaffaqiyatlari Bolqon xalqlari uchun juda katta ahamiyat kasb etdi. Ular umuman yo’q bo’lib ketishdan saqlanib qoldilar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyani mustaqilligi tan olindi.
Frantsiyani yakkalatib qo’yish bo’yicha Bismarkning keyingi faoliyati Germaniya, Italiya va Avstro – Vengriya tarkibidagi Uchlik Ittifoqini bunyod etilishiga olib keldi. 1882 yilgi Uchlik Ittifoq to’g’risidagi Shartnoma besh yil muddatga tuzilib. Keyinchalik bir necha bor uzaytirilib to 1915 yilgacha amal qildi. Yangi harbiy konventsiya (shartnoma) bir tig’i bilan Frantsiyaga boshqasi bilan Rossiyaga qarshi qaratilgan edi.
Shu bilan birgalikda Frantsiya bilan yaqinlashuviga yo’l qo’ymaslik maqsadida Rossiya bilan do’stona munosabatlarni saqlab qolish Bismarkni ahamiyatli vazifalaridan biri edi.
1887 yili Rossiya va Germaniya o’rtasida o’zini saqlab qolishga urinish (perestraxovka) to’g’risida shartnoma imzolandi. Rossiya, Frantsiya Germaniyaga hamla qilgan xolatda do’stona betaraflik saqlashni o’z zimmasiga olardi va javoban agar Angliya Yaqin Sharqda zid amalllarni olib borsa Germaniya tomonidan Rossiyani qo’llab - quvvatlash to’g’risida va’dasini oldi.
Avstro – Vengriya va Angliyani Bolgar knyazligiga ta’sirini kuchayishi bilan bog’liq Rossiyaning og’ir xalqaro ahvoli chor hukumatini ushbu shartnomaga imzo chekishga majbur qildi. O’zini saqlab qolishga urinish (perestraxovka) shartnomasi to 1890 yilgachcha kuchda edi.
Frantsiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Avstro – Germaniyaning 1879 yilgi ikkilik Ittifoqi, hamda shunga o’xshash 1882 yilgi Uchlik Ittifoqi uch imperatorlar Ittifoqi hamda o’zini saqlab qolishga urinish Shartnomasiga qarama - qarshi edi.
Umumiy raqib Germaniyani kuchayib borishi natijasida Rossiya va Frantsiya o’rtasida yaqinlashuv kuzatilar edi. Angliya va Italiya bilan chuqur qarama - qarshilikda bo’lgan Frantsiya, agarda Germaniya bilan urushga kiradigan bo’lsa, faqatgina Rossiyadan amaliy yordam olishi mumkin edi. Undan tashqari, Rossiya bilan yaqinlashuv Frantsiyani tashqi siyosiy yakkalanishdan forig’ qildi. Ikki mamlakat o’rtasida mustamlaka siyosati yoki Evropa siyosati bo’yicha bir oz bo’lsada jiddiy qarama - qarshilik mavjud emas edi. Bunga qo’shimcha, Bismark xukmronligining oxirgi yillarida Germaniya va Rossiya o’rtasida avjiga chiqqan «bojxona urushlari» tufayli Frantsiya Rossiyaga qarz beradigan asosiy davlatga aylandi.
Franko – Rossiya yaqinlashuviga Bismarkning Frantsiyaga qarshi yangi urush boshlashga urinishlari bilan bog’liq 1887 yilgi harbiy vahima muhim omil bo’lib xizmat qildi. 1891 yili Uchlik Ittifoqining qayta tiklanishi davrida Germaniya va Angliya o’rtasida yaqinlashish alomatlari sezildi. Va 1891 yili Rossiya va Frantsiya o’rtasida konsultativ Pakt o’rnatildi va 1892 yili, 1893 yili ratifikatsiya qilingan (ya’ni tasdiqlangan) maxfiy harbiy konventsiya imzolandi. Bu xolat Germaniya va Italiya bilan harbiy to’qnashuv bo’ladigan bo’lsa Frantsiya Rossiyaga harbiy yordam berish imkonini ta’minladi va kontinental bosqinchilik uchun erkinlik berildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Angliyaning tashqi siyosati uchun «Yarqiroq yakkalik» (izolyatsiya) deb nomlangan siyosat xos edi. Ushbu sisatning izchil tatbiqchisi Loyd Solsberi quyidagilarni takrorlashni yaxshi ko’rar edi: «Angliyaning doimiy ittifoqdoshari va doimiy dushmanlari yo’q, faqat doimiy va abadiy manfaatlari mavjud». Angliyaning «yarqiroq yakkalik» siyosati, hech bir uzoq muddatli ittifoqlar bilan o’zini bog’lab qo’yishga olib bormoydigan sanoat yakkaxonligi va dengizdagi qudratiga asoslangan edi. O’z maqsadlariga erishish uchun Angliya diplomatiyasi kontinental davlatlarning o’zaro mojarolaridan foydalanar edi.
XIX asrning oxiri Angliyaning kolonial hududlarini nihoyatda kengaygani bilan belgilanadi. Germaniyaning «dunyo siyosatini» olib borish urinishlari Bismark hokimiyatining oxirlarida namoyon bo’la boshladi.
XIX asrning 90-nchi yillarida germaniya hukmdor doiralari «quyosh ostida hudud» uchun urush olib borish g’oyalarini o’ta faollik bilan targ’ibot qildilar. Aynan shu davrda boshqa ikki yirik davlat – AQSh va Yaponiya faol kolonial siyosati maydoniga chiqishdi. Shunday qilib, bir guruh yirik davlatlar daxshatli kurashda keyinchalik qayta taqsimlash niyatida dunyoni bo’lish jarayonini yakunlashdi.
Shular sabab, dunyoning barcha jabhalarida xalqaro ziddiyatlar o’choqlari paydo bo’ldi. XIX asrda eng keskin ziddiyat – bu Anglo – Frantsuz kolonial qarama - qarshilik edi. Boshqa tomondan esa o’ziga xos xususiyat, ya’ni harbiy – dengiz raqobat shaklini olgan Anglo – Germaniya qarama - qarshilik ham kuchayib bordi.
Bunday raqobat natijasida, angliyaliklarning dengizdagi sobiq ustunligi ham yo’qqa chiqdi.
XIX asr oxiridagi Anglo – Germaniya qarama - qarshiligining keskinlashuvi Angliyaning tashqi siyosiy yo’nalishida keskin o’zgarish yasadi. Sanoat ustunligini hamda kontinental davlatlarning ziddiyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yo’qotgan Angliya siyosiy yakkalanish xolatidan chiqishga majbur bo’ldi. Angliyaning hukmron doiralarida vujudga kelgan xolatda mamlakat ittifoqdoshlarga muxtoj degan fikrlar paydo bo’ldi.
1902 yilning 30 yanvarida «Yarqiroq yakkalik» siyosatiga chek qo’ygan Angliya- Yaponiya ittifoq shartnomasiga imzo qo’yildi.
1902 yildan Angliya diplomatiyasi Frantsiya, undan keyin Rossiya hamda Germaniyaga qarshi kurashda ittifoqdosh bo’la oladigan mamlakatlar bilan o’z munosabatlarini yaxshilash yo’nalishiga o’tdi. Rus yapon urushi va Rossiyada 1905-1907 yillardagi inqilob kuchlarni qayta taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Rossiya Angliya uchun xatarli dushman bo’lmay qoldi.
Anglo – Germaniya munosabatlari va Germaniya – Frantsiya o’rtasidagi o’sib borayotgan ziddiyatlar 1904 yil 8 aprelda Londonda imzolangan ikki mamlakat o’rtasidagi maxfiy kelishuv sababli anglo – frantsuz yaqinlashuvni vujudga keltirdi.
Angliya va Rossiya o’rtasida kolonial masalalar borasida kelishuv paydo bo’lishi bilan 1907 yili Peterburgda Angliya va Rossiya o’rtasida shartnoma imzolandi. Anglo – Rus shartnomasi imzolanishi bilan Antantani tashkil topishi nihoyasiga etdi.
Antantani tashkil topishi bilan Germaniyaga qattiq zarba berildi. Bundan tashqari, 1902 yili Italiyani Uchlik ittifoqdan uzoqlashishidan darak beruvchi Italiya va Frantsiya o’rtasida betaraflik to’g’risda yangi maxfiy kelishuv imzolandi. Ushbu xolat nafaqat Adriatik dengizining sharqiy sohili bo’yicha italiya – avstriya ziddiyatlaridan, balki Italiyani frantsuz sarmoyalari va tijoratidan manfaatdorligidan kelib chiqar edi.
Ikki asosiy harbiy– siyosiy bloklar o’rtasidagi raqobatlik Bolqon urushlardan o’z ifodasini topdi: natijada, Serbiya, Gretsiya va Chernogoriyaning xududlari anchagina kengaydi. Bolqon ittifoqining barbod bo’lshi avstro – german ittifoqining g’olibligi edi. Antanta esa Serbiyada o’z ta’sirini mustahkamlab oldi.
Urushdan oldingi o’n yillikdagi xalqaro inqirozlar, Bolqon urushlari anglo – german, franko – german, rus – german, rus – avstriya ziddiyatlarini yanada keskinlashishiga sabab bo’ldi. Antantada, ishtirkochilar o’rtasidagi qarama-qarshiliklarga qaramay, kuchlar jipslashish jarayoni kuzatilar edi.
XX asr boshidan uchlik ittifoqi, Italiya o’zini chetga tortganligi sabab ikkilik ittifoqiga aylana boshlandi. Ayni shu davrda urush oldi yillarida Turkiyani o’z tarafiga jalb qilganligi Germaniyaning jiddiy diplomatik muvaffaqiyati edi. Uning, ya’ni Turkiyaning muhim strategik joylashuvi, kelajakda Germaniyani Antanta bilan bo’ladigan to’qnashuvlarida yaxshi kelajakni bag’ishlar edi.
1914 yilning boshlariga kelib, ikki guruh davlatlarda qurol – aslaha uchun kurash yuqori darajaga ko’tarildi. Evropaning yirik davlatlari orasida iqtisodiy rivojlanishda eng yuqori sur’atlarga erishgan Germaniya urushga boshqalarga nisbatan yaxshiroq va tezroq tayyorgarlik ko’rib qo’ydi.
Nazorat topshiriqlari: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)

  1. XIX asr oxirida xalqaro munosabatlarda Germaniyaning maqsadlarini sharxlab bering.

  2. Uch imperatorlar ittifoqini taxlil qilib bering.

  3. Bismarkni Evropa xalqaro munosabatlaridagi rolini tushuntirib bering.

  4. XIX asr oxirida Rossiyaning Evropa xalqaro munosabatlaridagi o’rnini yoritib bering.

  5. Franko-Prussiya urushining oqibatlari nimalardan iborat edi?

  6. Evropadagi kuchlar qanday taqsimlandi?

  7. Evropada asosan qaysi davlat o’rtasida ziddiyatlar paydo bo’ldi?



Test topshiriqlari:

  1. Evropada XIX asr oxirida kuchlarni qayta taqsimlanishiga nima sabab bo’ldi?

A. Franko-Prussiya urushi va Germaniya imperiyasini tashkil topishi.
В. Bismarkni faoliyati
S. Rus - turk urushi
D Avstro – Germaniyaning ikkilik ittifoqi (1879 y)

2.Germaniya imperiyasining asoschisi kim bo’lgan?


A. Uinston Cherchil
В. Frantsiya bosh vaziri
S. Germaniya kantsleri
D. Otto fon Bismark

3.XIX asr oxiridagi rus – turk urushi qachon bo’lgan?


A. 1876-1877 yillarda
В. 1877-1878 yillarda
S. 1878-1879 yillarda
D. 1879-1880 yillarda

4.Uchlik (uchlar) ittifoqi qachon tashkil topgan va unga qaysi davlatlar kirar edi?


A. Avstro-Vengriya, Italiya va Germaniya 1882 yili
В. Frantsiya, Italiya va Germaniya, 1882 yili
S. Rossiya, Italiya va Germaniya, 1883 yili
D. Avstro – Vengriya, Angliya va Germaniya, 1884 yili

5.Ikkilik ittifoqi qachon tashkil topdi va qaysi davlatlar a’zo edi?


A. 1877 yilda Frantsiya va Germaniya
В. 1878 yilda Italiya va Frantsiya
S. 1889 yilda Rossiya va Germaniya
D. 1879 yilida, Avstriya va Germaniya

6.Rossiya va Frantsiya o’rtasida konsultativ pakt qachon o’rnatildi?


A. 1889 yilda
В. 1890 yilda
S. 1891 yilda
D. 1892 yilda

7.Antantaning shakllanishi qachon tugadi?


A. 1908 yili
В. 1905 yili
S. 1906 yili
D. 1907 yili


Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:

  1. Harbiy – siyosiy bloklarni paydo bo’lishi

  2. Germaniyani Evropaning xalqaro holatiga ta’siri



Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  1. XIX asr oxirida kontinental Evropaning Evropadan tashqaridagi mamlakatlar bilan xalqaro aloqalarini o’rganish.

  2. Evropaga nisbatan (XIX asr oxirida) Yaponiyaning munosabatlarini o’rganish.



8-mavzu: Birinchi jahon urushi (1914-1918 yillar)
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Asosiy savollar:

  1. Urush oldi shart – sharoitlari va urushning xarakteri

  2. Kuchlarning o’zaro nisbati

  3. Urushni boshlanishi va jarayoni

  4. Urushni tugashi



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
«Yonilg’i ashyolar». Spraevodagi qotillik. «Mlada Bosna». To’rtlik ittifoqi. Antanta. «Blits krig». Verden jangi. «Brusilov». Patsifizm. Brest shartnomasi. Germaniya imperiyasining barbod bo’lishi. Vilsonning «14 punkti».


Mavzuga oid muammolar:

  1. Birinchi jahon urushida Germaniyaning mag’lubiyatini qanday izohlagan bo’lar edingiz?

  2. AQShni urushga munosabatini qanday sharxlaysiz?



Mavzu bo’yicha dars maqsadi:
Birinchi jahon urushining sababchisi bo’lgan Germaniyaning asl maqsadlarni yoritib talabalarda mustahkam tushunchani xosil qilish.


Identiv o’quv maqsadlari

    1. Urush sabablarini sharxlab berish

    2. Kuchlarning o’zaro nisbatini taxlil qilish

    3. Urush jarayonini yoritib berish

    4. Urush oqibatlarini taxlil qilish



Savolning bayoni
1914 yilda boshlangan urush insoniyat tarixida eng buzg’unkorlik va qonli urush edi. U 10mln.ga yaqin odamlar hayotini olib ketdi, ko’p mamlaktalar xalqlariga son sanoqsiz kulfatlarni olib keldi.
XIX asrning oxiridan xalqaro munosabatlarda vaziyatni keskinlashtiruvchi muammolar birin – ketin kelaverdi. 1914 yilning yoziga kelib dunyo siyosatida shunchalik ko’p «yonilg’i ashyolar» to’plandiki, uning bir uchquni ulkan yong’inni chiqarishi mumkin edi.
1914 yil 28 iyunda Saraevo shaxrida Avstriya Ertsgertsog frants Ferdinandni o’ldirilishi ana shunday uchqun bo’lib chiqdi. Qo’lga olingan qotillik ishtirokchilari serblarning «Mlada Bosna» deb nomlangan vatanparvarlar guruhiga a’zo edilar. Ushbu dalil 1914 yil 28 iyunda Avstro – Vengriya tomonidan Serbiyaga urush e’lon qilinishiga bahona bo’ldi.
Iyun oyining oxirida voqealar jarayoni tezlashdi. 31 iyulda Rossiyada umumiy safarbarlik boshlandi. O’sha kunning o’zida Germaniya Rossiyadan safarbarlikni to’xtatishni talab qildi va 1 avgust kuni Rossiyaga urush e’lon qildi. Nemis qo’shinlari g’arbiy sarhad bo’ylab, to’plana boshlandilar 3 avgust kuni Germaniya Frantsiyaga urush e’lon qildi. Shu kunni o’zida Germaniya Belgiya xududidan qurolli kuchlarini o’tkazib yuborishni talab qildi. Ushbu talab Belgiyaning daxlsizligi to’g’risidagi shartnomaga zid edi. Belgiyaning daxlsizligini buzilishi Angliyani Germaniyaga (4 avgust) urush e’lon qilish uchun vaj bo’ldi.
1914 yil 1 avgustda boshlangan jahon urushi 1918 yil 11 noyabrgacha davom etdi. Urushning ko’lami to 1917 yilgacha kengayib bordi. 1914 yilning avgust oyi oxirida Tinch Okeani va Uzoq Sharqda nemis koloniyalarini bosib olgan Yaponiya o’z tashabbusi bilan Germaniyaga qarshi urushga kirdi. 1914 –1915 yillarda Germaniya va Avstro – Vengriyaga Turkiya va Bolgariya qo’shildi va To’rtlar ittifoqi tuzildi. To’rtlik ittifoqiga qarshi urushga Italiya, Portugaliya, Ruminiya, AQSh, Gretsiya kirdi. Amalda ishtirok etmasa – da Germaniyaga Xitoy, Siam, Liberiya, Latin Amerikasining 14 davlati urush e’lon qildi.
Birinchi jahon urushida ishtirok etuvchi yirik davlatlarning bosh maqsadi – bosqinchilik siyosati edi.
Germaniyaning asosiy maqsadlari: Evropada Germaniya gegemonligini o’rnatish; bir qator hududlarni bosib olib, qaram davlatlarni barpo etish (Belgiya, Gollandiya va b); Frantsiyani «buyuk davlat sifatida boshqa hech ham boshini ko’tara olmaydigan» darajada ziflashtirishdan iborat edi. Bundan tashqari, Evropadagi tajavvuzlar «dunyo siyosatini» olib borish uchun zinapoya rolini o’ynashi kerak edi.
Avstro – Vengriyaning xukmron doiralari o’zining emirilib borilayotgan davlatini umrini uzaytirishga intilar edilar. Ular Serbiya va Chernogoriyaning bir qismini bosib olib, janubiy slavyanlar milliy – ozodlik xarakatini bo’g’ish yo’li bilan yuqoridagi maqsadga erishishga umidvor edilar.
Gabsburg monarxiyasiga qaram bo’lgan Polsha va g’arbiy Ukraina erlaridan iborat bo’lgan birlashma tuzish loyixalashtirilar edi.
Frantsiya esa Elzas va Lotaringiyani qaytarib olish xarakatida edi. Saar viloyatini uddasidan chiqsa reyn sanoat hududini ham bosib olish rejalari yo’q emas edi. Undan tashqari Parijda Germaniyani yanada parokanda qilish borasida keng rejalar ishlab chiqilmoqda edi. Evropadan tashqarida Frantsiya turk va nemis mustamlakalariga ham da’vogar bo’lmoqda edi.
Buyuk britaniyaning esa bor maqsadi: koloniyalarda va dengizda savdo raqibi sifatida Germaniyaning qudratini barbod qilishdan iborat edi. Shu bilan birgalikda, nisbatan kuchli Germaniya, kontinentda Frantsiya va Rossiyaga nisbatan posangi rolini bajarishi lozim edi.
1915 yilning martiga kelib Rossiya Konstantinopolni, Marmar dengizining G’arbiy soxilini va Dardanellni «Rossiya tarkibiga» qo’shishni talab qildi. Urushga kechroq kirishgan Italiya, AQSh va boshqa davlatlarning ham katta rejalari mavjud edi. Ushbu rejalar sir saqlanardi. Lekin, rasman ular mudofaa urushini olib borish tarafdorlari edi.
Jahon urushining jarayoni birinchi navbatda raqobatdagi kaolitsiyalarning harbiy – iqtisodiy qudrati bilan belgilanar edi. Kuchlar nisbati odamlar soni. Oziq - ovqat va xom ashyo miqdori bilan Antanta foydasida edi. Undan tashqari, urush boshalarida urushga kiritilgan diviziyalar, qurollar va samolyotlar soni bo’yicha ham Antanta birinchi o’rinda edi. Dengizda ham Antanta ilg’orlikni o’z qo’lida ushlab turar edi.
Lekin, Germaniya kuchli raqib edi. Uning uzoq muddat urushga tayyorgarlik ko’rgani, askarlarning tajribasi, qurol – aslahaning a’lo sifati, nihoyatda tez sur’atda safarbarlikni amalga oshirishi, og’ir artilleriya sohasidagi ilg’orligi, qurolli kuchlarini tez sur’atda bir frontdan ikkinchi frontga o’tkazish imkoniyatlari yaqqol namoyon bo’lar edi.
Germaniya uchun qulay xolatdan kelib chiqib, Germaniya qo’mondonligi «Blits Krig» operatsiyasiga suyandi.
Yirik kuchlar bilan Belgiya va shimoliy Frantsiya orqali, Parijni g’arb tomonidan aylanib o’tib raqib armiyasini qamalga olib Frantsiyani taslim qilish maqsadida yurish rejalashtirilgan edi. Keyinchalik, bo’shab qolgan harbiylarni sharqqa ko’chirib, Germaniya Avstro – Vengriya bilan hamkorlikda u erda xal qiluvchi zarba berish niyatida edi.
Lekin, 1914 yilning o’zidagi voqealar jarayoni nemis qo’mondonlarining rejasini barbod etdi. Ruslarni Sharqiy Prussiyadagi faol amallari, son-sanoqsiz harakatlar tufayli nemis askarlarining charchashi, orqada qolgan qal’alarni zabt etishga mo’ljallangan kuchlarni band bo’lishi, Marna bo’yi olib borilgan janglar (sentyabr 1914y) «Blits Krig» ning asosiy mohiyatini yo’qqa chiqardi.
Berlinda tez fursatda g’alabani qo’lga kiritish mumkin emasligiga ishonganlar soni qo’payar edi.
1914 yil kuziga kelib ham g’arbiy ham sharqiy frontda doimiy front chizig’i o’rnatildi. 1915 va 1916 yillarda urush katta qurbonlar berish va qattiq jang qilmoq evaziga davom etardi. Sharqiy frontda rus askarlariga qarshi Avstro – Vengriya armiyasining aksariyat qismi saralangan va nemis armiyasi jang olib bordi. g’arbiy frontda esa nemislarga frantsuz va Britaniya askarlari qarshi turar edi.
To Germaniya ikki front quchog’idan chiqmaguncha g’alaba mumkin emasligini nemislar tan olishga majbur bo’ldilar. Siyosiy rahbariyat oldiga Antantani barbod etish vazifasi qo’yildi. Sharqdagi harbiy muvaffaqiyatlar yo’li bilan Rossiyani separat sulx tuzishga majburlash ko’zda tutilgan edi. Bundan chiqib, 1915 yili Germaniyada harbiy xarakatlarning markazini sharqqa ko’chirish xulosasi qaubl qilindi.
Dunay daryosining o’rta oqimida frontni buzib o’tgan nemis va Avstro – Vengriya askarlari 1915 yilning oxirida Polshani va Pribaltikani qisman bosib oldilar. Germaniya va Avstro – Vengriya barcha qurolli kuchlarining yarmi sharqiy frontda edi: ular og’ir talofatlarga duch keldi, lekin Rossiyani separat sulxga qo’shilishini majbur qilaolmadi.
1915 yili g’arbiy frontdagi harbiy amallar asosan Shampan, Artua va Flandriyada Antanta askarlari xamlasiga qarshi turishdan iborat edi.
Germaniya, xatto betaraf mamlakatlar kemalari qurbon bo’lgan daxshatli suv osti urushi tufayli Angliyani tiz cho’ktirishga urindi. Lekin, juda ko’p AQSh fuqarolari qurbon bo’lgani okean paraxodi «Luzitaniya» cho’ktirilganidan so’ng, AQSh va boshqa mamlakatlar hukumatlarining qat’iy noroziligi natijasida german qo’mondonligi fuqarolar kemalarini faqat ogohlantirilganidan keyin cho’kintirishga ko’rsatma berdi.
Angliyaning talofatlari yuqori edi, lekin tez sur’atlar bilan kemalar qurilishi va suv osti kemalariga qarshi samarali kurash olib borish yo’llarini ishlab chiqarish, nemis suv osti kemalarining amallarini oldini oldi.
Boshi berk ko’chadan chiqish maqsadida nemislar zarbani g’arbga ko’chirishga qaror qildilar. Frantsuzlar poytaxtga darvoza deb hisoblagan va har qanday talofat evaziga muxofaza qilishga uringan qadimiy Verden qal’asi yonidagi front yoqasini nemislar operatsiyaning asosiy ob’ekt qilib oldilar.
1916 yilning 21 fevralida boshlanib va 1916 yil oxirida tugagan «Verden myasorubkasi» zaxiradagi ko’p diviziyalarni yutib yuborib germaniya qo’mondonligining ishonchini oqlamadi.
1916 yil yozida, anglo – frantsuz qo’mondonligi Somme daryosida katta harbiy yurishni boshladi. Sommedagi jang bir necha oy davomida 1916 yilning noyabrigacha daom etdi. Janglarning umumiy ko’rinishiga ushbu jang hech qanday o’zgarish kiritmadi.
Harbiy san’atning yorqin namunasi sifatida mashhur «Brusilov yorib o’tilishi» keltiriladi. 1916 yilning 3 iyunida general Brusilov qo’mondonligi ostida janubiy - g’arbiy front askarlari xamlani amalga oshirdilar, natijada Lutsk Chernovtso’ va boshqa shaharlarni egalladilar, hamda avstro – vengriya armiyasining qariyib 450 ming askar va zobitlarini asirga oldilar. 1914 –nchi yilning oxiridan urushga yana bir necha davlatlarni kirishi bilan Bolqon, Italiya va Avstro – Vengriya chegaralarida Yaqin va O’rta Sharqda frontlar paydo bo’ldi. Lekin, bu frontlarning barchasi sharqiy va g’arbiy frontlarga nisbatan ikkinchi darajali edi.
Ikki yildan ortiq davom etgan janglar biror bir tomonga g’oliblikni bermadi. Frontlarda «millatni o’zagini» tashkil qilgan million erkaklarni qurbon bo’lishi, hamda ochlik va iqtisodni barbod bo’lishi. Jamiyatning barcha doiralariga ta’sir ko’rsatdi. Tinchlik talab g’oyalar ham jonlandi.
Janglarni davom ettirish Germaniyaga hech qanday manfaatlarni va’da bermas edi. Angliya va uning ittifoqdoshlari nafaqat Germaniyaning barcha koloniyalarini qo’lga kiritdilar, dengiz qurshovi borasida ham qattiq siyosat olib bordilar. Germaniyaning xolati 1916 yilning oxiriga kelib «favqulodda og’ir va deyarli chorasiz» deya baholandi. Ushbu sharoitda 1916 yil 12 dekabrida kantsler Betman Reyxstagda tinchlik talab ma’ruzalar bilan chiqish qildi. Bir necha kundan so’ng AQSh prezidenti Vilson omma oldida urushni to’xtatish maqsadga muvofiqligi to’g’risida e’lon qildi.
Lekin, Antanta mamlakatlari Betman va Vilson deklaratsiyalari asosida biror – bir kelishuvdan bosh tortdilar. Germaniya ham AQSh prezidenti platformasini rad etdi.
Natijada 1917 yil bahorida sulh borasidagi muzokaralar boshlanmadi, boz ustiga urush ko’lami kengayib boraverdi.
1917 yil 6 aprelda AQSh Germaniyaga qarshi urushga kirdi. Bunga sabab: german kemalarining amerika kemalariga hamlasini davom etishi edi. Lekin, asosiy sabab AQShning Germaniya o’rtasidagi ziddiyatlar Antanta o’rtasidagi ziddiyatlarga ko’ra chuqurroq edi, nemislarning muvaffaqiyatlari Antanta muvaffaqiyatlaridan ko’ra AQSh manfaatlariga ko’proq taxdid solar edi.
AQShning moliyaviy kapitali Antanta mamlakatlarining to’lov ishlaridan manfaatdor edi. Rossiyadagi 1917 yilgi inqilobiy voqealar bu mamlakatni urushdan chiqardi. Rossiyaning Sovet hukumati, favqulodda og’ir shartlar evaziga 1918 yili Germaniya bilan Brest shartnomasini imzoladilar.
1918 yil mart oyida nemislar G’arbiy frontda kuchli jang qilishga urindilar. Yozga kelib, german kuchlari yana Marnaga etib keldilar va Parijni o’qqa tutdilar lekin, iyul oxiriga kelib frantsuz generali bosh ittifoqdoshlarning qarshi xujumini tashkillashtirdi. Shu davrdan boshlab tashabbusni Antanta o’z qo’liga oldi.
Ichki ziddiyatlar va mashg’ulotlar ta’sirida qarama-qarshiliklarga uchragan Germaniyaning ittifoqdoshlari birin–ketin urushdan chiqa boshladilar. 29 sentyabr kuni Bolgariya Antanta tomonidan ko’rsatilgan sulh shartlarini imzoladi. Bir oydan so’ng 30 oktyabrda Turkiya engilganligini bo’yniga oldi. 1918 yil 3 noyabrda gabsburg generaliteti vakillariAntantaga asir bo’ldilar. Imperiya esa inqilobiy voqealar ta’sirida tarkibiy qismlarga bo’linib ketdi.
G’arbiy frontda ittifoqdoshlar bir qator yirik muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdilar. German qo’shinlarini ommaviy tarzda sharqqa quvish boshlandi. Urushning tugashi ayon bo’lib qoldi.
1918 yil 5 oktyabrda Germaniya Vilsonning «14 punkti»* bo’yicha muzokaralar olib borishga tayyor ekanligi to’g’risida e’lon qildi. 1918 yil 3 noyabrda Germaniyada inqilob boshlandi.
Monarxiya ag’darilganidan keyin Germaniyaning yangi hukumati urushni to’xtatish bo’yicha muzokaralarni yakunlashga shoshildi.
1918 yili 11 noyabrda Kompen o’rmonida, Retond bekatida, marshal Fosh vagonida Germaniya delegatsiyasi tomonidan 36 kunlik vaqtincha yarash ahdiga imzo chekildi. Ushbu shartnoma 34 banddan iborat edi. Ulardan eng muhimlari: 15 kun ichida Belgiya, Frantsiya, Lyuksemburg, Elzas va Lotaringiyadan german qo’shinlarini olib chiqib ketish; Germaniyani Brestlitovsk va Buxarest shartnomalarini rad etishi: harbiy anjomlarni g’oliblarga topshirish; harbiy asirlarni vatanlariga qaytarish. Birinchi jahon urushi yakun topdi.


Nazorat topshiriqlari (yozma yoki og’zaki nazorat uchun):

  1. Birinchi jahon urushining boshlanishiga qanday voqea bahona bo’ldi deb sharhlaysiz?

  2. Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlarni tahlil qilib bering?

  3. Birinchi jahon urushida Germaniyaning asosiy maqsadlarini qanday ifodalaysiz?

  4. Birinchi jahon urushining birinchi davridagi Germaniyaning harbiy muvaffaqiyatlarini qanday sharxlaysiz?

  5. Birinchi jahon urushida Germaniyaning mag’lubiyatini qanday taxlil qilasiz?

  6. Birinchi jahon urushi xarakterini qanday sharxlaysiz?

  7. Birinchi jahon urushi ishtirokchilariga davlatlarga qanday baho berasiz?



Test topshiriqlari:

  1. Birinchi jahon urushining boshlanishi qachon e’lon qilindi?

A. 27 iyul 1914 yilda
В. 28 iyul 1914 yilda
S. 27 iyun 1914 yilda
D. 28 iyun 1914 yilda



  1. Birinchi jahon urushi qachon boshlandi?

A. 31 iyul 1914 yilda
В. 1 avgust 1914 yilda
S. 2 avgust 1914 yilda
D. 3 avgust 1914 yilda



  1. Birinchi jahon urushida doimiy front chizig’i qachon o’rnatildi?

A. 1914 yil kuzida
В. 1914 yil qishida
S. 1914 yil bahorida
D. 1914 yil yozida



  1. Birinchi jahon urushida Somme daryosidagi jang qachon bo’lgan?

A. 1916 yil yozidan to 1916 yil noyabrigacha
В. 1916 yil kuzidan to 1916 yil yanvarigacha
S. 1916 yil qishidan to 1916 yil fevraligacha
D. 1916 yil bahoridan to 1916 yil noyabrigacha



  1. Birinchi jahon urushiga AQSh qachon qo’shildi?

A. 4 aprel 1916 yilda
В. 5 may 1917 yilda
S. 7 iyun 1916 yilda
D. 6 aprel 1917 yilda



  1. Birinchi jahon urushida Turkiya engilganligini qachon bo’yniga oldi?

A. 1918 yil, 30 oktyabrda
В. 1917 yil 30 sentyabrda
S. 1917 yil 30 oktyabrda
D. 1918 yil 30 sentyabrda



  1. Kompen o’rmonida imzolangan shartnoma necha banddan iborat edi?

A. 33 banddan
В. 34 banddan
S. 35 banddan
D. 36 banddan


Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:

  1. Germaniyaning asosiy maqsadlari: Evropada Germaniya gegemoniyasini o’rnatish.

  2. Birinchi jahon urushining tugatilishi. «Vilsonning 14 punkti»



Mavzu bo’yicha echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  1. Birinchi jahon urushi ikkinchi darajali ishtirokchilarining hissasini o’rganish

  2. Vilsonning «14 bandi» ni qay darajada bajarilishini tahlil qilish.



9-mavzu: Ikkinchi jahon urushi (1939-1945 yillar)
Ajratilgan vaqt –2 soat
Asosiy savollar:

  1. Urushni boshlanishi «g’alati urush»

  2. Aksilgitler kaolitsiyasini tuzish

  3. Urush jarayoni va yakuni.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
«Jang qilmaydigan ittifoqdosh». «G’alati urush». «Kerzon chizig’i». Xujum qilmaslik to’g’risidagi shartnoma. Chemberlen. Cherchil. Lend-liz. Uchliklar pakti. Pyorl – Xarbor. Shimoliy Afrika. Tehron konferentsiyasi. Ikkinchi front Krim (Yalta) konferentsiyasi. BMT. Elbadagi uchrashuv. Mussolini. Potsdam konferentsiyasi. Yaponiya va II jahon urushi. Xirosima va Nagasaki Kapitulyatsiya to’g’risidagi Akt.


Mavzuga oid muammolar:

  1. Urushning boshlanish davrida Germaniyaning «g’olibona» yurishlarini qanday sharxlaysiz?

  2. Angliya va AQShning urushdagi ishtirokini qanday baholaysiz?

  3. Urushdagi «tub o’zgarish» ning sabablarini qanday taxlil qilasiz?



Mavzu bo’yicha dars maqsadi:
Urushning boshlanishi, jarayoni va yakunlanishini yoritib talabalarda ushbu mavzu bo’yicha keng tahliliy tushunchani shakllantirish.


Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Germaniyani urushdagi asl rolini ko’rsatadi.

    2. Evropa, AQSh va boshqa davlatlarning urushdagi ishtiroki va unga bo’lgan munosabatini namoyon etadi.

    3. Germaniyaning urushdagi maqsadlarini barbod bo’lish jarayonini taxlil qiladi.



Mavzuning bayoni:
1939 yilga kelib Germaniya urushga tayyorgarligini yakunladi. Gitler Myunxen va Chexoslavakiyani bosib olish tajribasiga tayangan xolda Polshani ittifoqdoshlari Buyukbritaniya va Frantsiyani Germaniyaga umuman urush qilmasliklariga, yoki har holda Polshaga amaliy yordam ko’rsatmasliklariga ishonch hosil qilgan edi.
1939 yil 1 sentyabrda Germaniya Polshaga bostirib kirdi. 1939 yil 3 sentyabrda Buyukbritaniya va Frantsiya Germaniyaga urush e’lon qildi. Shunday qilib ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi.
Italiya Germaniyaning «jang qilmas ittifoqdoshi» yo’lini tutdi. AQSh o’zining betarafligini e’lon qildi.
Son va texnik jihatdan nemis qo’shinlariga teng kelmaydigan Polsha armiyasi dushmanga bardosh beraolmas edi. 17-18 sentyabrda Polsha hukumati va harbiy qo’mondonliik Ruminiya hududiga o’tib ketdi. 28 sentyabrga kelib nemis qo’shinlari Varshavani qo’lga oldilar va oktyabrning boshlarida Polsha armiyasi qarshiligining oxirgi nuqtalarini bostirdi. Polsha mag’lubiyatga uchradi.
Frantsiya va Angliya Germaniyaga qarshi urush e’lon qilib hech bir harbiy amallarni boshlamadi. Shuning uchun ham, G’arbiy frontda «ajab urush» deb nomlangan urush olib borildi.
1939 yil 17 sentyabrda xujum qilmaslik to’g’risidagi sovet – german shartnomaining «qo’shimcha maxfiy protokoliga» asosan SSSR o’z qo’shinlarini G’arbiy Ukraina va G’arbiy Belorussiyaga olib kirdi. Sovet qo’shinlari Polshani sharqiy chegarasi sifatida 1919 yilda beliglangan «Kerzon chizig’ida» to’xtatilgan edi. 1939 yilning 28 sentyabrida SSSR va Germaniya tomonidan imzolangan «Do’stlik va chegara to’g’risidagi» shartnomaga asosan Germaniya va SSSR armiyalari o’rtasidagi demaraktsion chiziq San va g’arbiy Bug daryolari bo’ylab o’rnatilgan edi. Polsha erlari Germaniyaning nazoratida bo’lib, ukrain va beloruss erlari esa SSSR qaramog’ida qolar edi.
Sovet – german shartnomalarini imzolash, 1939-1940 yillardagi sovet – finn urushi, 1940 yilda SSSRni Millatlar Ligasidan chiqarilishi, boshlangan urushga Angliya, Frantsiya va AQShning munosabatlari bularni hammasi aksil urush harakatiga juda katta zarar etkazar edi va xalqaro axvolni tanglashtirdi.
«Ajab urush» dan foydalanib Germaniya faol harbiy amallarga tayyorgarlik ko’rdi. 1940 yil aprel oyida Daniya va Norvegiya bosib olindi. 1940 yil 10 maydan to 22 iyungacha Gollandiya, Belgiya va Frantsiya bosib olindi. Angliya va Frantsiyaga Italiya ham urush e’lon qildi. «ochiq shahar» deb e’lon qilingan Parij nemis qo’shinlariga jangsiz topshirildi. Frantsiyaning o’zi ikki zonaga bo’lingan edi: bosib olingan hudud (mamlakatning shimoliy va markaziy qismi) va bosib olinmagan qismi (Marshal Peten xukmronligi o’rnatilgan mamlakatning janubiy qismi).
«Xotirjamlik» siyosatining to’la barbod bo’lishi natijasida Angliyada N.Chemberlen o’rniga xokimiyat tepasiga nemis qo’shinlariga qarshi kurashni tashkil etgan Uinston Cherchill boshchiligidagi koalitsion hukumat keldi.
Gitlerning vaxshiyona bombardimon qilish yo’li bilan Angliyani sindirish rejalari barbod bo’ldi. Britan orollariga qo’shin tushirish rejasidan ham voz kechildi.
1939 yilning o’zida AQSh urushidagi mamlakatlarga AQShdan qurol – aslaxa va harbiy anjomlar sotib olish imkoniyatini berish uchun betarflik qonunini qayta ko’rib chiqdi.
1941 yil 11 martda AQSh uchun mudofaasi o’ta muhim bo’lgan mamlakatlarga qurol – aslaha va anjomlarni ijaraga yoki qarzga berishga yo’l qo’yuvchi Lend-liz to’g’risida qonun qabul qilindi. Ushbu qonun Angliyaga AQShdan katta miqdorda yordam olishga imkon berdi.
1940 yilning sentyabr oyida siyosiy va harbiy iqtisodiy ittifoq to’g’risida Germaniya, Italiya va Yaponiya o’rtasidagi Uchliklar pakti imzolandi.
Shu vaqt ichida harbiy amallar Afrikada va O’rtaer dengizi hududida olib borildi. Italiya qo’shinlarini Shimoliy–Sharqiy Afrikadagi Britaniya armiyasidan mag’lubiyati Germaniyani Liviyaga ekspeditsion armiyasini tashlashga majbur qildi. Nemis qo’shinlari Italiya qo’shinlari bilan birgalikda 1941 yil martida britaniyaliklarni Misr sarhadi tomon chekinishga majbur qildi.
1941 yil apreliga kelib Germaniya Yugoslaviya va Sharqiy Evropa ustidan o’z nazoratini o’rnatdi. Ruminiya, Vengriya, Yugoslaviya va Gretsiya ham bosib olingan edi. Nemis qo’shinlari kiritilgan Bolgariya ham 1941 yilning mart oyida uchlik paktiga kiritilgan edi. Shunday qilib, SSSRga xujum qilish uchun maydon (platsdarm) bunyod etilgan edi. 1941 yil 22 iyunda hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzgan holda Germaniya urush e’lon qilmasdan turib SSSRga xamla qildi.
Qurolli kuchlaridagi qayta qurish oxiriga etkazilmaganligi va dag’al xatolarga yo’l qo’yilganligi, armiyaning qo’mondon tarkibidagi ommaviy jazo choralar, Germaniya bilan tuzilgan shartnoma bahosini oshirib yuborilganligi, urushning birinchi yillarida SSSRni deyarli mag’lub holatga olib keldi.
Lekin, katta ichki imkoniyatlarni ishga solish bahosi evaziga SSSR urushda burilish yasashga muvaffaq bo’ldi. Butun urush jarayonida Sovet – German fronti asosiy va hal qiluvchi front edi.
Sovet – german frontida bo’lib o’tgan bir qator yirik janglarda (Moskva ostonasidagi jang, Leningrad qamali, Stalingrad jangi, Kursk jangi va b.)nemis qo’shinlari qaqshatgich zarbaga duchor bo’ldilar. Aslida, ushbu janglarda Germaniyaning harbiy mashinasi tor–mor qilingan edi va urush natijasi oldindan ayon bo’ldi.
Germaniyaning SSSRga hujumi boshlanganidan so’ng davlatlarning aksilgitler kaolitsiyasi shakllana boshlandi. SSSR, AQSh va Buyukbritaniya tashkil qilgan bunday kaolitsiya asosini 1942 yilning iyuniga kelib uzil–kesil shakllandi.
1943 yil yozidagi nemis qo’shinlarini Kurskdagi qaqshatgich mag’lubiyati va shu yilning sentyabr oyida Italiyani urushda boy berishi anglo–amerika qo’shinlari tomonidan Sitsiliyani qo’lga olinishi va ularni Appenin yarim oroliga kirib borishi fashist – harbiy blokini barbod bo’lishini boshlanishi edi.
Asosiy janglar Evropa qit’asida bo’lgan bo’lsa–da harbiy amallar Afrika, Osiyo va Tinch okeanida ham boshlangan edi.
1941 yil 7 dekabrida Yapon havo kuchlari tomonidan AQShning Pyorl- xarbordagi (Gavay orollari) harbiy dengiz bazasiga yopirilgan o’q uzildi. Janubiy – Sharqiy Osiyoda Yaponiya juda keng hujumlarni boshlab yubordi.
1942 yilning may oyiga kelib, yapon qo’shinlari Tinch okeanining ko’p sonli orollarida joylashgan AQSh va Angliyaning harbiy – dengiz bazalarini bosib oldi. Janubiy - G’arbiy Xitoy va Sharqiy Xindiston ham bosib olingan edi.
Lekin, 1942 yil may – iyun oyidagi janglar natijasida AQSh Yaponiyaga qator tor – mor qiluvchi zarbalar berishga erishdi. Yaponiyaning harbiy – dengiz qudrati zaiflashdi va u Tinch Okeani xavzasida mudofaaga o’tishga majbur bo’ldi.
Nemislarning asosiy kuchlarini sovet – german frontiga tortilishi, 1942 yilning oktyabrida britan qo’shinlariga Afrikada xujumga o’tishga imkoniyat berdi. Yaqin Sharq mamlaktalariga qaratilgan tahdidi yo’q qilindi. 1943 yilning may oyida shimoliy Afrikadagi italo – german qo’shinlari to’la taslim bo’ldilar.
AQSh, SSSR va Angliya hukumat boshliqlarining Tehron konferentsiyasi vaqtida (28 noyabr – 1 dekabr 1943 y) g’arbiy Evropada, Frantsiyada ikkinchi front ochish to’g’risida qaror qabul qilingan edi. Lekin ittifoqdoshlar qo’shinlarini turishi bir necha bor kechiktirilgan edi.
1944 yilning birinchi yarmida sovet qo’shinlari qator yirik harbiy operatsiyalarni amalga oshirdilar. Bundan keyin ikkinchi frontni ochishni kechiktirilishi mumkin bo’lmay qoldi. 1944 yilning 6 iyunida ittifoqdosh anglo – amerika qo’shinlari Normandiyaga (Frantsiya) borib tushdilar va asta – sekinlik bilan sharqqa qarab yurdilar. 1944 yil oxiriga kelib, ittifoqdoshlar Frantsiya, Belgiya va Markaziy Italiyadan nemis qo’shinlarini haydab chiqardilar.
1944 yilning ikkinchi yarmi 1945 yil boshlarida janubiy–sharqiy va markaziy Evropa mamlakatlari sovet qo’shinlari tomonidan ozod etdilar.
Germaniya o’z ittifoqdoshlari Ruminiya, Bolgariya, Finlyandiya va Vengriyadan ajraldi – ular qurshov holatida edi. 1945 yil fevral oxiridan harbiy amallar Germaniya hududiga ko’chirildi.
1945 yil, 4-11 fevralda Qrimda (Yalta) uch buyuk davlatlar boshliqlarining SSSR, AQSh va Buyukbritaniya konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiyada ittifoqdoshlarning keyingi harbiy amallari tartibga solindi, taslim bo’lganidan keyin Germaniya ustidan nazorat usullari va shakllari belgilab olindi. SSSR Germaniya taslim bo’lganidan so’ng 2-3 oydan keyin Yaponiya bilan urush boshlash shartlarini o’z zimmasiga oldi.
Uch davlat qaroriga ko’ra, 1945 yil 25 aprelda San – Frantsiskoda ochilgan konferentsiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ta’sis etildi. Umumiy tinchlikni qo’llab - quvvatlash borasida bosh ma’suliyat xavfsizlik Kengashiga yuklandi.
1945 yil aprelida Sovet armiyasi Berlinga qat’iy hujumni boshladi. G’arbdan esa anglo – amerika qo’shinlari xamlani boshladilar.
1945 yili, 25 aprelda Elba daryosida, Torgau shaxri yonida ittifoqdosh qo’shinlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. 1945 yil 29 aprelda Shimoliy Italiyada nemis qo’shinlarining qoldig’i taslim bo’ldi. «Salo respublikasi» barbod qilinib, Mussolini esa partizanlar tomonidan otib tashlandi. Germaniya poytaxtini qurshovga olib, sovet qo’shinlari 2 may kuni hujum bilan Berlinni qo’lga kiritdilar. 1945 yil 8 may kuni Germaniya qo’mondonligi shartsiz taslim bo’lish to’g’risidagi hujjatga imzo chekdi.
Germaniya qo’shinlarining bir qismi Praga hududida qo’zg’olonchilarga qarshi harbiy amallarni davom ettirdi, lekin sovet qo’shinlarining tez sur’at bilan qilgan zarbalari tufayli ular tor – mor etildi. 1945 yil 9 mayda Praga ozod etildi. Evropada harbiy harakatlar to’xtatildi.
1945 yil 17 iyundan to 2 avgustga qadar Berlin atrofida Potsdam degan shaharchada SSSR, AQSh va Buyukbritaniya rahbarlarining uchinchi konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Potsdam konferentsiyasi dunyoni urushdan keyingi tartibotiga bag’ishlangan edi. Konferentsiya ishining markazida Germaniyaga nisbatan siyosat masalasi edi. Ittifoqdoshlar Germaniyani to’la qurolsizlantirish, harbiysizlantirish, fashist partiyasini yo’q qilish, bosh harbiy jinoyatlarni sudga berish, Germaniyada so’z, axborot va din erkinligini, erkin kasaba uyushmalarini hamda demokratik partiyalarning faoliyatini tiklashga qaror qildilar.
1945 yil martida anglo – amerika qo’shinlari Janubiy – Sharqiy Osiyo va Tinch okeani havzasida Yaponiyaga qarshi muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirdi. SSSR o’z zimmasiga olgan majburiyatlariga asosan 1945 yil 9 avgustda Yaponiyaga qarshi urushga kirdi. Sovet qo’shinlarining Mongoliya qurolli kuchlari bilan birgalikda kuchli zarbasi natijasida Kvantun armiyasi tor – mor qilindi. Shimoliy – Sharqiy Xitoy, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kuril orollari Yapon qo’shinlaridan ozod qilindi.
6 va 9 avgust kunlari amerika aviatsiyasi Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashladi. Yadro qurolini ishlatish harbiy zaruriyatdan kelib chiqmagan edi, chunki Yaponiyaning harbiy mashinasi barbod bo’lgan edi.
1945 yil 2 sentyabr kuni Tokio ko’rfazida «Missuri» deb nomlangan amerika linkori bortida Yaponiya urushda mag’lubiyatga uchraganligi to’g’risidagi AKTni imzoladi. Shunday qilib ikkinchi jahon urushi yakun topdi.
Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng og’ir va eng qonli urush bo’ldi. U XX asr tarixida keskin burilish yasagan davrga aylandi.
Urushning asosiy natijasi – fashizm ustidan o’rnatilgan g’alaba edi. Urush jarayonida kolonial tizimining barbod bo’lishi boshlandi. SSSRning obro’yi nihoyatda oshib ketdi. Buyuk davlatlardan faqat AQSh urushdan e’tiborli darajada qudratli bo’lib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi natijasida xalqaro siyosatida kuchlarning nisbati keskin o’zgardi.


Nazorat topshiriqlari: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)

  1. 2 jahon urushining boshlanish qismini sharxlab bering

  2. 2 jahon urushi jarayonida afrikadagi harbiy haraktalarni taxlil qiling

  3. Aksilgitler kaolitsiyasi tarkibini izohlab bering

  4. Tehron va Yalta konferentsiyalari ishini yoritib bering

  5. Potsdam konferentsiyasining asosiy mohiyatini tahlil qiling

  6. Aksilgitler kaolitsiyasini Germaniya ustidan g’alabasining asosiy omillarini sharxlab bering

7. Nima uchun ikkinchi jahon urushi ham aynan Evropada va aynan Germaniya tomonidan
boshlandi?
8. Germaniyaning qudratli harbiy imkoniyatlari nima uchun barbod bo’ldi?


Test topshiriqlari:

  1. Ikkinchi jahon urushi qachon boshlandi?

A. 1939 yil 1 oktyabrda
В. 1940 yil 1 oktyabrda
S. 1941 yil 22 iyunda
D. 1939 yil 1 sentyabrda



  1. «Kerzon» chizig’i qachon belgilangan edi?

A. 1920 yili
В. 1917 yili
S. 1918 yili
D. 1919 yili



  1. Sovet – finn urushi qachon bo’lgan?

A. 1938-1939 yillarda
В. 1940-1941 yillarda
S. 1939-1941 yillarda
D. 1939-1940 yillarda



  1. 1940 yilning sentyabrida qaysi davlatlar o’rtasida uchlik pakti imzolandi?

A. Germaniya, Italiya va Yaponiya
В. Frantsiya, Germaniya va Italiya
S. AQSh, Frantsiya va Rossiya
D. Polsha, Finlyandiya va Germaniya



  1. Pyorl – Xarborga xujum qachon boshlandi?

A. 7 dekabr, 1941 yili
В. 8 noyabr, 1941 yili
S. 9 dekabr, 1941 yili
D. 7 yanvar, 1942 yili



  1. 28 noyabr – 1 dekabr 1943 yili qaysi konferentsiya bo’lib o’tdi.

A. Yalta
В. Tehron
S. Potsdam
D. London



  1. BMT qachon va qaerda tashkil topdi?

A. 25 aprel, 1945 yil Vashington
В. 26 may, 1946 yil Nyu-York
S. 25 aprel, 1945 yil San-Frantsisko
D. 27 aprel, 1945 yil London



  1. Germaniyaning kapitulyatsiyasi qachon imzolandi?

A. 9 may, 1945 yil
В. 8 may, 1945 yil
S. 8 may, 1946 yil
D. 9 may, 1946 yil



  1. Yaponiyaning kapitulyatsiyasi qachon imzolandi?

A. 1946 yil 2 oktyabrda
В. 1945 yil 3 noyabrda
S. 1946 yil 2 sentyabrda
D. 1945 yil 2 sentyabrda



  1. Evropada harbiy harakatlar qachon tugadi? (II jahon urushi davrida)

A. 8 may 1945 yil
В. 9 may 1945 yil
S. 9 may 1946 yil
D. 10 may 1946 yil


Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:

  1. Aksilgitler kaolitsiyasini shakllanishi va oqibatlari

  2. Germaniyani mag’lubiyati va Tehron, Yalta hamda Potsdam konferentsiyalari shartlari va qarorlari.

  3. Aksilgitler kaolitsiyasiga kirgan davlatlarning xalqaro maydonda mavqeini o’sib borishi.



Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar

  1. Ikkinchi frontni o’z vaqtida ochilmaslik muammosi?

  2. Ikinchi jahon urushi davridan keyin sobiq aksilgitler kaolitsiyasi a’zolarining asl maqsadi?



10- mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro munosabatlar (1945-1990-nchi yillar)
Ajratilgan vaqt 2 – soat
Asosiy savollar:

  1. Urushdan keyin tinchlikni ta’minlash muammolari

  2. «Sovuq urush» muammosi

  3. Xalqaro munosabatlar 80-90 yillarda



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Parij sulh konferentsiyasi. Germaniyani bo’linishi. «Sovuq urush». «Trumen doktrinasi». «Marshall plani». NATO. Harbiy – siyosiy bloklar. «Varshava shartnomasi». «Qo’shimaslik harakati». «Yangicha fikrlash» siyosati. EXXT (OBSE). Sovet – amerika munosabatlarida ilig’lik. Germaniyani birlashishi. SSSRni barbod bo’lishi. MDH (SNG).


Mavzuga oid muammolar:

  1. Dunyo tarixida «Sovuq urush» siyosati davrini qanday baholaysiz?

  2. O’ta rivojlangan davlatlarning strategik maqsadlarining asl mohiyati nimalardan iborat?



Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Urushdan keyingi davrda strategik muammolarni yoritib berish

    2. «Ikki dunyo, ikki g’oya» tushunchasini taxlil qilish.

    3. SSSRni barbod bo’lishi va xalqaro munosabatlardagi global o’zgarishlarni sharhlab berish.



Mavzuning bayoni:
Potsdam konferentsiyasida Germaniyaning Sobiq ittifoqdoshlari bilan tinchlik shartnomalari loyixasini tayyorlaydigan tashqi ishlar vazirlari Kengashi tuzilgan edi. Bunday shartnomalar 1947 yili 10 fevralda Bolgariya, Vengriya, Italiya, Ruminiya va Finlyandiya bilan imzolangan edi.
Parij tinchlik konferentsiyasidan boshlab (iyul-oktyabr 1946y) urushdan keyingi tartibotning muhim masalalari bo’yicha SSSR va G’arb davlatlari o’rtasida kelishmovchiliklar namoyon bo’la boshladi.
German muammosini tartibga solishda paydo bo’lgan ziddiyatlarni chuqurlashishi Germaniyani turli ijtimoiy tizimli ikki davlatga (1949y) bo’linishiga olib keldi.
Sobiq ittifoqdoshlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yomonlashdi va harbiy – texnik savdo – iqtisodiy, siyosiy raqobat va o’zaro kurash tusini oldi. Bir tarafni tashqi siyosiy qadamlari va amallari, ikkinchi tomondan uning xavfsizligiga va manfaatlariga tahdid sifatida qabul qilinar edi.
Sharqiy Evropa mamlakatlarida sotsialistik yo’nalishdagi davlatlar ustunlik qilishi bilan, kolonial mamlakatlarda ozodlik harakatlarini SSSR tomonidan qo’llab - quvvatlanishi, G’arbiy Evropada va umuman dunyoda kuchlarni ana’naviy taqsimotini buzishga intilmoqda deb SSSRni ayblashga harakatlar bo’ldi.
Shu vaqtning o’zida amerikaning Fulton shahrida (mart 1946y) U. Cherchillning nutqi SSSRda ochiqdan – ochiq «Sovuq urush» siyosatini e’lon qilish ma’nosida qabul qilindi.
Atom quroliga vaqtincha monopoliya 1947 yilning mart oyida e’lon qilingan «Trumen doktrinasi», «Marshall plani» ni amalga oshirish SSSR va uning ittifoqdoshlari tomonidan ularning xavfsizligiga tahdid va Evropa davlatlarining ichki ishlariga aralashuv sifatida qaraldi.
Dunyo ikki qarama - qarshi lagerga sotsialistik va kapitalistik lagerga bo’linib ketdi, hamda ular o’rtasida murosasiz kurash boshlanib ketdi.
G’arb esa bloklar strategiyasini, va SSSRni harbiy bazalar bilan qurshab olish siyosatini o’ziga dastur al-amal qilib oldi. 1949 yili Shimoliy atlantik kelishuvi tashkiloti NATO tashkil etildi va ushbu tashkilot tarkibida AQSh va «Marshall rejasi» da ishtirok etgan ko’pchilik mamlakatlar bor edi.
50-nchi yillarda bloklar strategiyasi Osiyo va Tinch okeani xavzasiga yoyildi. ANZYuS, SEATO, SENTO kabi harbiy – siyosiy guruhlar paydo bo’ldi.
G’arbning ushbu siyosatiga javoban SSSR va Evropaning Markaziy hamda Janubiy-Sharqiy mamlakatlari 1955 yil may oyida Varshavada «Do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam shartnoma» siga imzo chekdilar. Shunday qilib «sotsialistik yo’nalishdagi» mamlakatlar bloki ta’sis etilgan edi.
60-nchi yillar boshlarida buyuk davlatlar harbiy – siyosiy ittifoqlariga qo’shilmaslik harakati shakllandi. qo’shilmaslik harakatiga bugun 116 davlat qo’shilgan. Dunyo siyosatida ushbu harakat muhim omilga aylandi.
G’oyaviy tusga ega bo’lgan harbiy – siyosiy guruhlarning barpo etilishi xalqaro munosabatlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Urushdan barcha yirik hududiy to’qnashuvlarda keyingi yillarda bo’lib o’tgan ikki murosa qilaolmaydigan bloklar manfaatlarining kurashini ko’ramiz. O’z mohiyati bilan xalqaro munosabatlarni zaxarlaydigan «Sovvuq urushi» to 80-nchi yillarning ikkinchi yarmigacha davom etdi. G’arb va sharq o’rtasidagi munosabatlar tarang xolatda edi. Ikki blokning qarama - qarshiligi ayrim xolatlarda mushkul xolatga tushib qolardi, insoniyatni yadro urushi qirrasiga olib keladigan xavfli xalqaro inqirozga tushurar edi. Shunday davrlar bo’lib o’tdi-ki, keskinlik bartaraf etilardi (70-nchi yillar) va bu xolat qurollanish poygasini cheklash bo’yicha o’zaro manfaatlarga mos keluvchi shartnomalarni imzolashga, turli bloklar davlatlari o’rtasida o’zaro munosabatlarni yaxshilashga olib kelardi. Lekin, ikki guruh rahbarlarining o’ylamay bosgan qadamlari ila munosabatlar yana yomonlashar edi (70-nchi yillarning ikkinchi yarmi–80-nchi yillarni birinchi yarmi) va dunyo keskin xalqaro holatni kuchayishini yana kuzatar edi.
Xalqaro munosabatlarning harakterida 80-nchi yillarning ikkinchi yarmida 90-nchi yillarning boshida keskin burilish yasaldi. SSSRda xokimiyat tepasiga yangi rahbarlarning kelishi «yangi fikrlash» tamoyillari asosida sovet tashqi siyosatini keskin yangilash imkoniyatlari paydo bo’ldi.
Xavfsizlik barcha jabhalarni qamrab oluvchi xarakterga ega bo’lib eng avvalo siyosiy omillar bilan ta’min bo’lishi e’tirof etildi.
«Umumevropa uyi» g’oyasi keng jamoatchilik tomonidan qo’llab - quvvatlanib yanada rivojlandi. E’tiborli darajada OBSE ning (Evropada xavfsizlik va xamkorlik tashkiloti) roli oshdi.
Bu davrda SSSR va AQSh o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yaxshilandi. Har ikki taraf bir – birlariga dushman sifatida qaramas edi. Sovet – amerika o’zaro munosabatlarning yaxshilanishi natijasida yadroviy va oddiy qurollarini qisqartirish bo’yicha bir qator muhim shartnomalar va kelishuvlar imzolandi.
Bir qator hududiy to’qnashuv va xalqaro muammolarni siyosiy jihatdan hal qilish borasida muhim qadamlar amalga oshirildi. 1990 yildagi Germaniyani birlashishi ikkinchi jahon urushi yakunlariga nuqta qo’ydi.
SSSRni barbod bo’lishi va MDX ni (Mustaqil Davlatlar Hamjamoasi) tashikl topishi, Markaziy va Janubiy – Sharqiy Evropa mamlakatlarida yangi tizimlarni barpo etilishi, Varshava shartnomasini tarqatib yuborilishi 90-nchi yilarda jahon geopolitik xolatida yirik o’zgarishlarni olib keldi.
Shuning bilan birgalikda xalqaro tusga ega yirik muammolar ham namoyon bo’ldi: diniy to’qnashuvlarning yangi nuqtalari paydo bo’ldi (Iroq, Turkiya va h); yadro qurolini tarqalib ketmasligi va nazorat qilinishi masalalari keskinlik paydo bo’ldi (Eron, Shimoliy Koreya va h); xalqaro jinoyatchilik va narkotiklarni tarqatilishini o’sishi katta xavflik tug’dirishi; terrorizm xalqaro hamjamiyatining eng og’riq problemasiga aylandi.
Ana shu sharoitda, xalqaro munosabatlarning eng muhimlarini hal qilishda xalqaro hamjamiyatning harakatlarini birlashtirish, BMT i rolini kuchaytirish lozimligi ko’rinib turibdi.


Nazorat topshiriqlari: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)

  1. Hozirgi zamonda dunyoning geostrategik holatini sharhlagan bo’lardingiz?

  2. Sharq va G’arb muammosini qanday tushuntira olasiz?

  3. Afg’oniston, Iroq, Rossiya va Evropa muammolarini qanday taxlil qilasiz?



Test topshiriqlari:

  1. Parij tinchlik konferentsiyasi qachon bo’lib o’tgan?

A. 27 iyul – 13 oktyabr 1947 yil
В. 29 iyul – 15 oktyabr 1946 yil
S. 28 iyul – 14 oktyabr 1947 yil
D. 30 iyul – 16 oktyabr 1946 yil



  1. «Sovuq urush» siyosatini U.Cherchill qachon va qaerda ochiq e’lon qilgan?

A. 6 mart 1947 yil, Fulton
В. 5 may 1946 yil, Brayton
S. 6 aprel 1947 yil. London
D. 5 mart 1946 yil, Fulton



  1. NATO harbiy – siyosiy bloki qachon tashkil topgan?

A. 1948 yilda
В. 1949 yilda
S. 1950 yilda
D. 1947 yilda



  1. Qo’shilmaslik harakatining birinchi konferentsiyasi qachon va qaerda o’tkazilgan?

A. 1-6 sentyabr, 1961 yil Kolombo
В. 1-6 sentyabr, 1961 yil, Belgrad
S. 1-6 oktyabr, 1962 yil, Kolombo
D. 1-6 sentyabr, 1962 yil, Belgrad



  1. MDH (Mustaqil Davlatlar Hamjamiyati) qachon va qaerda tashkil topdi?

A. 1992 yil 8 dekabr, Mixaylovskoe
В. 1991 yil 8 dekabr, Belovejskoe Puha
S. 1993 yil 8 dekabr, Kiev
D. 1992 yil 8 noyabr, Moskva



  1. BMT ga nechta davlat a’zo bo’lgan?

A. 191 davlat
В. 192 davlat
S. 193 davlat
D. 194 davlat


Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:

    1. Xalqaro munosabatlarda «sovuq urush» siyosatining salbiy oqibatlari.

    2. Harbiy – siyosiy bloklarni barbod bo’lishi (istisno NATO), sobiq SSSRni tarqatilishi va MDH davlatlarini paydo bo’lishi.



Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar.

  1. Globalashuv siyosatining ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilish

  2. Dunyo miqyosida qurolsizlantirish muammolari



11-mavzu: Mustaqil O’zbekistonning tashqi siyosati (1991 – 2000 yillar)
Ajratilgan vaqt – 2 soat
Asosiy savollar:

  1. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.

  2. O’zbekiston va dunyo mamlakatlari hamjamoasi.

  3. O’zbekistonning diplomatik aloqalari.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
«Sovuq urush» siyosati. Yadro quroliga ega davlatlar. I.Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li». Tashqi siyosat. Asosiy tamoyillar BMT. Yirik xalqaro tashkilotlar va O’zbekiston. Diplomatik aloqalar. «6Q2». MDH. Markaziy Osiyo Hamdo’stligi (MDH). «Markaziy Osiyo».


Mavzuga oid muammolar

  1. Mustaqil O’zbekistonning xalqaro munosabatlardagi rolini qanday ko’rsatib berasiz?

  2. Mustaqil O’zbekiston va hududuiy muammolarning echish yo’llarini qanday tasavvur qilasiz?



Idientiv o’quv maqsadlari:

    1. Mustaqil O’zbekistonning xalqaro munosabatlardagi ilk qadamlarini ko’rsatib beradi.

    2. Tashqi siyosat tamoyillarini taxlil qiladi.

    3. Mustaqil O’zbekistonni BMT va yirik xalqaro tashkilotlari bilan hamkorligini sharxlaydi.



Mavzuning bayoni.
XXI nchi asrga kelib er yuzidagi vaziyat va kuchlar nisbati keskin o’zgardi. Bugungi davr qanday xususiyatlarga ega, insoniyat o’z taraqqiyotining qanday pog’onasiga ko’tarildi – degan savollar hammani o’ylantirishi tabiiy. Hozirgi kunda jahon taraqqiyotining mazmuni tubdan o’zgardi; bir – biriga qarama - qarshi bo’lgan SSSR va AQSh etkachilik qilgan ikki ijtimoiy – iqtisodiy siyosiy tuzum, ikki harbiy – siyosiy blok mavjud edi; dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmron edi, insoniyat yadro urushi xavfi ostida edi.
XX asr 90-nchi yillariga kelib sotsialistik dunyoning etkachisi bo’lgan SSSR tarqalib ketdi, sotsialistik tizim halokatga uchradi.
Varshava shartnomasi tashkiloti tarqalib ketdi, dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Shu jumladan, O’zbekiston davlati ham bunyod etildi.
Xalqaro munosabatlarda juda katta ijobiy o’zgarishlar ro’y bergan bo’lsa – da, tinchlikka tahdid soluvchi xavf – xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qolyapti.
Birinchidan, ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro munosabatlar tizimida muvozanatning buzilganligi. Agar ilgari kuchlar ikki joyda to’plangan bo’lsa, dunyo ikki qutbli bo’lgan bo’lsa, endi vaziyat o’zgari, dunyo ko’p qutbli bo’lib qoldi. Nazorat qilish qiyinlashdi.
Ikkinchidan, rivojlanishi har xil bo’lgan davlatlar o’rtasida ijtimoiy – iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o’sdi.
Uchinchidan, qator mamlakatlarda ijtimoiy osoyishtalikka qarshi xavf – xatarlar o’sib boryapti. Axoli o’rtasida mulkiy tafovut kuchaydi, ishsizlik, qashshoqlik yana avj olmoqda. Rivojlangan mamlakatlar aholisi qoloq sayyoramiz resuruslarini 20 marta ko’p iste’mol qilmoqda.
To’rtinchidan, bir qator minataqalarda hatto bir mamlakat fuqorolari o’rtasida milliy – etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga qonli urushlarga aylanmoqda (Iroq, Afg’oniston va b). Bugun dunyoda qariyib 50 mln.dan ortiqroq qochoq bor va hakoza
Beshinchidan, umumiy mintaqaviy va milliy xavfsizlikka diniy ekstremizm va fundamentalizm ham tahdid solmoqda.
Oltinchidan, ayrim davlatlardagi siyosiy kuchlar tomonidan yuritilayotgan buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik siyosati ham xavf solmoqda.
Ettinchidan, «Sovuq urush» siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo’lsa – da, turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda saqlanayotganligi, bunday qurolga ega bo’layotgan davlatlar (Eron, Shimoliy Koreya, Braziliya, Isroil va b.) safining ortib borishi dunyo ahlini tashvishga solmoqda.
Sakkinchidan, jahon miqyosida atrof – muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik vaziyat. Tobora kuchayib borayotgan korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm, terrorchilik, giyohvandlik, qurol–aslaha kontrabandasi bularni hammasi tahdid soluvchi omillar hisoblanadi.
Mana shunday murakkab vaziyatda Mustaqil O’zbekiston o’zining tashqi siyosatini beliglab olishi kerak edi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo’shilishi, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy – texnikaviy, diplomatik, madaniy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar o’rnatish masalalari o’ta dolzarb vazifa bo’lib turar edi.
Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, chet davlatlar bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish va boshqalar markaziy hokimiyat tomonidan olib borilardi. Shuning uchun ham davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham jahon diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatini biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o’quv yurti yo’q edi.
Prezident Islom Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining IV bobi «Tashqi siyosat» deb nomlanadi va 17 moddada bu borada quydagilar yozilib qo’yilgan «O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidlari va normalariga asoslanadi.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin».
O’zbekistonni xalqaro huquq sub’ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi.
«O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to’g’risida» gi, «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to’g’risida» gi va boshqa qonunlar hamda normativ xujjatlar ana shular jumlasidandir.
Bularning barchasi faol va keng ko’lamli hamkorlik uchun huquqiy kafolat yaratib berdi.
Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o’z ifodasini topmoqda.
Birinchisidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, davlatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlaydigan hamma majburiyatlarini o’z zimmasiga olgan.
O’zbekiston dunyo uchun ochiq mamlakat bo’lib, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi.
Bulardan tashqari, tashqi aloqalarning barcha soxalari bo’yicha turli vazirliklar, muassasalar, idoralar tashkil etilgan.
- Tashqi ishlar vazirligi,

    • Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi,

    • Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,

    • Ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalar,

    • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti,

    • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, va boshqalar.

O’zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo’lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatmiz, xalqimiz xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik.

  2. Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish.

  3. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.

  4. Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish.

  5. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik.

  6. Inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash.

  7. Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi.

  8. Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirishi va ulardan ajralib chiqish.

  9. Tajavuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik.

  10. Davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi.

  11. Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Davlatimiz o’zining tashqi siyosatida yuqoridagi tamoyillarga to’la amal qilib kelmoqda. 1992 yil 2 martda O’zbekiston Respublikasi o’z tarixida birinchi bor xalqaro hamjamiyatning teng huquqli sub’ekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) a’zoligiga qabul qilindi. 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta’sisi etilib, ish boshladi.
Bugungi kunda BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi respublikada BMTning taraqqiyot dasturi, sanoat taraqqiyoti dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha vakillari Oliy komissari, jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, aholi joylashish jamg’armasi, narkortiklarni nazorat qilish bo’yicha dastur, bolalar jamg’armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o’z tarkibiga birlashtiradi.
Bundan tashqari O’zbekiston quyidagi yirik xalqaro tashkilotlariga ham a’zo:

    • Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (BMT);

    • Xalqaro tijorat huquqi komissiyasi (BMT);

    • Ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha tashkilot (YuNESKO);

    • Evropa uchun iqtisodiy komissiyasi (BMT);

    • Intellektual xususiylik bo’yicha umumjahon tashkiloti;

    • Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti;

    • Xalqaro mehnat tashkiloti;

    • Fuqaroli aviatsiyasi xalqaro tashkiloti;

    • Jahon pochta ittifoqi;

    • Xalqaro elektroaloqa ittifoqi;

    • Xalqaro tijorat markazi;

    • Jahon qayta tiklash va rivojlanish banki;

    • Xalqaro valyuta fondi;

    • Osiyo taraqqiyot banki;

    • Jahon bojxona tashkiloti;

    • Islom taraqqiyot banki;

    • Islom konferentsiyasi tashkiloti;

    • Paxta bo’yicha xalqaro konsultativ qo’mita;

    • Oziq - ovqat qishloq xo’jaligi tashkiloti va boshqalar.

Davlatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tan olinishini ta’minladi.
Bugunga kelib, O’zbekistonni mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlarining 182 tasi tan oldi va 142 davlat bilan diplomatik munosabatlar o’rnatilgan. (raqamlar ko’payish tomonga o’zgarib boradi). Respublikamizda 43 davlatning elchixonalari akkreditatsiya qilingan, 19 davlat elchilari o’rindoshlik ko’rinishida ish olib bormoqda. Bundan tashqari 88 chet el vakolatxonasi, 24 xalqaro 9 nodavlat tashkilotlari ish olib bormoqda.
Bulardan tashqari O’zbekiston Shanxay Hamkorlik tashkilotiga (iyun, 2001 yil), EvrAzESga (25 yanvar, 2006 yil) O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida strategik sheriklik to’g’risidagi shartnomga (iyun, 2004 yil), O’zbekiston va Rossiya o’rtasida ittifoqchilik munosabatlari shartnomasiga (15 noyabr, 2005 yil),
Xalqaro maydonda O’zbekiston o’zining keng ahamiyat kasb etgan tashabbuslari bilan chiqmoqda. Masalan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish, Afg’oniston atrofidagi muammoni hal qilish, narkobiznes va narkotrafik xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalari va boshqalar.
1998 yili O’zbekiston prezidenti I.Karimov taklifi bilan Toshkentda «6Q2» formulasi bo’yicha (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Xitoy, Tojikiston shuningdek, Rossiya va AQSh) uchrashuv o’tkazildi, unda Afg’onistonning qarama - qarshi turgan kuchlari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda mamlakatga qurol– yarog’ olib kirishni to’xtatish g’oyasi ma’qullandi.
O’zbekistonning tashqi siyosatida uning MDX davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorliklari alohida o’rin egallaydi. MDH oldida turgan muammolarni echish uchun hamdo’stlik mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim xujjatlar va tadbirlar ishlab chiqadilar.
MDH doirasida Markaziy Osiyodagi hamsoya davlatlar Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanib bormoqda.
1993 yilning yanvarida Prezident I.Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo’stligiga asos solindi. Besh davlat rahbarlari Hamdo’stlik haqidagi bitmga imzo chekishdi. Shu tariqa jahon siyosiy leksikonida «Markaziy Osiyo» degan yangi atama paydo bo’ldi.
Shimoliy va Janubiy Amerika Evropa Yaqin va O’rta Sharq, Janubiy – Sharqiy Osiyo, Afrika hamda Arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlarni o’rnatish va rivojlantirishga intilish O’zbekiston tashqi siyosatining muhim yo’nalishlari hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bugun Mustaqil O’zbekiston dunyoning barcha mamlakatlari bilan do’stona va o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatishga harakat qilmoqda. Xalqaro munosabatlarda o’zining so’zi, o’rni, salohiyati, obro’-e’tibori bor.


Nazorat topshiriqlari (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)

  1. «Sovuq urush» siyosatini tushuntirib bering.

  2. XX asr oxirlarida tinchlikka tahdid soluvchi ziddiyatlarni sharxlab bering.

  3. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida tashqi siyosat borasida nimalar ta’kidlangan?

  4. Mustaqil O’zbekistonda tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi qanday qonunlar qaubl qilingan?

  5. O’zbekiston tashqi aloqa sohalari bo’yicha qanday tashkilot va muassasalar faoliyat ko’rsatadi?

  6. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillarini tahlil qilib bering?

  7. Mustaqil O’zbekiston qaysi yirik xalqaro tashkilotlarga a’zo hisoblanadi?

  8. Mustaqil O’zbekiston xalqaro maydonda qanday tashabbuslar bilan chiqqan, sharxlab bering?

  9. Mustaqil O’zbekistonni MDX davlatlari bilan xamkorligini tahlil qiling?

  10. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari qaysi tushunchalardan iborat?

  11. Mustaqil O’zbekistonning xalqaro munosabatlardagi tashabbuslari nimalardan iborat?



Test topshiriqlari:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining qaysi bobida qaysi bandi «Tashqi siyosat» nomini olgan.

A.V bobi, 16 moddasi
В. IV bobi, 17 moddasi
S. VI bobi, 16 moddasi
D. VII bobi, 17 moddasi



  1. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari necha banddan iborat?

A. 8 banddan
В. 9 banddan
S. 10 banddan
D. 11 banddan



  1. O’zbekiston va Rossiya o’rtasida ittifoqchilik munosabatlari shartnomasiga O’zbekiston qachon a’zo bo’ldi?

A. 15 noyabr, 2005 yil.
В 15 sentyabr, 2006 yil
S. 15 noyabr, 2004 yil
D. 15 oktyabr 2005 yil



  1. O’zbekiston EvrAz ESga qachon a’zo bo’ldi?

A. 24 yanvar 2006 yil
В. 25 yanvar 2006 yil
S. 25 yanvar 2005 yil
D. 26 yanvar 2006 yil



  1. 6Q2 formulasi bo’yicha uchrashuv qachon va qaerda bo’lib o’tdi?

A. 1996 yil, Dehli.
В. 1997 yil, Kobul
S. 1998 yil, Toshkentda
D. 1999 yil, London



  1. «Markaziy Osiyo» degan yangi atama qachon paydo bo’ldi?

A. yanvar, 1992 yil
В. yanvar, 1993 yil
S. fevral, 1992 yil
D. mart, 1993 yil



  1. Toshkentda BMT vakolatxonasi qachon ta’sis etilgan?

A. 1992 yil, fevral
В. 1993 yil, fevral
S. 1994 yil, fevral
D. 1995 yil, yanvar



  1. «Ming yillik sammit» qachon va qaerda bo’lib o’tdi?

A. 1995 yil 6-8 avgust, London
В. 1999 yil 6-8 noyabr, Parij
S. 2000 yil, 6-8 noyabr, Nyu-York
D. 2001 yil, 6-8 oktyabr, Vashington


Mavzu bo’yicha asosiy yakunlar:

    1. Azaliy mustaqillik g’oyalari qayta tiklandi va amalda rivojlanib bormoqda

    2. Mustaqil O’zbekiston o’z tashqi siyosatining tamoyillari ega va dunyo davlatlari hamjamoaligida o’z o’rnini egalladi.



Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  1. Mustaqil O’zbekistonni Latin Amerikasi mamlakatlari bilan hamkorligini o’rganish

  2. MDH davlatlari o’rtasida imzolangan shartnoma va kelishuvlarning samarasini o’rganish.




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə