Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


«Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi» kursidan



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə4/27
tarix08.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#116239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
portal.guldu.uz-XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYa TARIXI

«Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi» kursidan
baholash mezoni



    1. Fan bo’yicha JB amaliy mashg’ulotlarini to’la bajargan talabaga 1 ball beriladi, agar to’la bo’lmasa 0,5 – 07 ball beriladi.

    2. Uyga vazifa qilib berilgan topshiriqlarning bajarilishini xajmi va sifatiga qarab 1 dan 3 ballgacha beriladi.

2.1. Oraliq baholash yozma yoki og’zaki o’tkazilib 5 ta savol beriladi. Har bir ish yoki javobga 10 ball beriladi.


2.2. Kurs bo’yicha tematikalar asosida referat tayyorlaydi va mavzuni taxlil qilishga alohida e’tibor beriladi.
- to’la taxlil va xulosa qilgan bo’lsa 9-10 ball
- mavzu mohiyatini to’la ochib berishga erishgan bo’lsa 6-8 ball
- tashqi siyosat tamoyillarini mohiyatini bilishga harakat qilgan
bo’lsa 5 ball

3.1. Yakuniy baholashda talaba 5 ta savolga yozma va 25 ta test savoliga


javob berishi lozim.
- har bir yozma savolga maksimal 2 ball beriladi.
- javob to’la, tanqidiy bo’lsa 1,8-2 ball
- savolning mohiyatini ochishga harakat bo’lgan bo’lsa 1,5- 1,7 ball
- javobda kamchiliklar bo’lsa 1,0 – 1,4 ball beriladi.
Eslatma: test savoli 0,2 ball tizimida baholanadi.
IV. LEKTsIYaLAR KURSI
1-mavzu: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya
Qadimgi Sharq, Gretsiya va Rimda.
Ajratilgan vaqt – 4 soat


Asosiy savollar:

  1. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya Qadimgi Sharqda

  2. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya Qadimgi Gretsiyada

  3. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya Qadimgi Rimda



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Qadimgi Sharq, Qadimgi Gretsiya, Qadimgi Rim, Misr, El – amarn yozishmalari, Manu qonunlari (I asr m.a.), Chandragupta, Selevk, Strabon, «buyuk ipak yo’li», «prokseniya», «amfiktionlar», «ieromeniya», «simmaxiyalar», sparta, grek – fors urushlari, polislar, Filipp II, Aleksandr Makedonskiy, Puni urushlari, «varvarlar», Yustinian, «logofet dromo».


Mavzuga oid muammolar:

  1. Qadimgi Sharqda shakllana boshlagan xalqaro munosabatlarga sizni bahongiz?

  2. Qadimgi Gretsiyadagi diplomatik protokollarga munosabatingiz qanday?

  3. Qadimgi Rimdagi xalqaro aloqalarning shakligi munosabatingiz qanday?

Birinchi savol: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya Qadimgi Sharqda.
1-savol yuzasidan dars maqsadi:
Qadimgi Sharqda shakllana boshlagan xalqaro munosabatlar va diplomatiya to’g’risida talabalarga tushuncha berish va ularda mustahkam tasavvur hosil qildirish.


Identiv o’quv maqsadlari:

    1. Qadimgi Sharqdagi xalqaro holatni ko’rsatadi.

    2. Qadimgi Hindistondagi diplomatik xizmatini taxlil qiladi va sharxlaydi.

    3. Qadimgi Xitoydagi diplomatiyaga baho beradi.

1-savolning bayoni*
Qadimgi Sharq tarixi biz uchun ayrim miqdorda hujjatlarni, ya’ni diplomatik maktublar, shartnomalar va boshqa xalqaro asnodlarni saqlab qoldi-ki, ular qadimiy sharq podsholiklari o’rtasida jadal aloqalar mavjud bo’lganidan dalolat beradi.
Miloddan avvalgi 3 minglikni o’zida misrliklar qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlar o’rnatishga uringanlar. VI – nchi avlod podsholar davrida (XXV asr m.a.) misrliklar puni mamlakatiga (Qizil dengizning janubiy sohili) elchilik ekspediyasini yuborganlar.
2-nchi ming yillikning (m.a.) boshlariga kelib Misrni qo’shni davlatlar bilan aloqalari jadallashib boradi. Podshox saroyida, o’zga ellarga elchi sifatida yuboriladigan maxsus xizmatchilar toifasi paydo bo’ldi.
XVIII avlod davrida (m.a. 2 ming yillikning o’rtasida) Misr, Qadimiy Sharqning xalqaro hayotida birinchilar rolini o’ynadi. Misrliklar Mitaniya, Vavilon, Assiriya, Xettlar davlati, Krit podsholigi, Egey orollari hamda Suriya va Falastin knyazlari bilan aloqalarni o’rnatdi. Misrda, diplomatik yozishmalar bilan tashqi ishlar bo’yicha tuzilgan maxsus davlat mahkamasi shug’ullanar edi.
Qadimiy Sharq diplomatiyasiga oid xujjatlar orasida Misr Firavni Ramses II ning Xettlar podshosi Xattusil III bilan 1296 yildagi (m.a.) Al– amarn yozishmasi va tuzilgan shartnomasi alohida diqqatga sazovor. 1887 – 1888 yillarda Amarna deb nomlangan joyda (O’rta Misrning, o’ng sohili) XVIII avlod Firavnlari Amenxotep III nchi va uning o’g’li Amenxotep IV inchiga (2-nchi ming yillik o’rtasi, XV – XIV asr m.a.) qarashli diplomatik yozishmalari arxivi topildi.

*Xolliev A., Tato’boev A. larning «Istoriya mejdunarodno’x otnosheniy i diplomatii (uchebno –metodicheskoe posobie)» Tashkent. 2002 g. Tarjima qilinib foydalanlgan.


Al-amarn arxivining aksariyat qismini firavnga qaram bo’lgan Suriya va Falastin knyazlarining maktublari tashkil etadi. Maktublarning asosiy mazmuni: o’zaro salom – aliklar, iltifotlar, quda – andachilik to’g’risida muzokaralar, harbiy yordam, oltin va sovg’a-solomlar yuborish borasida iltimoslar, shikoyatlar va hokazolar. Maktublarda karvonlar yuborilganligi to’g’risida ham ma’lumotlar mavjud.
Al – amarn arxivida Vavilon va Mittan podsholarining Amenxotep III-nchi va Amenxotep IV-nchi nomlariga yuborilgan diplomatik maktublar ham saqlanib qolingan.
Misrni Vavilon va Mittan bilan yaqinlashuviga miloddan avvalgi XIV asrda qudratli davlatga aylangan Xett podsholari tomonidan tahdid majbur qildi.
Miloddan avvalgi XIV – XIII asrlar Xettlar va Misr o’rtasida bo’lib o’tgan urushlar bilan to’la. Ushbu urushlar har ikkala tarafni ham zaiflashtirar edi. Umumiy zaiflanish va assiriyaliklarni hamla ehtimoli, urush holatida bo’lgan taraflarni 1296 yil miloddan avvalgi do’stona kelishuvga imzo chekishga majbur qildi. Ushbu tinchlik kelishuvi XIX avlod Firavni Ramses II va Xettlar podshosi Xattusil III tomonidan imzolandi. Kelishuv 3 xil yozuv ko’rinishida saqlanib qolgan – ikkita Misr taxririda Karnak va Ramsey shaharlarida) va bittasi Bogaz – Kyo degan joyda topilgan Xett taxriri. Nafaqat kelishuvning matni, kelishuvdan oldin bo’lib o’tgan muzokaralar to’g’risidagi xabarlar ham saqlanib qolingan.
Diplomatik maktublar va elchixonalar bilan ayriboshlash yuqorida esga olingan shartnomalardan keyin ham davom etgan. Yozishmalar nafaqat podsholar balki malikalar o’rtasida ham amalga oshirilgan.
Qadimiy Sharq diplomatiyasi va xalqaro huquq namunalaridan biri Manu (I asr m.k.) qonunlari hisoblanadi.
Xind rivoyatlariga ko’ra, Manu qonunlari – ilohiy kuchga ega va oriylarning ajdodlari sifatida tanilgan afsonaviy Manu davriga to’g’ri keladi. O’zining xususiyatiga ko’ra Manu qonunlari tijorat va harbiy ish, siyosat, xalqaro huquqga doir Qadimiy Hind qarorlaridan iborat. Ushbu qoidalar miloddan avvalgi 1 ming yil davomida shakllangan.
Xind hukmdorlari, nafaqat turli qadimiy Xind davlatlari podsholari bilan, balki Xind yarim orolidan tashqarida joylashgan hamsoya davlatlari bilan ham olib borgan muzokaralarini o’z ichiga olgan faol tashqi siyosatini olib borganlar. Masalan, qudratli qadimiy Xind mamlakati Mauryaning asoschisi Chandragupta Aleksandr Makedonskiyning avlodlaridan biri Selevk bilan o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatgan.
Maurya davlatining xukmdorlari va ellinistik davlatlari podshohlari o’rtasidagi xalqaro munosabatlar miloddan avvalgi III asrgacha davom etgan. Chandragupta nevarasi – podshoh Ashok davrida Xind elchilari nafaqat Selevklar davlatiga safarga borganlar, ayrim hollarda Makedoniyagacha ham borganlar.
I-II asrlarda Kushon podsholigining Xind xukmdorlari nomidan elchiliklar to Rim imperiyasigacha borganlar.
Imperator Avgustu huzuriga Xind elchilarining kelishini mashhur geograf Strabon ham eslaydi. Imperator Troyan davrida (taxminan 100-nchi yil x.m.) Rim imperiyasiga xind elchisining tashrifi tarixga ma’lum.
Xuanxe daryosining o’rta oqimida (m.a.II ming yillikning boshidan – to XII asr m.a.) paydo bo’lgan birinchi davlatlar yagona ulkan podsholikka birlashdilar. 1-nchi mingyillikda yagona qadimiy Xitoy davlati bir qator yirik va mayda podsholiklarga bo’linib ketdi va ular VIII asrdan boshlab (m.a.) mustaqil davlatlarga aylandilar. Ushbu davlatlar o’zaro goh ziddiyatda bo’lib, goh do’stona muzokaralar olib borib va ittifoqlar tuzib, yaqin munosabatlarda edilar.
Qadimiy Xitoy davlatlari ko’chmanchi qabilalar xunnlar tomonidan bir necha bor ishg’ol qilindilar. Bu tajavvuzlardan saqlanib qolish maqsadida qadimiy Xitoy davlatlari hukmdorlari ittifoqqa birlashishga majbur bo’ldilar.
Miloddan avvalgi III asr o’rtasida Tsin podsholigi xukmdori Chjen, Xuanxe va Yantszo’ daryolarining oqimi bo’ylab joylashgan hozirgi Xitoy xududining markaziy qismini o’z xokimiyati ostida birlashtirdi. Tsin – Shi – Xuandi nomini olgan Chjen, qo’shni qabilalar va xalqlarni qo’l ostiga olish maqsadida qator ekspeditsiyalarni tashkil etdi.
Xan sulolasi podsholari davrida (m.a. 206-220 yil m.k.) qudratli markazlashgan davlat tashkil topdi. Ushbu zamonda, Xitoy idoralarida ichki va tashqi siyosiy hayotning muhim voqealari yozib borilar edi. Xitoy elchixonalarining rahbarlari ularga yuklangan vazifalarni bajarilganliklari to’g’risida, yozma ravishda to’la hisobot berishga majbur edilar va tarixchilar talqinidagi ushbu axborotlar hozirgi zamonga qadar saqlanib qolgan.
Imperator U-di (m.a. 140-87 yillar) nihoyatda faol tashqi siyosat olib borgan. Miloddan avvalgi 138 yili u harbiy qo’mondon Chjan Tsan boshchiligidagi diplomatik missiyani olis bo’lgan «g’arbiy» erlarga yubordi. O’zining safari davomida elchi O’rta Osiyo va Eron xalqlarining ijtimoiy va davlat tizimi to’g’risida axborot yig’di; ularning harbiy qudratlari, shaharlari va savdo yo’llari borasida ham axborot yig’di. Ko’p yillik sarguzashtlardan so’ng miloddan avvalgi 126 yili Chjan Tsan vataniga qaytib keldi.
Xitoy elchilari janubiy davlatlarga ham borar edilar va ularni Xitoyga bo’ysindirish borasida harakat qildilar. Va miloddan avvalgi 111 yilda Xitoy elchilari harakati tufayli, deyarli qarshiliksiz Nan – Nyue davlati bo’ysundirildi.
Miloddan avvalgi I asrda Parfyan podsholarining elchilari bir necha bor Xitoyga tashrif buyurdilar, va «buyuk ipak yo’li» da harakat qilgan Parfiya savdogarlari tijorat ishlarini amalga oshirdilar.
Milodning I asrining oxirida xunnlarni mag’lubiyatga uchratib, ularni uzil – kesil Xitoy sarxadidan uzoqlashtirgan Xitoy sarkardasi va diplomati Ban Chao xalqaro munosabatlarda nihoyatda faollik ko’rsatdi. Milodning 90-nchi yillarida Ban Chao O’rta Osiyoning aksariyat qismini Xitoy imperatoriga bo’ysindirdi va Mervgacha etib bordi. Ban Chao G’arbiy Rim imperiyasi bilan ham diplomatik aloqalar o’rnatishga urindi. Lekin, parfyanlarni rimliklar va xitoyliklar o’rtasida ittifoq tuzishga qarshiligi tufayli buni uddasidan chiqa olmadi.


Nazorat uchun savollar: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)

  1. Misrning qo’shni davlatlar bilan aloqalarini tahlil qiling.

  2. Hindistonning tashq aloqalari qaysi yo’nalishlarda rivojlandi?

  3. Xitoy diplomatiyasining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?

  4. Qadimgi Sharq diplomatiyasini sharxlab bering.

  5. Xindiston va Xitoy diplomatlarining faolligiga qanday sabablar bor?



Ikkinchi savol: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya Qadimgi Gretsiyada.


2-savol yuzasidan dars maqsadi:
Qadimgi Gretsiyaning xalqaro munosabatlari va diplomatiyasi borasida talabalarga tushuncha berish va ularda mustahkam tasavvur hosil qilish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.Qadimgi Gretsiyadagi xalqaro xolatni ko’rsatadi.
1.2.Qadimgi Gretsiyadagi diplomatik xizmatni taxlil qiladi va sharxlaydi.
1.3.Qadimgi Gretsiyadagi diplomatiyaga baho beradi.


2-savolning bayoni:
Qadimgi Gretsiyada xalqaro aloqalarning va xalqaro huquqning eng qadimiy shakli «prokseniya», ya’ni mehmondo’stlik edi. Prokseniya ayrim shaxslar, qabilalar, qavmlar va butun bir davlatlar o’rtasida ham amalda edi. Proksenlar shu amal bilan shug’ullanuvchilar vositasida diplomatik muzokaralar olib borilar edi; va shaharga tashrif buyurgan elchixona vakillari avvalan o’zining prokseniga murojaat qilar edi.
Prokseniya instituti, keyinchalik bo’lib o’tadigan Qadimgi Gretsiya dunyosidagi barcha xalqaro aloqalarning asosiga aylandi.
Shunga o’xshash qadimiy xalqaro aloqalarning yana bir shakli bu «amfiktionlar» edi. O’ta muhim va ardog’da bo’lgan «xudolar» qarorgohlari qoshida paydo bo’lgan diniy ittifoqlar shunday nomlanar edi. Ushbu ittifoqlarga, qavmu - qarindoshligidan qattiy nazar, qarorgohlar, ya’ni amfiktionlar – (-atrofida istiqomat qiluvchilar) atrofidagilar a’zo bo’lardilar.
Qabilalar yig’ilib bayramlarni nishonlaydigan vaqtda urushlar man etilardi va «ilohiy sulh» («ieromeniya») e’lon qilinar edi.
Shunday qilib, amfektionlar xalqaro xususiyatga ega bo’lgan diniy – siyosiy institutga aylanar edi.
Qadimiy Gretsiyada bir necha amfiktionlar mavjud edi. Ularning ichida eng qadimiy va qudratlisi delfiy – Fermopil amfnktion edi. U ikki amfiktionlardan iborat edi: Delfaxdagi Appolon xrami qoshidagi va Dimetr xrami qoshidagi Fermopil amfiktionlar. Delfiy – Fermopil amfiktioniga 12 ta qabila a’zo edi.
Delfiy – Fermopil amfiktionlarning asosiy maqsadi: Appolonning Delfiy xramini, uning erlarini, boyliklarini qo’riqlashdan iborat edi. Shuning bilan birgalikda, amfiktionlarning barcha ishtirokchilari tomonidan hurmat qilish kerak bo’lgan greklararo xalqaro qoidalarni o’rnatishga urindilar.
Gretsiyada yana bir xalqaro aloqalarning shakli – bu harbiy – siyosiy ittifoqlar, ya’ni «simmaxlar» to’g’risidagi shartnomalar. Ularning ichida eng e’tiborlilari Lakedemon va Afina (Deloss) simmaxiyalari edi.
Lakedemon simmaxiyasi miloddan avvalgi VI asrda Peloponnes va shaharlar ittifoqi sifatida paydo bo’ldi. Uning boshida Sparta turar edi.
Ellin shaharlarining yana bir yirik ittifoqi afina boshqargan Afina va Deloss ittifoqi edi va u Perslarga qarshi urush jarayonida paydo bo’lgan. Vaqt o’tib Deloss simmaxiyasi Afina davlatiga (arxe) aylandi.
Ikki simmaxiya o’rtasidagi munosabatlar murakkab edi. Va natijada, bu xolat miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida, butun Gretsiyani o’z ichiga olgan Peloponnes urushiga olib keldi (miloddan avvalgi 431-404 yillar). Peloponnes urushi jarayonida, Afinani 404 yildagi mag’lubiyatidan so’ng, Afina simmaxiyasi barbod qilindi. Biroq, biroz vaqtdan keyin, miloddan avvalgi 355 yilda barbod bo’lgan ikkinchi Afina dengiz ittifoqini tuzdilar.
Miloddan avvalgi IV asrda Fiva va Etaliya qishloq jamoalari ittifoqi boshchiligida biotiy shaharlar alyansi tashkil topdi va miloddan avvalgi III asr boshlarida axey shaharlari ittifoqi tuzildi. Oldingi simmaxiyalardan farqli o’laroq Etali va Axey ittifoqlari bitta jamoa tomonidan boshqarilmas edi: uning tarkibiga kirgan qishloqlar va polislar (shaharlar) umumittifoq hukumatni saylar edilar.
Jamoalar va polislar o’rtasida paydo bo’lgan nizolar maxsus vakillar yoki elchilar tomonidan xal qilinar edi; ular miloddan avvalgi XVII – VIII asrlarda vestniklar (keryuks, angelos), va VIII – IV asrlarda esa – oqsoqollar (presbeys) deb nomlanar edi.
Elchixonalar a’zolari soni har xil bo’lar edi: u jarayon sharoiti bilan belgilanar edi.
Elchixona maqsadi, elchilarga topshiriladigan yo’riqnomada belgilangan edi. Yo’riqnoma belgilangan shaklda rasmiylashtirilar edi: yorliq ikkita taxlangan taxtachadan (diplomata) iborat edi. «Diplomatiya» atamasi ham shundan olingan.
Qadimiy Grek tarixining muhim saxifalaridan biri grek – fors urushlari edi.
Miloddan avvalgi VI asrning oxirlarida keskin ijtimoiy – siyosiy jarayonlar bilan kuzatilgan grek polislarining shaklanishi yakun topdi.
Lekin, miloddan avvalgi VI asrning oxiriga kelib grek polislariga qo’shni Axmoniylar buyuk davlati tomonidan xatar paydo bo’ldi.
Kichik Osiyoda joylashgan grek shaharlarini va Egey dengizining sharqiy qismidagi orollarni qo’lga kiritib, Eron hukmdorlari Bolqon Gretsiyasi polislarini ham zabt etish maqsadida edilar.
Grek polislari aholisi zich, yuqori madaniyatli va sanoati hamda tijorati rivojlangan shaharlarga aylangan edi, shuning uchun ham fors xazinasiga katta foyda olib kelishi mumkin edi. Bunga qo’shimcha, strategik ma’noda Bolqon Gretsiyasini qo’lga olish juda muhim edi, chunki buyuk podshoh qo’liga Sharqiy O’rtaer dengizini topshirar edi.
Bolqon polislari uchun fors xavfi ularning o’zlari uchun o’ta xavfli edi. Grek–fors urushlari jarayonida grek polislarining taqdiri xal bo’lar edi.
Miloddan avvalgi 500-449 yillardagi grek – fors urushlari jahon tarixida eng davomli harbiy to’qnashuvlaridan bo’ldi. Grek – fors urushidagi harbiy harakatlar uzluksiz olib borilmadi, ular bir qator harbiy kompaniyalarga bo’linib ketdi. Nihoyatda kuchli dushman ustidan qozongan g’alaba Qadimiy greklarning ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining hamma jabhalarini rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi, va miloddan avvalgi V – IV asrlarda qadimiy Grek tsivilizatsiyasining gullab – yashnashiga vosita rolini o’ynadi.
Miloddan avvalgi IV asr Makedoniyaning yuksalishi bilan belgilanadi. Makedoniyani yuksalishida, uning grek olamida eng kuchli davlatga aylanishida mashhur siyosatchi, diplomat, makedon podshosi Filipp II (359-336 y m.a.) nihoyatda katta rol o’ynadi.
Filipp II bir qator reformalarni amalga oshirib Makedoniyani nafaqat grek dunyosidagi eng kuchli davlatga, balki fors davlatining raqibiga ham aylantirdi.
Filipp II ning diplomatik va harbiy amallari natijasida Gretsiyada Makedoniya gegemoniyasi o’rnatildi; uning yuridik tasdiqi miloddan avvalgi 337 yili Korinfda bo’lib o’tgan umumgrek kongressida o’z tasdiqini topdi.
Korinf kongressining eng muhim qarorlaridan biri – bu Fors monarxiyasiga qarshi muqaddas urushni e’lon qilish edi. 336 yili Filipp II Kichik Osiyoga o’n minglik armiyani yubordi, ammo ko’p vaqt o’tmay u saroy amaldorlarining biri tomonidan o’ldirildi. Makedoniya podshosi deb uning o’g’li Aleksandr e’lon qilindi va u ayni vaqtda Ellin ittifoqining gegemoni ham bo’ldi. Aleksandr Makedonskiy nomi va faoliyati Fors monarxiyasining barbod bo’lishi va buyuk davlatni barpo etilishi bilan bog’liq va aynan Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari bilan ellinizm nomini olgan grek tarixining yangi davri boshlanadi.


Nazorat topshiriqlari (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)

  1. Grek diplomatiyasining shakllarida farq bormi?

  2. Makedoniyaning yuksalishiga qanday omillar sabab bo’ldi?

  3. Prokseniya, amfiktion, ieromeniya atamalarini sharhlab bering.

  4. Simmax, presbeys atamalarini taxlil qilib bering.

  5. Grek polislarining rolini yoritib bering.



Uchinchi savol: Xalqaro munosabatlar va diplomatiya Qadimgi Rimda.


3-savol bo’yicha dars maqsadi:
Qadimgi Rimning xalqaro aloqalari va diplomatiyasini yoritib, talabalarda mustahkam tushuncha hosil qilish.


Identiv o’quv maqsadlari:
3.1.Diplomatiyaning ilk ko’rinishlarini ifodalaydi.
3.2.Rim – Karfagen munosabatlarini ko’rsatadi.
3.3.Puni urushlarini sharxlab beradi.


3-savolning bayoni:
Qadimgi zamonlardan Rimda grek prokseniyasiga o’xshash mehmondo’stlik huquqi mavjud edi. Qabilalar va qabilalar ittifoqlari o’rtasidagi baxslar va nizolarni hal qiladigan kohinlar hayati (fetsiallar) bor edi. Fetsiallar ruxsatisiz birorta muhim tashqi siyosiy tadbir boshlanmas edi yoki tugatilmas edi. Ularning vakolat doirasiga: xalqaro shartnomalarni nazorat qilish, urush e’lon qilish tadbiri va sulx e’lon qilish kirar edi.
Rim jamoasi va uning ayrim fuqarolari nomidan o’zga qabilalar bilan aloqa olib boruvchi lavozimli shaxslarga rekuperator lar (recuperatores) kirar edi.
Bular ovoz olish yo’li bilan saylanadigan 3-5 kishidan iborat maxsus xakamlar edi va ular rimliklar hamda xamsoya shahar va qabilalar o’rtasidagi moddiy e’tirozlarni hal qilar edilar. Keyinchalik miloddan avvalgi II – I asrlarda rekuperator maxkamalari Rim viloyatlari aholisining amaldorlar ustidan ariza va shikoyatlarni ham ko’rib chiqardi.
Xalqaro aloqalarning rivojlanishiga ko’ra Rimda xalqaro huquqning ibtidoiy ko’rinishlari ham paydo bo’ldi.
Iqtisodiy hayotni mukammallashi va hamsoyalar bilan tinchlik aloqalarining rivojlanishiga ko’ra faqat rim fuqoralariga nisbatan ishlatiladigan qadimiy «fuqarolar huquqi» (jus civile) bilan bir qatorda rimliklar va chet elliklar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «xalqlar huquqi» (jus gentium) paydo bo’ldi.
Antik Rim diplomatik organlarining tashkiliy va tarkibiy ko’rinishi uning siyosiy tizimini ifodalaydi. Rimning klassik davrida xalq majlisi faqat urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal qilar edi, lekin tashqi siyosatning umumiy rahbari – bu Senat edi.
Rim tarixining eng qadimiy (podshohlik) davrida elchilik missiyasini yuborish faqat podshoh vakolatiga kirar edi. Elchilar esa fetsiallardan kohinlar – jretslar tashkil topardi. Respublik davrida bu huquq Senatga o’tdi. Elchilar legatlar va oratorlar deb nomlanardilar. Elchi shaxsiyati odat va qonun bilan muxofazalangan edi.
Elchixonaning maqsadi turlicha bo’lishi mumkin edi: urush e’lon qilish va sulx tuzish, shartnomalarni imzolash, bosib olingan viloyatlarda tartib o’rnatish, nizo va diniy baxslarda qozilik qilish va xokazo. Senat vakolatiga nafaqat elchixonalarni yuborish, ularni qabul qilish ham kirar edi. Rimga kelgan chet ellik elchixonalar ikki toifaga bo’linardi:

  1. Dushmanlik munosabatlarda bo’lgan davlatlar elchixonalari;

  2. Do’stlik munosabatlarda bo’lgan davlatlar elchixonalari.

Xalqaro munosabatlar tizimining antik davri xususiyatlari – bu ichki diplomatiyaning mavjudligi. O’zining rivojlanishidagi eng yuqori cho’qqiga ichki diplomatiya, Rim imperiyasi davrida erishdi. Rim imperiyasining ayrim xududlari va markaz o’rtasidagi munosabatlarning noaniqligi uning ichki va tashqi siyosati hamda diplomatiyasi o’rtasidagi aniq farqni aniqlash qiyin.
Rim davlat huquqi nuqtai – nazaridan har bir shahar (munitsipiy) va undan ham kichik bo’lgan ma’muriy bo’linma mustaqil siyosiy sub’ekt, ya’ni davlat ichidagi davlat sifatida qabul qilinar edi. Ana shu mustaqillikning ifodasi sifatida elchixona huquqi (jus legations) namoyon bo’lar edi.
Yuqorida nomlari keltirilgan har bir tashkilot (viloyat, munitsipiya, ittifoq, korporatsiya) markazga elchixona yuborish, hamsoyalar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega edi va bir so’z bilan aytganda mustaqil, yuridik sub’ekt sifatida ish yuritishga haqli edi.
Imperiya davrida davlatning to’la boshqaruv tizimi imperator qo’liga o’tdi. Senat ham faoliyat ko’rsatar edi, lekin respublika davridagi rahbar organidan imperator qoshidagi kengash vazifasini bajaruvchi organga aylanib qoldi.
Shu tartibda tashqi siyosat va diplomatiyani boshqarish ham o’zgardi. Imperatorlik davrida barcha tashqi siyosat masalalari imperator (printseps) vakolatiga kirar edi.
Diplomatiya, imperator ma’murlarining funktsiyasiga aylandi. Imperiya davrida elchilar barcha ma’murlar singari saylanmas edilar aksincha tayinlanar edilar. Klavdiy davridan boshlab (I asr o’rtalari) elchixona ishlari bilan imperator kotibi boshchiligidagi imperatorning shaxsiy idorasi mashg’ul edi. Shu bilan birgalikda ushbu idora imperiyaning eng oliy ma’muriy organi hisoblanar edi.
Xorijiy davlatlar elchilariga nisbatan huquqiy holat imperiya davrida ham respublika davridagiday saqlanib qolgan edi.
Qadimiy Rimning xalqaro munosabatlari tarixida eng mushkul davr – bu uning Karfagen bilan raqobatlik davri edi.
Miloddan avvalgi 264 yilga qadar Rim va Karfagen tinchlik munosabatlarda edi. Tijorat va dengiz haraktalari maxsus shartnomalar asosida tartibga solingan edi. Miloddan avvalgi 280 nchi yildagi shartnoma Rim va Karfagen o’rtasidagi nafaqat savdo balki siyosiy munosabatlarni ham o’z ichiga olar edi. To Rim Appenin yarim orolini, Karfagen Shimoliy Afrikani zabt etish bilan band davrida ularning manfaatlari to’qnashmas edi. Lekin, rimliklarni Janubiy Italiyaga kirib borishi bilan ahvol o’zgardi. Rim respublikasi nafaqat Appenin yarim oroliga, qo’shni hududlarga va birinchi navbatda O’rtaer dengizidagi katta orollarga, xususan boy Sitsiliyaga da’vogar qudratli davlatga aylandi. Ushbu da’volar Rimni qudratli sarosimaga tushgan Karfagen bilan to’qnashuvlarga olib kelar edi.
Ta’sir doirasi uchun kurash Puni nomini olgan qonli va davomli urushlarga olib keldi. Uch Puni urushlari natijasida (1-nchisi m.a.264-241 yillar, 2-nchisi m.a. 218-201 yillar,
3-nchisi m.a. 149-146 yillar) – Karfagen mag’lub va to’la barbod bo’ldi.
Puni urushlaridagi g’alaba juda katta xalqaro ahamiyat kasb etdi. G’arbiy O’rtaer dengizida hukmdor bo’lib, Rim O’rtaer dengiz hududi, o’sha davrning eng kuchli davlatiga aylandi. Appenin yarim orolidan tashqarida Rim juda ko’p yangi hududlarga ega bo’ldi: Sitsiliya, Sardiniya va Korsika, rimliklar Ispaniya deb qayta nomlangan Karfagenning Iberiya o’lkalari, Shimoliy Italiya va boshqalar.


Nazorat topshiriqlari: (yozma yoki og’zaki nazorat uchun)

  1. Qadimgi Rimda xalqaro aloqalar shakllarini ifodalab bering.

  2. Qadimgi Rimda diplomatik organlarni ko’rsating.

  3. Qadimgi Rimda «ichki diplomatiya» tushunchasini sharxlab bering.

  4. Rim imperiyasi davrida (I-V asrlar) diplomatiya.

  5. Rim – Karfagen munosabatlarini ochib bering.

  6. Puni urushlari. Davrlarini ko’rsating va natijalarini sharxlang.

7. Ichki diplomatiya tushunchasini izohlab bering.
8. Imperiya va Respublika davrlarida diplomatik aloqalar ustidan boshqaruvning farqini
ochib bering.
9. Rim va Karfagen o’rtasidagi munosabatlarni qanday sharxlaysiz.


Mavzu bo’yicha o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar:

  1. Qadimgi davrda Sharq va G’arb diplomatiyasida printsipial farqni aniqlab taxlil qilish.




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə