Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

Daromadlilik indeksi (
PI

uslubiy jihatdan ilgari «kapital qo‗yilmalar 
samaradorlik koeffitsienti» ko‗rsatkichi bo‗yicha foydalanilgan baholashni eslatib 
turadi. SHu bilan birga iqtisodiy tarkibiga ko‗ra umuman boshqacha ko‗rsatkich 
hisoblanadi, chnuki investitsiyalardan olinuvchi daromad sifatida sof foyda emas, 
balki pul oqimlari qabul qilinadi. Bundan tashqari investitsiyalardan olish 
kutilayotgan daromad (pul oqimlari) baholash jarayonida hozirgi qiymatga keltiriladi. 
Daromadlilikni hisoblash quyidagi formula bo‗yicha amalga oshiriladi: 
DI = PO / IM, 
yoki 
;
)
(
1
1








n
t
t
t
n
t
t
t
t
d
K
d
X
H
PI
bu erda 
ID – investitsiya loyihasi bo‗yicha daromadlilik indeksi; 
DP – hozirgi qiymatda pul oqimlari miqdori; 
IS – investitsiya loyihasini amalga oshirishga kiritiluvchi investitsiya 
mablag‗lari miqdori (qo‗yilmalar vaqti turlicha bo‗lganda hozirgi qiymatga 
keltiriladi). 
 
Misol

YUqorida ko‘rib chiqilgan ikki loyiha ma’lumotlari bo‘yicha ularning 
daromadlilik indeksini aniqlaymiz. «A» loyihasi bo‘yicha daromadlilik indeksi: 
8758:7000 q 1,25. Ikkinchi loyiha bo‘yicha esa: 8221:6700 q 1,23. Investitsiya 
loyihalarini «daromadlilik indeksi» bo‘yicha solishtirish shuni ko‘rsatadiki, «A» 
loyihasining samaradorligi yuqori. 
Daromadlilik indeksi ko‗rsatkichi solishtirma baholashdan tashqari loyihani 
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida ham qo‗llanishi mumkin. 
Agar daromadlilik indeksi qiymati birga teng yoki undan kichik bo‗lsa, loyiha
investorga qo‗shimcha daromad keltirmaydi va rad etilishi lozim. Boshqacha qilib 
aytganda, daromadlilik indeksi qiymati 1 dan katta bo‗lgan investitsiya loyihalarigina 
amalga oshirishga qabul qilinishi mumkin. 
«Daromadlilik indeksi» va «sof keltirilgan daromad» ko‗rsatkichlarini 
solishtirishda ular yordamida investitsiyalar samaradorligini baholash natijalari bir-
biriga to‗g‗ridan-tug‗ri bog‗liqligiga e‘tibor qaratish lozim: sof keltirilgan 
daromadning absolyut qiymati o‗sishi bilan daromadlilik indeksi ham o‗sadi va 
aksincha. Bundan tashqari, sof keltirilgan daromad nolga teng bo‗lganda daromadlilik 
indeksi doimo 1 ga teng bo‗ladi. Bu esa shuni anglatadiki, investitsiya loyihasini 
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida ulardan faqat bittasi 


142 
qo‗llanishi mumkin. Solishtirma baholashni o‗tkazishga keladigan bo‗lsak, bu 
holatda ikkala ko‗rsatkichni ham qarab chiqish lozim, chunki ular investorga 
investitsiya loyihasi samaradorligini har tomonlama baholashga imkon beradi.
Daromadlilik indeksi quyidagi ko‗rsatkichlar bilan bir xil ma‘noga ega: 
«rentabellik indeksi», «foydalilik indeksi».
«Ichki daromadlilik normasi» ko‗rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor 
qaratish kerakki, u solishtirma baholash uchun eng to‗g‗ri keluvchi ko‗rsatkich 
hisoblanadi. Bunda solishtirma baholash nafaqat investitsiya loyihalari doirasida, 
balki undan keng miqyosda ham qo‗llanishi mumkin (masalan, investitsiya loyihasi 
bo‗yicha ichki daromadlilik normasini kompaniyaning joriy xo‗jalik faoliyati 
jarayonida foydalaniluvchi aktivlarning foydalilik darajasi bilan, investitsiyalar 
foydaliligining o‗rtacha normasi bilan, muqobil investitsiyalash bo‗yicha foydalilik 
normasi bilan solishtirish). 
Bundan tashqari, har bir kompaniya o‗zining investitsiya tavakkalchiligi 
darajasini hisobga olgan holda o‗zi uchun investitsiya loyihalarini baholashda ichki 
daromadlilik normasining mezon ko‗rsatkichini belgilashi mumkin. Ichki 
daromadlilik normasi pastroq bo‗lgan loyihalar avtomatik ravishda real investitsiyalar 
samaradorligiga mos kelmasligi sababli rad qilinadi. Bunday ko‗rsatkich investitsiya 
loyihalarini baholash amaliyotida «ichki daromadlilik normasining yo‗l qo‗yish 
mumkin bo‗lgan stavkasi» nomini olgan. 
«Ichki daromadlilik normasi» ko‗rsatkichi shuningdek, boshqa nomlarga ham 
ega, masalan, «investitsiyalar rentabellik normasi».
YUqorida ko‗rib chiqilgan ko‗rsatkichlarning barchasi o‗rtasida o‗zaro aloqa 
mavjud. SHu sababli real investitsiyalar samaradorligini baholashda bu 
ko‗rsatkichlarni kompleksli ravishda ko‗rib chiqish maqsadga muvofiq. 
«O‗zini qoplash davri» ko‗rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor qaratish 
kerakki, bu ko‗rsatkich investitsiyalar samaradorligini bashoratlashdan tashqari, 
investitsiyalar likvidligi bilan bog‗liq tavakkalchilik darajasini aniqlashda ham 
qo‗llanishi mumkin (yaxshi bilamizki, loyihani amalga oshirish davri qanchalik uzoq 
bo‗lsa, investitsiya tavakkalchiliklari ham shunchalik yuqori bo‗ladi). Bu 
ko‗rsatkichning kamchiligi shundaki, u investitsiyalar o‗zini qoplagan davrdan keyin 
shakllangan pul oqimlarini hisobga olmaydi. Masalan, ekspluatatsiya muddati uzoq 
bo‗lgan investitsiya loyihalari bo‗yicha olingan sof keltirilgan daromad miqdori 
ekspluatatsiya muddati qisqa bo‗lgan investitsiya loyihalari bo‗yicha olingan sof 
keltirilgan daromad miqdoridan ancha ko‗p bo‗ladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə