Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Xalqaro savdo orqali tinchlik sari.  



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

 
Xalqaro savdo orqali tinchlik sari. 

 
Mamlakat uchun nima yaxshi bo‗lsa, firma uchun ham yaxshidir. 

 
Bizning mahsulotlar dunyoni hayot uchun yanada qulay qiladi. 

 
Iste‘molchilar tashkilotimiz xayotiy kuchining manbai. 
Korxona missiyasining fundamental asoslari bo‗lib uning tamoyillari va etikasi 
hisoblanadi. Ular firma xodimlari xatti-harakatlariga qo‗yiladigan universal ijtimoiy 
talablar majmuini ifodalovchi faoliyatning asosiy qoidalari sifatida yuzaga chiqadi.
Korxona tamoyillari o‗z ichiga oladigan talablar quyidagilar:

 
mahsulot (ish, xizmatlar) va bozorga talablar; 

 
boshqaruvga talablar - motivatsiya tizimi, qarorlar qabul qilish
nazorat, yutuqlarni baholash va x.k.; 

 
xodimlarga talablar - ijodiy fikrlash, mas‘uliyatni o‗z zimmasiga 
olish, motivlar, unumdorlikni baholash va x.k.;

 
tashqi muhitga talablar - xaridorlar, ta‘minotchilar, investorlar
raqobatchilar, jamiyat, davlat. 
Tamoyillarni shunday ta‘riflash kerakki, bir tomondan, raqobatchilar korx-
onaning xo‗jalik yuritishdagi niyatlaridan foydalana olmasliklari uchun imkon qadar 
umumlashgan xolda, ikkinchi tomondan, xaridorlar va xamkorlar hamda boshqa
ishtirokchilar ularni yaxshi tushunishi uchun etarlicha aniq bo‗lishi lozim.
 
Korxona etikasi 
(yoki o‗zaro aloqalarning ma‘naviy jixatlari) biznesmenning 
vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti-
harakatlariga (hulqiga) bo‗lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi. 
Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo‗lgan ma‘naviy 
qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik, 
hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g‗oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga 
hurmat. 
Missiyani belgilashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo‗nalishi ham 
ahamiyatga ega bo‗lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti-
harakatlariga jiddiy ta‘sir o‗tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar 
yo‗nalishining oltita turini ajratib ko‗rsatish mumkin (4.1-jadval)
15
.
4.1-jadval.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə