Ызбекистон республикаси олий ва ырта


birinchidan , korxonaning barcha bo‗lim va xizmatlari  majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi,  ikkinchidan



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/124
tarix21.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#129878
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (1)

birinchidan
, korxonaning barcha bo‗lim va xizmatlari 
majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, 
ikkinchidan
, ularni 
korxona istiqboli bilan shug‗ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish 
yo‗llarini aniqlashga majbur qiladi, 
uchinchidan
, korxona faoliyatining muhim 
yo‗nalishlari bo‗yicha ko‗rsatkichlarni belgilab beradi
to„rtinchidan 
esa, 
korxonaning bozordagi kutilmagan o‗zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor 
qilib qo‗yadi. 
Biroq shunday bo‗lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar 
tomonidan korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish 
salohiyatidan unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik 
kerak. Gap shundaki, turli maslahatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya 
xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko‗rsatish uchun turli nuqtai 
nazarga ega bo‗ladilar. Aynan shu jihat biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan 
farqli qilib qo‗yadi. SHu sababli biznes-rejani ishlab chiqish birinchidan, qog‗ozda 
qolib ketmasdan amaliyotda qo‗llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad 
qilinmasligi va uchinchidan, foydaning o‗sishi va korxonaning umumiy moliyaviy 
holati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o‗ziga alohida e‘tibor va chuqur 
o‗ylab chiqilgan yondashuv talab qiladi. 
4.2. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari 
 
Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun 
yagona to‗g‗ri yo‗l yo‗qligiga alohida e‘tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, 
tuzilmasi, ko‗rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), 


39 
yo‗nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o‗z ishini endi 
boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga 
bog‗liq bo‗ladi. Agar gap barcha tashvishlar o‗z ishini boshlash va buning uchun 
zarur bo‗lgan boshlang‗ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish 
bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni 
tayyorlash bosqichlari ma‘lum bir (umumiy) ko‗rinishga ega bo‗lishi, yangiliklar 
kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo‗lsa boshqa 
ko‗rinishga ega bo‗ladi. SHunday bo‗lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan 
biznes konsepsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki 
xizmatlarnig o‗ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim 
bo‗lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‗limlar mavjud 
bo‗ladi. 
Xo‗jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan 
biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə