125
bu erda: STF - soliq to‗lanmasdan oldingi foyda;
FP - favqulodda vaziyatlarda olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlarda ko‗rilgan zarar;
5.
Yillik sof foyda
, soliqlar to‗langandan so‗ng xo‗jalik sub‘ekti
tasarrufida
qoladi, soliq to‗lanmasdan oldingi foydadan daromad (foyda) solig‗i hamda
qonunchilikda belgilangan boshqa soliq va majburiy to‗lovlarni
chiqarib tashlash
yo‗li bilan topiladi:
SF = STF - DS - BS,
bu erda: SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda) solig‗i;
BS – boshqa soliq va to‗lovlar.
Nizomga ko‗ra barcha xarajatlar quyidagi guruhlarga taqsimlanadi:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiluvchi xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita
xarajatlar,
jumladan, ishlab chiqarish
xarakteridagi yuklama xarajatlari;
2. Ishlab chiqarish
tannarxiga kiritilmagan, biroq davr xarajatlari tarkibiga
kiritiluvchi xarajatlar, asosiy faoliyatdan olinuvchi foydani aniqlashda hisobga
olinadi:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqaruv xarajatlari (ma‘muriy xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlari;
3. Xo‗jalik sub‘ektining moliyaviy faoliyati bo‗yicha xarajatlar,
uning
umumxo‗jalik faoliyatida oluvchi foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadi:
a) foizlar bo‗yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarda valyuta kursidagi salbiy farqlar;
v) qimmatli qog‗ozlarga kiritilgan mablag‗larning qayta baholanishi;
g) moliyaviy faoliyat bo‗yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar, daromad (foyda) solig‗i to‗lanmasdan
oldingi foyda
yoki zarar miqdorini aniqlashda hisobga olinadi.
Daromad va xarajatlar balansi taxminan quyidagi ko‗rinishga ega bo‗ladi
(11.2-jadval):
11.2-jadval
Daromad va xarajatlar balansi
Dostları ilə paylaş: