Izlanishlar, yechimlar muammolar



Yüklə 464,08 Kb.
səhifə108/110
tarix26.10.2023
ölçüsü464,08 Kb.
#132105
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining-www.hozir.org

195
XALQ TA’LIMI:
MUAMMOLAR, IZLANISHLAR, YECHIMLAR
oylarida “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha 6,5 million nafar xotin-qizlar
bilan muloqotlar o‘tkazilgan va uning yakunlari bo‘yicha 432 781 nafar ayollar
daftarga kiritilgan.
Jumladan:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar–253 210 nafar;
- boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar–36 730 nafar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar -

29 072 nafar;


- uy-joyini ta’mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar–

4 252 nafar;


- noturar-joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila
a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan xotin-qizlar–9 223 nafar;
- qaramog‘ida bir va undan ortiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan bolalari
mavjud yolg‘iz xotin-qizlar–8 112 nafar;
- tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar–44 113 nafar;
- huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar–24 664 nafar;
- psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar–23 405 nafar.
- Yil yakuniga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli
ishlash, ularning bandligini ta’minlash maqsadida quyidagi vazifalar
belgilandi:
- 131 274 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi;
- 36 394 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga va hayotga ruhlantirish (motivatsiya
berish) bo‘yicha o‘qitiladi;
- 15 665 nafar xotin-qizlarga tomorqadan daromad manbayi sifatida
foydalanish uchun ko‘maklashiladi;
- 69 877 nafar xotin-qizlar tadbirkorlikka jalb etiladi va ularga kredit olishga
ko‘maklashiladi.
Hozirgi kunga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli
ishlash bo‘yicha belgilangan vazifalardan quyidagilar amalga oshirildi:
- 131 274 nafar xotin-qizlardan 34 770 nafarining bandligi ta’minlandi;
- 36 394 nafar xotin-qizlardan 12 485 nafari kasb-hunarga va hayotga
ruhlantirish (motivatsiya berish) bo‘yicha o‘qitildi;





196
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI

MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI


BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
- 15 665 nafar xotin-qizlardan 2 023 nafariga tomorqadan daromad manbayi
sifatida foydalanish uchun ko‘maklashildi;
- 69 877 nafar xotin-qizlardan 8 000 nafari tadbirkorlikka jalb etildi va ularga
kredit olishga ko‘maklashildi.
Davlatimiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ularni nafaqat
mamlakatimizda, balki xalqaro mehnat bozorida xaridorgir bo‘lgan kasb-
hunarga o‘qitish, oilali va yosh bolali ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning
huquqiy asoslarini ishlab chiqdi hamda amaliyotga keng tadbiq etib kelmoqda.
Endigi vazifa esa xotin-qizlarning o‘z imkoniyatlarini kengroq ishga solgan
holda kambag‘allikdan chiqib ketishga astoydil harakat qilishi kerakligini yuzaga
chiqardi. Bu borada buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy o‘z davrida
yoshlarga murojaat qilib, “Quyoshliq istasang, kasbi kamol et”, deb yozganlar.
Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat nur taratishni, yaxshilik qilishni
istaydigan inson, kamolotga intilib, turli ilm va kasb-hunarlarni o‘zlashtirishi
lozim. Shu nuqtayi nazardan xotin-qizlar ham o‘z turmushining farovon bo‘lishini
ta’minlashga harakat qilishlari talab etiladi. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan
shart-sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda
daromad manbaiga ega bo‘ladigan kasb-hunarni egallashlari va shu orqali hech
bo‘lmaganda o‘zining iste’moli uchun kerak bo‘ladigan daromadni topishga
intilishlari kerak bo‘ladi.
Chunki bugungi pandemiya sharoitida iqtisodiy o‘sish sur’atlari
mamlakatimizdagi mehnatga layoqatli bo‘lgan har bir fuqaroning bandligi bilan
ham bog‘liq bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham bugungi kunda xotin-qizlarni
xaridorgir bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish dolzarb masala sifatida o‘rganildi.






Yüklə 464,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə