Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə1/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika


O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

IJTIMOIY PEDAGOGIKA” fanidan




Uvaysiy va Nodirabegim ijodida xotin-qizlarni ijtimoiylashtirish masalalari” mavzusidagi


KURS ISHI
Bajardi: Usmanova Gulchehra
Ilmiy rahbar: Muxsiyeva Aziza


Toshkent-2022

Mundarija:


KIRISH……………………………………........................................................4


I- BOB. Nodirabegim va Uvaysiyning hayoti va ijodidan namunalar


1.1 Nodirabegim hayoti va ijodiy asarlari………………... 4


1.2 Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyati……….…………….9
II- BOB. Xotin qizlarning ijtimoiylashuv masalalari
2.1 Jamiyat rivojlanishida ayol-qizlarning o’rni……..………….…13
2.2 Xotin-qizlar jamiyatning subyekti sifatida……….…………..24
2.3. Ijtimoiy sohada ayollarning o’rnini oshishi… …….....…….…...28
UMUMIY XULOSA………………………………………………………......37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI …………………………...39


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda turli sohalar bo’yicha islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida 2017-2021 yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yoʻnalishdan toʻrtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolarni barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan toʻliq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan. Umumiy oʻrta ta’lim sifatini tubdan oshirishda, qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Xalqimiz orasida «Ayol bir qo`li bilan beshikni, ikkinchi qo`li bilan dunyoni tebratadi», degan naql bejiz vujudga kelmagan. Buyuk ajdodlarimiz, millatimiz tarixidan ma`lumki, o`zbek ayoli, o`zbek onalari nafaqat o`z elimiz, balki dunyo hamjamiyati, umumbashariyat taraqqiyotiga o`zining ulkan hissasini qo`shgan mashhur o`g’lonlari – jasur, botir Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi sarkardalari, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G’ijduvoniy, hazrat Xo`ja Ahror Vali kabi azizu-avliyolari, jahonni turli jabhalarda lol qoldirgan olimlari – Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Imom Al Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, adiblari – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Umar Hayyom, Fitrat, CHo`lpon, Abdulla Qahhor, Oybek kabilar bilan mashhurdirlar. Mag’rur, jasur va dono To`maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiylar nomlari nafaqat biz uchun, balki ilg’or fikrli dunyo ahli uchun ham iliq va ulug’ ekanini hammamiz yaxshi bilamiz.
Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Tadqiqot jarayonida muammoning nazariy jihatdan ishlanganlik darajasini o’rganish, ijtimoiy tarbiyani tashkil etish hamda innovatsion texnologiyalar yordamida ijtimoiy tarbiyani takomillashtirish,yoshlar tarbiyasi hamda milliy tarbiyaning o’ziga xos jihatlari bir guruh pedagog olimlar tomonidan tadqiq etilganligini ko’rsatadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida N.Azizxodjayev, R.Abduqodirov, A.Pardayev, S.Ochilov, R.Ishmuhammedov, X.Bobobekov, M.Davletshin, Z.Ismoilova, O.Musurmonova, Z.Nishonova, U.Mahkamov, Sh.Qurbonov, V.Karimova, N.Egamberdiyeva, B.Xodjayev, M.Maxmutov, Z.Saliyevalar tomonidan pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning o’ziga xosliklari hamda innovatsion texnologiyalar yordamida tarbiyaviy ishlarni samaradorligini oshirish, takomillashtirish, maktabda muammoli ta’limni tashkil etish, yuqori sinf o’quvchilarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish kabi masalalari yuzasida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan.

Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə