Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə7/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

2.2 Xotin-qizlar jamiyatning subyekti sifatida
Mustaqillik yillaridan boshlab:

  • onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolar reproduktiv salomatligini mustahkamlash;

  • ayollarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirish, ularning davlat boshqaruvidagi, muhim hukumat qarorlarini qabul qilishdagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi faol ishtirokini ta`minlash;

  • xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning o`zlaridagi salohiyatni turli jabhalarda namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish;

  • hattoki uy bekasi vazifasinigina ado etib yurgan hokisor ayollarning birortasi ham bee`tibor qolmasligi uchun jamiyatda tegishli shart-sharoit yaratish;

  • onalarimizning, ayniqsa, qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan ayollarimizning uy-ro`zg’or, bola-chaqa bilan bog’liq bo`lgan yumushlaridan, farzandlar tarbiyasidan, o`z oilalaridan uzoqlashmagan holda oila daromadini ko`paytirishiga o`z ulushini qo`shishi, uyda turib mehnat bilan band bo`lishini ta`minlash uchun imkoniyat yaratib berish, ushbularning huquqiy asosini mustahkamlash;

  • oilalardagi muammolarni hal etish, onalarning farzandlar tarbiyasi va parvarishi borasidagi tashvishlarini kamaytirish, ayniqsa, qishloq ayollari mehnatini engillashtirishga erishish, qishloqlarda zamonaviy inftratuzilmani barpo etish, xizmatlar ko`rsatish sohasini rivojlantirish;

  • xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi har qanday kamsitilishlarining oldini olish kabi masalalar yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi alohida e`tiborga sazovordir.

Prezidentimizning «O`zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi 1995 yil 2 martdagi, «O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»2gi 2004 yil 25 maydagi, «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta`sis yetish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g’risida»gi 1999 yil 10 iyundagi Farmonlari, «Xotin-qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g’risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni, Oliy Majlisning XV sessiyasida «Saylovlar to`g’risida»gi Qonunning 22-moddasiga O`zbekiston Respublikasining ikki palatali Parlamentiga siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni ko`rsatishda ayollar soni 30 foizdan kam bo`lmasligi lozimligi xususidagi normaning kiritilganligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining ona va bola salomatligi masalalari yechimiga bag’ishlangan o`nlab muhim qarorlari jamiyatimiz xotin-qizlarining manfaatlarini, onalik va bolalikni himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish va amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlardagi faol ishtiroklarini ta`minlash borasida samarali xizmat qilmoqda.
SHuningdek Qur`onda, Hadislarda, Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da, SHarq allomalarining asarlarida oila, oiladagi shaxslararo munosabatlar, ota-onalar va farzandlar burchi, oiladagi tarbiyaning bola psixikasiga ta`siri, er-xotin mas`uliyati va kelin tanlash masalalariga ham katta e`tibor qaratgan.
Islomiyatda bo`lajak oilaning vujudga kelishiga katta ahamiyat berilgan. Bunda farzandlarning nasliy pok bo`lishini hisobga olib, bo`lajak qaynota, qaynonalarni tanlash zaruriyati islomda o`ziga xos tarzda qo`yilgan. Kelin yoki kuyov qilmoqchi bo`lgan har bir ota-onaning bo`lajak qudalarining naslini surishtirishlari yohud har bir musulmon o`zining “yetti pushti” ni bilishi lozim, degan talablar ham islomiy ma`naviyatdan kelib chiqqanlar.
SHarq mutafakkirlaridan biri - Abu Rayhon Beruniy(973-1048) ning oilaviy munosabatlar yuzasidan qarashlari alohida e`tiborga loyiqdir. Beruniy o`z qarashlarida ayniqsa xotin-qizlar tarbiyasiga alohida e`tibor qaratadi. U o`zinig “Minerologiya” asarida oila qurayotgan qizlarga ota-onaning nasihatlarini keltirib, oiladagi tinchlik, totuvlik, oilaning baxtiyorligi ko`proq ayollar zimmasiga tushushini ta`kidlaydi. Va shunday yozadi: -Ey qizim! Sen o`rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo`lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen yer bo`l, u esa osmon bo`ladi. Demak, sen u bilan shunday yo`l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo`lsang, u osmon kabi olijanob bo`ladi.
Osmon shifobaxsh yomg’iri bilan erni ko`kartirgani kabi u ham o`z mehru-shafqati bilan seni xushnid etadi. Yana sen unga kanizak bo`lsang, u senga xizmatchi bo`ladi.
Ering sendan faqat yumshoq va shirin so`zlargina eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda yoki yuzlaringga oro berilmagan va sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o`tirma. Abdullax ibn Jafar ismli ota o`z qizini turmushga chiqarayotib shunday deydi:
-Sen rashk qilishdan saqlangin, chunki bu ajralib ketishning kalitidir. eringga hadeb gina qilaversang nafratni uyg’otadi. Yaxshisi, sen yering bilan xushmuomala bo`lgin, bu har qanday sehr-jodudan yaxshidir va suvdan foydalangin, bu xushbuy narsalarning ichida eng birinchisidir.
Beruniy o`z qarashlarida oila tinchi bevosita aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo`lida ekanligiga alohida urg’u beradi.
Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o`zining diqqatga sazovar qarashlari bilan farqlanib turuvchi mutafakkirlardan biri - Abu Ali Ibn Sinodir (980-1037). Ibn Sinoning ayniqsa ayollar hayotda qanday bo`lishlari kerakligi haqidagi qimmatli fikrlari diqqatga sazovardir. Ibn Sino “Tadbiri manzil” asarining “Afsofiy behtarin zanho” bo`limida ayollarning yaxshi xulqli bo`lishi haqida gapiradi. Uning fikricha, ayollar quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishlari lozim ekan:

  1. Bilimli bo`lsin

  2. U dinga ishonishi kerak

  3. Uyatchan, sharm-xayoli

  4. Tabiatan jasur

  5. O`z erini qattiq sevishi

  6. Tug’ish va bola tarbiyasi haqida o`ylashi

  7. Ezma bo`lmasligi

  8. O`z eriga buysunishi

  9. To`g’ri bo`lishi, kamtar va farosatli bo`lishi kerak

  10. U hech qachon o`z sha`niga dog’ tushirmasin

  11. Eri bilan ehtiyotkor bo`lib, uning hurmatini joyiga quyib xushmuomala qilishi shart

  12. U o`z vazifasini va burchini yaxshi bilsin

  13. Xotin oila xo`jaligidagi narsalardan to`g’ri, tejab foydalanishni bilsin

  14. U o`z tabiati va yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo`qotishi kerak.

Ibn Sino ayollarga ana shunday murakkab va hayotiy vazifalarni yuklaydi. Bu o`z navbatida oilani mustahkamlashga turtki bo`ladi.
SHuningdek, Alisher Navoiy (1441-1501) “Mahbub-ul-qulub” asarida: “Uylanish va xotinlar to`g’risidagi” faslda mutafakkir uylanish va uning foydasi, oila odobi va oilada ayollarning fazilatlari haqida ajoyib fikrlar bayon etadi. Navoiy ayolning turmushdagi hissasiga quyidagicha to`xtaladi:
“Yaxshi xotin-oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo`lsa-kungil yozig’i, xushmuomala bo`lsa- jon ozig’idir. Oqila bo`lsa, ro`zg’orda tartib-intizom bo`ladi, asbob-anjomlar pokiza va saronjom turadi”-deydi. A.Navoiy o`z qarashlarida oilada tinchlik xukm surishini bevosita ayollarga ham bog’liqligiga e`tibor qaratadi.

Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə