Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə9/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

UMUMIY XULOSA
Ushbu kurs ishim mavzusi doirasida bugungi kunda jamiyatimizda ayollarni ulug‘lash, davlat tomonidan ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatni demokratlashtirish davrida xotin- qizlarga bo‘lgan munosabat va ularning hayotiy tajribasi, intellektual salohiyati va imkoniyatlaridan bunyod etilayotgan jamiyat rivoji uchun foydalanish ana shu qurilayotgan davlatchilik asoslarining liberalligi va ilg‘orligidan dalolat beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ayollarning intellektual salohiyati anchagina yuqori bo‘lib, ana shu intellektual boylikdan jamiyat taraqqiyotida samarali foydalanish hamda ayollarni islohotlar jarayonlariga, ya’ni jamiyatning yangilanish jarayonlariga safarbar etish davlatimiz tomonidan keng amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston sharoitida ayollar tafakkurida tolerant tafakkurni shakllantirish, mafkuraviy uyg‘oqlik va sezgirlikni ular ongiga singdirish fuqarolik jamiyatining asoslarini kuchaytirish omillaridan biridir. Nima uchun ayol bag‘rikeng, tafakkuri uyg‘oq mushohadali, siyosiy jihatdan ongli bo‘lishi lozim? Chunki ayol farzand tarbiyasiga mas’ul shaxs bo‘lib, onaning tarbiyasi farzandning tafakkuri shakllanishiga xizmat qiladi. Ana shu tafakkurning to‘g‘ri tanlanishi davlat taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Shu boisdan ham, bugungi kunda ayolning jamiyat ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish davr talabidir.
Ushbu ma’lumotlar orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O’zbekiston Respublikasida xotin-qizlar teng huquqliligining kafolatlari, jamiyat hayotidagi o’rni, davlat boshqaruv sohasidagi faoliyatlari, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish, jamiyatdagi barcha sohalar doirasida xotinqizlar faolligini oshirishga doir bosqichlarni o’rganish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni keltirishimiz mumkin: - jamiyatda shakllangan “ayollarga xos kasblar” tushinchasini muomaladan chiqarish yoki uning turlarini kengaytirish, erkin kasb tanlashga imkon yaratish; - uy vazifalari, bola tarbiyalash kasbiy faoliyatga to’siq bo’lmasligi uchun masofadan turib ishlash faoliyatini yo’lga qo’yish; - nodavlat tashkilotlari bilan keng hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali xotin-qizlarda ijodkorlikni rag’batlantiruvchi loyihalarni ishlab chiqish. Bu orqali o’z qobiliyatlarini yanada rivojlantirish (uy sharoitida), namoyon qilishiga imkon yaratish; - huquqiy ta’limda xotin-qizlar savodxonligini oshirish maqsadida loyihalarni yo’lga qo’yish, siyosiy karyera, davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish, ularga mos ish o’rinlari ustida yangicha yondashuv;
- oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlarni kelishuv asosida amalga oshirish, erkak va ayol muammoli vaziyatlarda tenglik prinsipini o’zaro hurmat va bir-birini tushinish tarzida amalga oshirish; - nasl, farzand tarbiyasi masalalarida tenglikka rioya qilgan holda, ayolning jamiyatdagi o’rnini topishda, kasb-hunar masalalarida qo’llab-quvvatlash; - nohaqlikka uchragan, zo’ravonlik qurboniga aylangan xotin-qizlar bilan davlat, jamiyat hamkorligini yanada kuchaytirish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning tizimli mexanizmini ishlab chiqish kabilardir



Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə