Ijtimoiy pedagogika



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə5/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

birinchidan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ayniqsa saylov jarayonida ularning ishtirokini kengaytirish;
ikkinchidan, siyosiy partiyalar safiga siyosiy etuk, faol ayollarni jalb qilishga erishish;
uchinchidan, deputatlikka nomzodlar ko`rsatishda siyosiy partiyalar nomzodlari safida ayollar sonini oshirish va shu orqali davlat hokimiyati organlarida ayollarning ulushi ko`payishiga erishish. Bu o`z navbatida ayollar va erkaklarning davlat va jamiyat darajasida teng huquqliligini ta`minlashga, O`zbekiston Respublikasining ko`p sonli aholisining teng yarmini ayollar tashkil etishini hisobga olgan holda belgilangan hayotiy normadir.
Tahliliy natijalar esa xotin-qizlardan 162 nafar nomzod ro`yxatga olinganini, bu jami nomzodlarning 31,3 foizini tashkil qilishini ko`rsatdi. Ikki palatali parlamentning Birinchi chaqirig’i faoliyati davomida Oliy Majlisning Senatida 15 nafar senator ayol, Qonunchilik palatasida 20 nafar deputat ayollar borligini ko`rish mumkin.
Deputatlikka nomzod ko`rsatishda xotin-qizlarga yaratilgan imtiyozlar haqida so`z yuritganda, avvalo deputatlikka nomzod etib ko`rsatish vakolatiga ega bo`lgan siyosiy partiyalar o`rnini ta`kidlash joiz. Hozirgi kunda mamlakatimizda 4 ta siyosiy partiya –O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyat ko`rsatmoqda va ular a`zolari safida ma`nan va siyosiy etuk ayollar borligini ta`kidlash o`rinlidir.
O’tgan 2004 yilda o`tkazilgan saylovda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko`rsatishda xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko`rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o`ttiz foizini tashkil etishi lozimligi haqidagi norma 2004 yilgi saylov natijalaridan ko`ra, yuqori ko`rsatkichlarga ega bo`lishi kutilishi tabiiy. Sababi, mamlakatni modernizatsiya qilishda ayollar huquqini ta`minlash masalalari davlat siyosatining muhim yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Siyosiy partiyalar uchun esa, bu o`z a`zolari, elektorati manfaatlarini to`liq qamrab olish va ro`yobga chiqarish demakdir.
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, ularning oila, jamiyat hamda davlat qurilishidagi rolini kuchaytirish masalasiga katta e`tibor qaratilayotir. Zero, aholining 52 foizidan ko’prog’ini, ishchi kuchining 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadigan O`zbekiston Respublikasi ularning ijtimoiy hayotdagi o`rni, mavqei, faollik darajasi jamiyat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omillardan sanaladi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o`z elektoratini - tadbirkorlar, ishbilarmon va fermerlar safini yanada kengaytirish orqali xotin-qizlarni tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilish, ularga imtiyozli kreditlar olib berishda ko`maklashish, yangi ish o`rinlarini yaratish, siyosiy-huquqiy bilimini boyitishga ustuvor ahamiyat berib kelmoqda.
Jumladan, partiyaning xotin-qizlarga oid dasturiy maqsad va vazifalarini hayotga izchil tatbiq etish, ular o`rtasida liberal-demokratik g’oyalar va qadriyatlarni keng targ’ib etish bo`yicha joylarda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarni belgilash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ayollar masalalari bo`yicha rais o`rinbosarlari hamda "Ayollar qanoti" bo`limlari rahbarlari uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida "Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish - davr talabi" mavzuida o`quv-seminar tashkil etildi.
Xuddi shunday seminarlar har bir viloyatda tuman, shahar Kengashlari "Ayollar qanoti" guruhlari uchun mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida tashkil etib kelinmoqda.
Joylarda partiya faollari va xotin-qizlar o`rtasida deputatlik guruhlari, Siyosiy ta`lim markazlari xodimlari bilan keng qamrovli targ’ibot-tushuntirish ishlari olib borildi, "Ayollar qanoti" faollari tashabbusi bilan davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etildi.
Xulosa tariqasida shuni ta`kidlash o`rinliki, yuqoridagi izlanishlar natijasida ayollarni ijtimoiy hayotdagi o`rni oila, jamiyatni yangilash, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ayollarning o`rni qay darajada ekanligi xaqida fikr yuritildi.
Umuman olganda mustaqillik bergan keng imkoniyatlardan xotin-qizlar qay darajada foydalana olayotganiga alohida to`xtalib o`tildi.

Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə