Ijtimoiy pedagogika


Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyati



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə3/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

1.2 Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyati
Jahon otin Uvaysiy (1780—1845) Atoqli shoira, oʻzbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Margʻilonda tugʻilgan. Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga uzatishgan, biroq shaxsiy hayoti quvonchli kechmagan. U Nodira bilan hamdardlikda Qoʻqonda xon saroyida yashay boshlaydi. 65 yoshligida Margʻilonda vafot etadi. (taxallusi; ismi Jahon) (1779 — Margʻilon —1845) — shoira, maʼrifatparvar. Uvaysiy oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. Uvaysiy ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va b. xotinqizlarga sheʼriyat ilmidan dare berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi sh.larga borgan. 1842 y.da Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Uvaysiy 4 devon tuzganligi maʼlum. Pekin bu devonlarning asl qoʻlyozmalari topilmagan. Uvaysiy mumtoz oʻzbek sheʼriyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va b.ning asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining gʻoyaviy mavzu doirasi teran va koʻp qirrali. Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson takdiri, shaxe erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni eʼzozlash, odamlarni tabiat va xayet nozneʼmatlaridan bahraMand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat haqidagi ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taallukli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi:Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh,Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi. Uvaysiy oʻz asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlaydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh koʻtarib, oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish sanʼati orqali eng goʻzal tuygʻular silsilasini yaratadi. Uning lirik qaxramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq. Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi:Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,Yuparida parda tortugʻliq tururlar, bagʻri qon. Uvaysiy xayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur boʻlgan va zamondoshlarining eʼtiborini qozongan. Lirik sheʼrlaridan tashqari, uning "Shahzoda Hasan", "Shahzoda Husan" kabi liroepik asarlari va "Voqeoti Muhammad Alixon" kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan. Uvaysiy asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yoʻlida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan koʻchirilgan 3 nusxa qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston FA Beruniy nomidagi Sharqshunoslik inti va Andijon universiteti kutubxonasida saklanadi. Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin sheʼriy asarlari mavjud. Uning bir devoni OʻR FA ShIda saqlanadi (inv.№ 1837). Unga shoiraning gʻazal, muxammas, musaddas, murabbaʼlari va «Shahzoda Hasan» hamda«Voqeoti Muhammadalixon» dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan."Shahzoda Hasan", «Shahzoda Husayn» kabi dostonlari mavjud, «Voqeoti Muhammadalixon» nomli tarixiy asari tugallanmagan. Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan.«Majmuai shoiron» tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi. Ijodini izchil ilmiy yoʻnalishda oʻrganish 30-yillarda boshlangan. Uvaysiy ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimova v.b. tomonidan oʻrganilgan.
Qoʻqon adabiy muhitida bir guruh shoiralarga ustozlik qilgan Jahon Otin Uvaysiy oʻzbek mumtoz adabiyoti taraqqiyotiga oʻzining muhim va benazir maqomi bilan yuksak hissa qoʻshgan. Ayollar tasavvufi tushunchasini yangi pogʻonaga olib chiqqan. Badiiy jihatdan pishiq, goʻzal she’riyati nafaqat shoiralar uchun, balki shoirlar uchun ham mahorat maktabi boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Uning shaxsiyatida asosan jasur, fidoyi va haqgoʻy shoirlarga xos axloqiy ruhiy sifatlar ustunlik qiladi. Uvaysiyda Oshiq obrazi: Mamlakatimiz mustaqilikka erishgach, har sohada boʻlgani kabi adabiy tanqidda ham yangicha koʻz qarashlar paydo boʻldi. Asarlar yangi konsepsiya asosida oʻrganilishi an’anaga aylandi. Shuningdek, Uvaysiy ijodiga ham yangicha baho berila boshladi. Adabiyotshunos olim Jumaxoʻja N. ham Uvaysiyning tasavvuf yoʻliga kirib, dunyo va zamon dardlaridan taskin tasalli topganligi haqida shunday yozadi:”Mana shu baytlar Uvaysiy tasavvufning ashaddiy talabgoriga aylanganini tasdiqlaydi: Faqr borgohiga qoʻysa gar qadam har kim, Bosh agar kerak boʻlsa, jonfido Uvaysiyman” Faqrlikni orzu qilgan koʻngil orif koʻnglidir. Haq oshigʻi uchun boshni fido qilish mushkul ish emas. Unda malollik tuygʻusi yoʻq. Shoira “Jonfido Uvaysiyman”, deb oʻzining taxallusini emas, balki Uvays Qaraniydan meros qolgan oshiqlik holatini ham aks ettirgan ushbu baytda. Yana bir adabiyotshunosimiz Adizova I. Uvaysiy sheʻriyatining bosh mavzusi Ishq ekanligini taʻkidlaydi:”Insoniyat olamdan istagan va izlagan maqsadi, haqiqat yoʻli Alloh ekanligini e’tirof etadi. Shu mutlaq sobitlik sari yuz burishni oliy martaba, deb biladi”1 Uvaysiy oʻzini “mehnatu alamlarga mubtalo”, “qayda dard eli boʻlsa oshno”shoira sifatida tanitadi. Adabiyotimiz tarixida Uvaysiygacha bunday shoira boʻlmagan. Uning shaxsiyatida doimo jasurlik, fidoyilik, haqgoʻylik hamda goʻzal axloqiy sifatlar ajralib turadi. “Uvaysiyga qadar biron oʻzbek shoiri oʻz sevgilisini erkalab, uning yuzini gulzorga va unda ochilib turgan raʻnoga qiyoslab gʻazal bitmagan”, 2 -deb yozadi professor A. Hayitmetov. Uvaysiy sheʻriyatida ruhoniy zavqning turli koʻrinishlari mavjudligi sababi ham uning uvaysiyligidadir. Uning koʻngli olamida bu zavqning jozibasi ham, taʻsiri ham nihoyatda kuchlidir. Shu bilan bir qatorda shoira ruhoniy va ilohiy his tuygʻularini ma’shuqa timsoli orqali ham gavdalantirib bergan. Tasavvuf tarixida Haq ishqida kuyib yongan Robiya Adaviya kabi soʻfiy va orifa ayollar koʻp boʻlgan. Ba’zi bir she’rlarida Uvaysiy ana oʻsha ayollarga hamdard, hamnafas boʻlib . Uningcha Ma’shuqi Azalning jinsi boʻlmagani kabi Haq oshigʻining ham qaysi toifadan ekanligi ahamiyatsiz . Uvaysiy Oshiq . Oshiq ahliga esa Yor tomonidan keltirilgan barcha azob-u uqubatlar, ozorlar ham xushdir. Oshiq degani Hech narsani malol olmaydi, aksincha oʻsha sitamlarga sabr qilishning oʻzi ham bir ibodatdir: Oshiq eliga yorining ozori Ma’shuq eliga nutqi shakarbori-ibodat. Bunday holat va kayfiyatlar shoirani hol ilmi, ya’ni tasavvufning martaba, maqomlarini bilish hamda egallashga undaydi. Yor tomonidan yetkazilgan ozorlarining malol kelmasligi ham yuqorida aytilgan ruhoniy zavq tufaylidir. Ma’shuq eliga esa oshigʻining shakardek nutqi xush yoqadi. Afsus qilib ohi sahargohi qil, ey dil, Xushrogʻ hamadin boʻlsa dilafgori ibodat. Gʻazalning keying baytida shoira ibodatning erta tongdan boshlanishiga ishora qiladi. Allohga bandasining bomdod namozi vaqtidagi ohlari hammasidan xushrogʻ boʻlishini ta’kidladlaydi. Chunki ibodatning oliy shakli, afsus nadomatlar bilan bilmay qilgan gunohlariga istigʻfor aylash aynan sahargohda amalga oshadi. U bulbuli shoʻrida yutar qon kecha kunduz, Tong otqucha shevan esar gulzori ibodat. Bulbul gulning ishqida hayoli parishon boʻlib, kechayu kunduz qon yutib, tong otguncha aylagan nola, figʻonlari ham, mungli qoʻshigʻi ham ibodatdir. Jonon yuzini koʻrgali doim jadal ettim, Topqonda koʻzim man eton agʻyori ibodat. Jonon yuzini koʻrmoqchi boʻlib jadal ketayotgan oshiq endigina maqsadiga yetay deganida, koʻrishga toʻsqinlik qilgan agʻyori bilan kurashish oʻzi ham bir ibodatdir. Ya’ni, agʻyor -nafs, u bilan muttasil kurash olib borish, nafsiga jihod qilish ham ibodat.

Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə