Ijtimoiy pedagogika


II- BOB. O’QITISHNING FAOL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə4/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

II- BOB. O’QITISHNING FAOL PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI


2.1 Jamiyat rivojlanishida ayol-qizlarning o’rni

O`zbekistan Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo`lib Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham be­rish to`g’risidagi Konventsiyasi»ga qo`shildi. 1995 yilda «Tinchlik, taraqqiyot va tenglik» shiori ostida Pekin shaxrida o`tkazilgan Butunjaxon xotin-qizlarining IV konferentsiyasida mamlakatimiz xotin-qizlari vakillari ishtirok etib, xotin-qizlar axvolini yaxshilashga karatilgan Pekin deklaratsiyasi Platformasiga qo`shildilar, shu asosda respublika xotin-qizlarining huquqiy va ijtimoiy muxofazasini kafolatlovchi xukumat darajasidagi «O`zbekistan Respublikasida xotin-qizlar masalalari buyicha Kontseptsiya va dasturiy xujjatlar» ishlab chikildi va 7 yo`nalish asosida dastur yaratildi, ya`ni:


1. Qizlarni turmushga tayyorlash dasturi.
2. Sog’lom avlod - sog’lom jamiyat negizi dasturi.
3. ekologiya va ayol dasturi.
4. Respublika xotin-qizlarining xalqaro aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar dasturi.
5. Xotin-qizlar mexnatini ijtimo­iy muxofaza qilish dasturi.
6. Ayol oila va maxalla dasturi.
7. Ma`rifat-ma`naviyat, ta`lim-tarbiya dasturi.
Bu dasturlar O`zbekistan Respubli-kasida xotin-qizlar uchun munosib ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, ma`naviy xayotni qaror toptirishga aloxida e`tibor berilayotganligidan, ularning axvolini, turmush sharoitini yaxshilash ishi davlat siyosati darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi.
Respublikamizda ilk bor 1994-1999 yillarda xotin-qizlar ham ko`ppartiyaviylik asosida o`tkazilgan saylovda ishtirok etib, barcha darajadagi vakillik organlari deputatligiga saylandilar. 1999 yil 5 dekabrda o`tka­zilgan saylovlarda 250 deputatlik mandatidan 17 tasini ayollar qo`lga kiritdilar. Oliy Majlis raisining uch o`rinbosaridan 1 nafari, Oliy Majlisning inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman), O`zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisi Ijtimoiy masalalar va bandlik qo`mitasi, Oila va ayollar muammolari komissiyasi rais­lari ayol jinsiga mansub ekanligi xotin-qizlarning davlat va parlament darajasidagi masalalarni xal etishga jalb qilish yuzasidan salmoqli ish olib borilayotganidan dalolat beradi.
Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 18 fevraldagi 73-son qarori bilan «Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy manfaatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari» davlat dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturni davlat byujeti, fondlar, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlar, chet el kreditlari va insonparvarlik yordami xisobidan mablag’ ajratildi. Dasturda ko`rsatilgan tadbirlar mamlakatimizning barcha ayollarining extiyojlarini qamrab oldi va ijtimoiy adolat, tenglik va barqaror rivojlanish davlatimiz siyosatining ajralmas kismi va demokratik jamiyat kurilishning asosi ekanligini tasdiqladi.
Dasturga asosan 1999 yil 14 aprelda «Xotin-qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g’risida» Qonun qabul qilindi, unda xotin-qizlarning turmushini yaxshilash, isloxotlarda ularning ishtirokini kuchaytirish va O`zbekiston Res­publikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Xotin-qizlarning ijtimoiy muxofazasini kuchaytirishga oid qo`shim­cha chora-tadbirlar to`g’risida» 1999 yil 17 martdagi Farmonida 1999 yil 1 iyuldan boshlab ayollar yoshga doir pensiyaga chiqqanidan keyin, o`rta va kichik tibbiy xodimlar, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylarida, «Mexribonlik uylari»da tarbiyachilar, kutubxonachilar sifatida ishlashni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar bo`yicha kamida 10 yil ish stajiga ega bo`lgan xollarda, ularning pensiyasi to`liq mikdorda saqlanib qolinishi kafolatlangan.
Vazirlar Maxkamasining «O`ta zararli va o`ta og’ir mexnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga imtiyozli soliq solish to`g’risida»gi qarorida ayollarning daromadiga so­liq solish darajasi 20% dan yuqori bo`lmasligi nazarda tutildi. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi, mexnat sharoiti nokulay ishlarda ayollar mexnatini qo`llash taqiqlanadi, xomiladorlik va tug’ish tatillari 126 kun belgilanib, farzand 2 yoshga to`lguncha nafaqa to`lanadi va ish joyi saqlanadi. Kam ta`minlangan, ko`p bolali oilalarga ijtimo­iy yordam, nafaqa pullari ham muhim madad xisoblanadi va 16 yoshga to`lmagan bolalari bor oilalarga yordam beriladi.
Xotin-qizlar sog’ligini saqlash va mustahkamlash sog’likni saqlash tizimining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Farzand ko`rishda sog’lomlik, oilani rejalashtirish, onalik va bolalikni muxofaza qilish xizmatlarini rivojlantirish, ekologik falokatning ayollarga ta`sirini kamaytirish masalasiga muhim e`tibor qaratilmoqda.
Masalan, respublikamizda sog’lom avlod g’oyasi negizida anemiya, ekstragenital kasalliklar, patologik tug’ishlarning oldini olish va davolash uchun «Ona va bola skriningi» dasturi amalga oshirilmoqda. Sog’likni saqlash tizimi xozirda YUNISEF, YUNES­KO, USAID, UNFPA, Qizil Xoch va Qizil YArim oy jamiyati bilan hamkorlikda shifo maskanlariga turli xayriya yordamlarini uyushtirmoqda, turli loyixa va dasturlarni birga amalga oshirmoqda. Orol bo`yi ayollari va bolalariga YUNISEF, EKOSAN, ASPERA xalkaro loyixasi yo`li bilan yordam berilmoqda.
Ayollarning bilimli bo`lishi o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda, Vatanga, xalqqa sadoqat ruxida tarbiya­lashda katta ahamiyatga ega. Farzandlarning kelajakda qanday shaxs bo`lib yetishishlari, ularga onalari qanday ta`lim-tarbiya bera olganliklariga bog’liq.
Respublikamizning yosh iqtidorli qizlarini moddiy va ma`naviy rag’batlantirish maksadida, O`zbekiston Res­publikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi Farmoni bilan Zulfiya nomli Davlat mukofoti ta`sis etildi, bir necha yo`nalish bo`yicha tanlov asosida g’oliblar aniqlanib, xar yili 14 nafar iqtidorli qizlar mukofot bilan taqdirlanmoqdalar.
O`zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy, kasbiy va boshqa huquqlarini ximoya qiladigan jamoat tashkiloti Respublika xotin-qizlar qo`mitasidir. Bu tashkilot 1991 yil 23 fevralda tashkil etilgan bo`lib, Qorakalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shaxar xotin-qizlar qo`mitalaridan iborat. Qo`mita jamiyatda xotin-qizlar rolini oshirish, ularning qiziqishlarini ximoya qilish, turli ma`na­viy, madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy, iqtisodiy huquqiy yordam berish, oilani, onalik va bola­likni, xalqlar o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni muxofaza qilish, xalqa­ro demokratik xarakatda O`zbekiston ayollarining ishtirok etishini ta`minlash kabi vazifalarni bajarmokda.
Radio, televidenie va matbuotda ham ayollar faoliyati keng yoritib borilmoqda. O`zbekistonda yashayotgan ayollar ayni vaqtda jaxon xotin-qizlar xarakatining ajralmas qismi hisoblanadi. SHuning uchun ham O`zbekiston xotin-qizlari dunyo ayollari bilan turli darajada aloqada bo`lishlari kerak. Bu xildagi aloqa ayollarimizga o`z ishlarini o`zgalarniki bilan solishtirish, o`z xayotlarini dunyodagi boshqa xotin-qizlarning turmushiga qiyoslash imkonini beradi. O`zbekiston xotin-qizlarining dunyodagi boshqa davlatlar xotin-qizlari bilan hamkorligi o`zaro tenglik, xurmat, do`stlik va ichki ishlariga aralashmaslik asoslarida qurilmoqda.
Respublikada «Oila» ilmiy-amaliy markazi, «Tender va rivojlanish», «Tadbirkor ayol», «Olima ayol», «Ayol va jamiyat», «Ayollar resurs markazi», «Mexri» markazi kabi nodavlat, notijorat tashkilotlari o`z faoliyatlarini yanada kuchaytirmoqda.
Tadbirkor ayollarning 1991 yil iyunida tashkil qilingan «Tadbirkor ayol uyushmasi» O`zbekistondagi noxukumat tashkilotlarining dastlabkilaridandir. Uyushmaning maqsadi bozor munosabatlarini rivojlantirishda ayollarning ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan, tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-kuvvatlashdan iborat. Uyushma 3000 dan ortiq, tadbirkor ayollarni birlashtiradi. Uyushma o’z bo’limlariga zga. Uyush­maning sheriklari orasida BMT Rivojlanish dasturi, TASIS, Kaunterpart interneyshnd Evroosiyo jamg’armasi, Konrad Adenauer jamg’armasi va boshkdlar bor.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston xotin-qizlari, millatidan qat`i nazar, jaxondagi va mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi sifatida o`z mavqelarini mustahkamlab bormoqdalar. Buning esa mamlakatimiz kelajagi uchun ahamiyati kattadir. Deputatlikka nomzod ko`rsatishda xotin-qizlarga yaratilgan imtiyozlar
Jahon tajribasiga ko`ra, parlamentda ayollar ulushi ma`lum darajada mavjud bo`lishini istagan davlatlar qonun hujjatlarida kvotalashni ikki xil usulda amalga oshirganlarini ko`rish mumkin:
Birinchi usul – ko`proq ommalashgan usul bo`lib, deputatlikka nomzod ko`rsatishda nomzodlar ma`lum foizini (ba`zi davlatlarda 5%, ba`zilarida 10%, lekin ko`plab davlatlarda bu 30%lik ko`rsatkichdir) ayollar tashkil etishi lozimligi haqidagi normadir.
Ikkinchi usul – siyosiy partiyalar faoliyatiga oid qonun hujjatida partiyaning a`zolariga jinsidan qat`iy nazar teng huquqlar berilishi haqidagi norma bilan mustahkamlanganligini ko`rish mumkin.
Agar birinchi va ikkinchi usulning bir-biridan farqi va afzallik tomoni haqida so`z yuritsak, birinchi usulda normaning aniq talabga egaligi aniq natijalar berishi bilan yaqqol namoyon bo`ladi. YA`ni, ma`lum foizli kvota orqali ayollar soni oshishiga erishiladi. Ikkinchi usul esa, mazmunan teng huquqlar yaratishga qaratilgan bo`lsada, lekin ayollarning deputatlikka nomzod etib ko`rsatilishida aniq natijalarni ko`rsatmaydi.
O`zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi xotin-qizlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza etilganligini kuchaytirish masalalariga oid normalar misolida tahlil qilib ko`rilsa, bunda birinchi navbatda albatta O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini aytish joizdir.
Xususan, Asosiy Qonunning ikkinchi bo`limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanib, uning 18-moddasida: “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo`lishi shart”; 29-moddasida: “Har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir”; 37-moddasida: “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”; 46-moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” mazmunidagi normalarning aks etishi ayollarning davlat va jamiyatdagi o`rnini nafaqat belgilashda, balki ularning huquqlarini mustahkamlash va kafolatlashda ham to`liq asos bo`lib xizmat qildi1.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, turli yo`nalishlarga oid, jumladan saylov, oila, mehnat, jinoyat, ma`muriy va boshqa qonun hujjatlarida ayollar huquqlariga tegishli normalar aks etdi. Bundan tashqari, 1999 yilda O`zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g’risida”gi Qonuni faqat ayollar huquqlariga tegishli alohida qonun hujjati sifatida qabul qilindi va uning normalari hayotga joriy qilindi.
Mustaqillik yillarida parlamentga 1994 yil, 1999 yil, 2004, 2010 yillarda ko`ppartiyaviylik asosida saylov o`tkazildi va uning natijalari asosida saylangan deputatlarning ma`lum qismini ayollar tashkil etdi.
2004 yilgi saylov kampaniyasini tahlil etsak, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bo`lib o`tgan saylovlarda o`sha paytda faoliyat yuritgan beshta siyosiy partiya ham nomzodlarni ro`yxatga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirgan. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlikka 120 nomzod, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi 120 nomzod, O`zbekiston “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasi 89 nomzod, O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 76 nomzod, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 62 nomzod uchun hujjat taqdim etgan. Markaziy saylov komissiyasiga jami 531 nomzod ro`yxati taqdim etilgan.
2004 yilgi saylov qonunchiligi va amaliyotida demokratik yangilanish sodir bo`ldi. YA`ni, 2004 yil 27 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish to`g’risida”gi Qonun bilan “Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko`rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o`ttiz foizini tashkil etishi lozim” mazmunidagi qoida ham parlamentning quyi palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar ko`rsatishda ayollar ulushini oshirishga qaratilgan huquqiy asos bilan mustahkamlandi. Bunday mazmundagi norma kiritilishini quyidagi asoslarda ko`rsatishimiz mumkin:

Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə