Ijtimoiy pedagogika


Ijtimoiy-madaniy sohada ayollar ishtirokining faollashuvi



Yüklə 110,18 Kb.
səhifə6/11
tarix28.05.2022
ölçüsü110,18 Kb.
#88211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmanova Gulchehra Ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy-madaniy sohada ayollar ishtirokining faollashuvi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xar bir fuqaroning ta`lim olish huquqi o`z tasdig’ini topgan. "Ta`lim to`g’risida"gi qonun uzluksiz ta`limning printsipial yangi modelini tashkil qilishini ko`zda tutib, bu sohada ayollar va erkaklar teng huquqliligidan va ta`lim sohasida ayollar huquqi poymol bo`lishi holatiga yo`l qo`yib bo`lmasligidan kelib chiqadi. So`rov natijasi shuni ko`rsatdiki, so`ralganlarning mutlaq ko`pchiligi (91,8%) ayollar erkaklar bilan teng huquqlik asosida o`z istagan ta`limini, jumladan oliy va maxsus ta`lim olishi mumkinligiga qat`iy ishonch hosil qilganlar. SHuningdek so`ralganlarning ko`pchiligi (89,1%) biror bir ta`lim sohasini olishda yoki kasbiy malakalarini oshirishda huquqning kamsitilishi yoki buzilishi hollari bilan duch kelmaganlar. Bunday holat bilan to`qnash kelgan respondentlar esa, o`z oilalarini, turmush o`rtog’ini, qaynonasini (55,6%), uzi ishlayotgan korxona yoki muassasa rahbarlarini (22,2%) ayblashadi.
"O`zbekistonda ayollar erkaklar bilan teng huquq asosida olgan oliy yoki maxsus ta`limni tatbiq qilishlari imkoniyatiga egalarmi?" degan savolga 92,8% so`ralganlar shubhasiz ijobiy deb javob berishdi.
Har bir inson hayotida ta`lim ahamiyatining beqiyosligi "O`z farzandingizga qaysi ta`lim loyiq deb o`ylaysiz?" degan savolga javobda ko`rindi. Respondentparning 83,3%i o`g’il bolalar kabi qizlarga ham oliy ta`lim olish zaruratini ta`kidladilar.
O`tmishda ayol yuksak mavqega ko`tarilganligini tarixiy hujjatlarda ham ko`ramiz. Sohibqiron Amir Temur saroyida bir muncha vaqt elchi bo`lib turgan Klavixo ham saroyning e`tiborli xonimlari majlis va kengashlarda ishtirok etganligini ta`kidlaydi. Haqikatdan ham Temuriy malikalar ilmli, zukko bo`lganlar. Hatto Sohibqironga mushkul paytlarda oqilona maslahatlar berganla.
Biz ma`naviyat va ma`rifat, ilm-fan rivojlangan asrlarda ayollarga bo`lgan munosabat ham o`ziga xos bo`lganligini ta`kidlamoqchimiz.
XIX asrning birinchi yarmida madaniy hayot yana jonlana boshladi. Ayniqsa, Qo`qon xonligida Umarxon davrida ilm-fan, madaniyat, san’at gullab yashnaydi.
Umarxon ilm-fan va madaniyat, san’at axllariga alohida xayrixohlik bilan qaraydi. Umarxon davrida adabiyot, tarix, san`at va boshqa sohalarning yirik namoyondalari yetishib chiqa boshlaydi. eng muhimi, ular orasida ayollar ham bor edi. Ana shu davr Uvaysiy, Mahzuna, Dilshod barno, keyinroq esa Anbar Otin kabi iste`dod sohibalari, maktabdor ayollarni tuhfa etdi. Ularga albatta, o`zbek xalqining ulug’ farzandlaridan biri, otashnafis shoira, Umarxonning zukko maslahatchisi va ayoli Nodirabegim rahnamolik qilgan.
Nodira baxtli ona bo`lgan - taqdir unga ikki o`g’il ato etgan. Uning saroyda - she`riyat va san`at qadrlangan sharoit tarbiyalangan o`g’illari ixtiyorsiz ravishda adabiyotga qiziqqan. Nodira ezgulik va yovuzlik olamini qarama-qarshi qo`ygan, xonlar va saroy a`yonlari qiyofasida yozuvlikning ifodasini ko`rsa, oddiy xalq vakillarida ezgulikning asoslarini ko`rgan. U hammani inoqlikka, tinch-osoyishtalikka chaqirgan.
Olima ayollardan biri Sayyora Sharafovna Rashidovadir.
Sayyora Sharafovna Rashidova 1943 yil 2 avgustda Jizzax shahrida (O’zbеkiston Rеspublikasi), ko’zga ko’ringan davlat arbobi va yozuvchi Sh.Rashidov oilasida tug’ilgan. 
1960 yili Toshkеnt shahridagi № 43 o’rta maktabni bitirgandan so’ng, Moskva Davlat Univеrsitеtining Kimyo fakulьtеtiga o’qishga kirdi. Univеrsitеtni tamomlab, S.Sh.Rashidova Rossiya Fanlar Akadеmiyasi Topchiеv nomidagi Nеftkimyo sintеzi institutida stajеr-tadqiqotchi bo’lib ishladi, O’zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi Kimyo instituti kunduzgi aspiranturasida o’qidi. 1971 yili nomzodlik dissеrtatsiyasini himoya qilgandan so’ng, O’zbеkiston Rеspublikasi FA Kimyo institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy hodim, labaratoriya mudiri lavozimlarida ishladi. 1979 yildan buyon u – polimеrlar kimyosi bo’limi boshlig’i, 1981 yildan buyon esa – O’zbеkiston Fanlar Akadеmiyasi Kimyo va fizika polimеrlar instituti dirеktori
S.Sh.Rashidova – O’zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi akadеmigi, kimyo fanlari doktori, profеssor, 20 nafardan ortiq fan doktorlari va nomzodlarini tayyorlagan, uning 300dan ortiq ilmiy nashrlari, qator monografiyalari chop etilgan, 20ta mualliflik guvohnomalari bor.
S.Rashidova rеspublikaning ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etadi, “Olima” ayol-olimlar Assotsiatsiyasi prеzidеnti. O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi birinchi (1995-1999 yillar) va ikkinchi (2000-2004 yillar) chaqiriqlari dеputatligiga saylangan.
1995 yil dеkabrida S.Rashidova O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqirig’ida Inson huquqlari bo’yicha vakil etib saylangan.
2000 yil fеvralida S.Rashidova ikkinchi muddatga O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimiga saylangan.
2005 yil martida Qonunchilik palatasi va 2005 yil mayida Sеnat S.Rashidovani bеsh yillik muddatga O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimiga sayladi.
S.Sh.Rashidova inson huquqlari bo’yicha ko’plab xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kеlmoqda. S.Rashidovaning inson huquqlari sohasida 100dan ortiq chop etgan ishlari bor, «Dunyo Ombudsmanlari» (o’zbеk va rus tillarida), «Ombudsman v Uzbеkistanе», «Monitoring prav chеlovеka», «Zaita prav chеlovеka v Uzbеkistanе» kabi qator to’plamlarning muallifi va mas’ul muharriridir. “Dеmokratlashtirish va inson huquqlari”, “Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari” kabi qator jurnallarning tahririyat kollеgiyasi a’zosi hisoblanadi.
Olima ayollarni, xususan, ilm-fan sohasiga kirib kelayotgan qizlarimizni, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularga o`z qobiliyat va iqtidorini ro`yobga chiqarishida yaqindan ko`maklashish Prezidentimiz Islom Karimov yuritayotgan siyosatning ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Bu borada turli davlat mukofotlari va stipendiyalar navqiron avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va qo`llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.



Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə