Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko’rsatish. Reja: Shikastlangan odamlarni tashish va transportirovka qilish haqida ma’lumot



Yüklə 33,54 Kb.
səhifə7/7
tarix07.06.2022
ölçüsü33,54 Kb.
#89008
1   2   3   4   5   6   7
7-AMALIY MASHG’ULOT. JABRLANGANLARNI TRANSPORTIROVKA QILISHDA YORDAM KO’RSATISH

Birinchi yordam: toza havo, kislorod ingalatsiyasini ta’minlash, ko’zni, burunni yuvish, tomoqni 2 foizli sodali eritma bilan chavish, bo’yinni issiq qilish, issiq sodali, yog’li, asalli yoki borjonli suv, sut ichish tavsiya etiladi.
Himoyalanish: «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, izolirlovchi fuqarolar va bolalar gazniqoblaridan foydalaniladi. Bulardan tashqari sanoatda ishlatiladigan moddalardan: fosfor (III) xlorid, sinil kislotasi va boshqalarning xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan. Yuqorida aytilgan tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatiladigan korxonalarda avariya sodir bo’lganda shu yerdagi va korxona atroflda yashovchi xalq zaharlanishi mumkin. Albatta, zaharlanish darajasi: uning dozasiga, odamlarning zaharli moddadan uzoq-yaqinligiga, bug’lanish darajasiga, shamol tezligiga va boshqa omillarga bog’liq.
Agar shunday avariya favqulodda sodir bo’lsa, albatta, birinchi navbatda, o’z vaqtida va sifatli ofat o’chog’ini belgilash lozim. Bu vazifani fuqaro muxofazasi xizmat tizimlarining - razvedka qismlari bajaradilar. Ular avariya joyini. zaharli modda turini, zaharli modda dozasini va shikastlangan hududdan qanday qilib odamlarni zaharlamasdan olib chiqib ketish yo’llarini belgilab beradilar. Shikastlanish o’chog’i aniq organilgandan keyingina avariya sodir bo’lgan joydagi va unga yaqin atrofda yashovchi axoli ogoh etiladi. Buni eshitgan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi (gazniqoblar) va terini himoya qiluvchi kiyimlarni (plash, yopg’ich) kiyib, darxol zaharlangan hududdan xavfsiz hududga chiqib ketadilar. Zaharlangan hududdan uzoqroqdagi fuqarolar esa yashash uylarining eshik, romlarini mahkam berkitib, ularning gennetikligini oshirib, isitgich jixozlarini, gaz, chiroq va boshqalarni o’chirib, o’z uylarida saqlanishlari mumkin. Albatta, bu bilan ulami kimyoviy zaharlanishdan to’liq qutqarib bo’lmaydi. Agar zaharli moddaning miqdori juda ko’p tashqariga chiqib ketgan bo’lsa, zararlangan o’choq atrofidagi hamma yashovchi odamlarni tartib va osoyishtalik bilan tezda xavfsiz joylarga ko’chirish zarur. Avariya sodir bo’lgan joylarda xizmat qiluvchi fuqarolarning hammasini evakuatsiya qilib bo’lmaydi. Ularning malum qismi shu yerda qolib, zaharli moddadan saqlovchi vositalami kiyib, tashqariga KTZMning chiqishini to’xtatish choralarini ko’radilar (bunda jo’mrakni burash, KTZMni bir joydan ikkinchi joyga haydash, texnologik jarayonni to’xtatish. KTZM solingan idishni tuzatish, texnologik jarayonni va boshqa sababchi omillarni to’xtatish ishlari bajariladi). Avariya to’xtatilgandan keyin, malum bir vaqt mobaynida (zaharlovchi moddaning tabiatiga qarab) avariya o’chogo’ida xizmat qilgan va zaharlangan hududda qolgan odamlar tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Agar KTZM nafas yo’liga ketgan bo’lsa, ularga dori-darmon beriladi, teriga tekkan bo’lsa, suv bilan ko’p marta yuviladi, so’ngra zaharlangan joylar, uning atroflari va ishlab chiqarishda ishlatiladigan jixozlar, uskunalar, inshoatning o’zi degazatsiya qilinadi. Degazatsiya sifatida zaharlovchi moddani neytrallaydigan (ya’ni ta’sir kuchini kamaytiruvchi) moddalar ishlatiladi. Mana shunday avariyalarga misollar keltiramiz: 1988-yil Yaroslavl viloyatida Volga daryosi bo’yida temiryo’l po’yezdining 7 ta vagoni izdan chiqib ketib, katta avariya yuz bergan. Bunda 3 ta idishda zaharli kimyoviy modda bo’lib, uning ma’lum qismi atmosferaga chiqib ketgandi. 1966-yil Gorkiy shahridagi kimyo zavodida 27 t CI gazi havoga tarqalganligi natijasida 6000 kishi evakuatsiya qilinib, 1500 kishi har xil dozada zaharlanganligini eslatib o’tish mumkin. 1984-yili Hindistonda Amerikaning «Yunion Korbayt» kompaniyasiga qarashli Bxopal kimyo zavodida gaz quvuridan 40 tonna o’tkir zaharlovchi moddaning atrof muhitga tarqalishi oqibatida katta talafot ro’y bergan. Bu halokat 2000 kishining hayotiga zomin bo’lgan. Bunda 80000 nafar fuqaro zaharlanib, salomatligiga jiddiy zarar yetkazgan. 2003-yilda Xitoyning Chxu-andonbey gaz konida katta portlash yuz bergan. Portlash oqibatida 190 kishi qurbon bo’lgan hamda havoga ko’p miqdordagi tabiiy gaz birikmalari va vodorodsulfit gazi tarqalishi natijasida ko’plab odamlarning zaharlanishiga va o’limiga sabab bo’lgan. 1990-yilda Qoraqalpog’iston Respublikasining «Yoshlik» stansiyasidan o’tib borayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (95 tonna) yuklangan sisterna nazorat qilinmasligi oqibatida yo’l-yo’lakay tomchilab borgan. Bu xolatni o’z vaqtida sezgan «Yoshlik» stansiyasi xodimlari darxol tegishli choralarni ko’rib, baxtsizlikning oldi olindi. Agar sisternadagi suyuqlik shu yerga to’liq oqib ketganda nafaqat stansiyadagi va uning atrofidagi axolini, balki 13 km olisda yashovchi axolini ham zaharlagan bo’lardi. Shunga o’xshash ko’plab misollarni keltirish mumkin. Inson uchun xavfli bo’lgan zaharli moddalar bilan ishlaydigan korxonalarning ham soni O’zbekistonda yildan-yilga ko’payib bormoqda. Bular “O’zbekkimyosanoat” uyushmasiga qarashli korxonalar bo’lib ular Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Angren va boshqa shaharlarda joylashgan. Bu korxonadan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud. Jumladan: «O’zgo’shtsut», «O’zbeksavdo», «O’zqishloqxo’jalik» mahsulotlari uyushmalari, Bekobod metallurgiya korxonasi, Toshkent lok-bo’yoq zavodi, To’qimachilik korxonalari, Suv tozalash inshootlari va boshqalar. Xozirgi kunda respublikamizdagi 300 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarida inson uchun zaharli moddalar ishlatiladi.
Mabodo, muayyan sabablarga ko’ra bunday korxonalarda avariya sodir bo’lib, kimyoviy moddalar tashqariga chiqib ketsa, hududning zaharlanish chuqurligi 45-50 km (450 knv dan ortiq maydon) ni tashkil etishi mumkin. Shuning uchun respublikamiz axolisi. ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilari favqulodda yuz beradigan vaziyatlarda to’g’ri ish tutishlari, fuqarolar muxofazasi tomonidan beriladigan har bir yo’riqnoma, vazifalarni to’g’ri bajarishlari va saqlanish qoidalariga rioya etishlari zarur. Bu borada ayniqsa metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, rezina-texnika, neftni qayta ishlovchi va boshqa sanoat tarmoqlarining salbiy ta’siri juda kattadir. Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg’ona, Andijon, Qo’qon, Angren. Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me’yoridan 1.5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq. Markaziy Osiyoda havoni eng ko’p ifloslantiruvchi Tojikiston Respublikasining Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodi 1987-yilda havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki baravar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yo’nalishiga ko’ra ftor birikmasining 80 foizi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Oltinsoy tumanlariga tushadi. Shuningdek, u yerlardagi havoning ifloslanishiga Shargundagi briket fabrikasi va g’isht zavodining ta’siri ham katta. Ulardan chiqadigan zaharli moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda, hatto, uy hayvonlari ham bundan katta talafot ko’rmoqda.
Kimyo sanoati korxonalari ko’p joylashgan Chirchiqdagi «Elektrokimyo, Farg’onadagi «Azot», «Farg’onaneftsintez», Navoiydagi «Elektrokimyomash», «Azot» va boshqa sanoat birlashmalaridan juda ham xavfli zaharli moddalar (KTZM) tashqariga chiqarib yuborilmoqda.
Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi - 250 mln. t., yoqilg’i kukuni - 100 mln. t., uglevodorod - 88 mln. t., azot (11) oksidi -53 mln. t., ammiak - 4 mln. t., oltingugurt vodorodi - 3 mln. t., qo’rg’oshin birikmalari - 1 mln t., ftor - 0,4 mln. t. chiqariladi. Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, umrni qisqartirmoqda hamda atrof muhitni, yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda. Ularning hammasi esa insonlami muxofaza qiluvchi omillar hisoblanadi.
Yüklə 33,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə