Jahon adabiyoti


-MAVZU: AVSTRALIYa ADABIYoTI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə109/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

24-MAVZU: AVSTRALIYa ADABIYoTI.
ReJA:
1. Avstraliya adabiyoti o‘tmishiga nazar.
2. Miflari.
3. Davrlari.
4. Zamonaviy Avstraliya adabiyoti.
Avstraliya adabiyoti haqida gap ketganda, uni asosan ingliz adabiyotiga nisbat berish, shuningdek, sintez adabiyot, deyish mumkin. Negaki, XVIII asrlargacha mahalliy aborigenlarning og‘zaki adabiyoti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, qit'aga inglizlar kelishi bilan ingliz adabiyoti rivojlandi. Ma'lum davrlar davomida qit'aga boshqa xalqlar vakillarining kelib o‘rnashuvi tufayli Avstraliya adabiyoti sintez xarakteriga ega bo‘ldi. Shunga qaramay, qit'a adabiyoti asosini ingliz adabiyoti tashkil etib qoldi.
Avstraliya adabiyotining 200 yildan ortiq taraqqiyot tarixini quyidagi uch davrga bo‘lish mumkin:

  • kolonial yoki ingliz-avstraliya davri (1788-1880);

  • milliy davr (1880-1920);

  • zamonaviy davr (1920 yillardan hozirgi kungacha).

Sidneyda 1788 yili surgun qilinganlar koloniyalarga asos solgan, kema zobitlari bo‘lgan Ison Uayt (1756-1832), Uotkin Tench (1758-1833) va Devid Kollinzlarning (1756-1810) memuarlari va yo‘l qaydnomalari Avstraliyaning dastlabki adabiy yodgorliklari hisoblanadi. Avstraliya qit'asidagi dastlabki poetik asarlar ballada janrida yozildi. Ular o‘sha davrlardagi ingliz va irland balladasi an'analari ruhida edi. Qochoq-surgunlar va bo‘sh-reynjerlarning (qaroqchilar) erkin hayot haqidagi orzulari dastlabki balladalarning asosiy mavzusi bo‘lib qoldi. Bu asarlardagi keskin hajviyot va istehzo orqali bosqinchilar jamiyatining axloqiy tubanligi ochib tashlanadi. Dastlabki ellik yillik istibdod lirikasi Angliyaning klassitsizm davridagi mavzular va uslublariga ergashdi. Charlz Tompson (1806-1883) va Charlz Ventvortlar (1790-1872) birinchi lirik shoirlar edi.
Charlz Garpur (1813-1868) bu davrning buyuk shoiri sifatida tilga olinadi. Irlandiyadan surgun qilinganlarning avlodi bo‘lgan Garpur she'riyati Jon Milton va Vordsvord ijodiga xos bo‘lgan mustabidlikka qarshi mavzulardan tashkil topgan.
Taniqli shoir Genri Kandella (1839-1882) she'riyati uchun ruhiy kayfiyatning ramziy aksi sifatidagi tashqi olam tasvirlari xos xususiyat hisoblanadi. Kandella manzaralari falsafiy, ba'zan diniy mavzularga yo‘g‘rilgan bo‘lib, u shu yo‘l bilan o‘z ichki olamidagi nomutanosiblik, umidsizlik, tushkunlikni ifodalaydi. “Tog‘lar”, “Peruga”, “Leychgardt” kabi she'riy to‘plamlar uning mashhur to‘plamlari hisoblanadi.
Avstraliya adabiyotining milliylik davrini Jyul Fransua Archibald va Jon Xaynslar asos solgan “Byulleten” haftaligi ochib berdi. Ijtimoiy takliflar, radikal-demokratik yo‘nalish, oddiy ishchilar hayotiga e'tibor, Avstraliya adabiyotida inglizlar ta'sirini rad etish bu jurnalning asosiy yo‘li bo‘lib qoldi. Avstraliya burchaklaridagi hayot, qishloq manzaralari, shuningdek do‘stlik, mardlik va insonlar tengligini kuylash jurnaldagi odatiy mavzulardan edi. “Byulleten” tufayli Avstraliya ovloqlari haqidagi balladalari bilan Banjo taxallusli Endryu Barton Patterson (1864-1941), ingliz va fransuz estetizmi va simvolizmi ruhida ko‘proq ijod qilgan Charlz Brennan va J.Nilson singari shoirlar mashhurlikka erishdilar.
Genri Lousonning (1867-1922) she'riyati fuqarolik lirikasi namunasi hisoblanadi. Uning she'rlaridagi tantanavorlik inqilobiy kayfiyat va milliy vatanparvarlik mavzulari bilan uyg‘unlashib ketgan.
1920 yillar boshlaridan Avstraliya adabiyoti yevropa va Amerika adabiy oqimlariga e'tiborliroq bo‘lib qoldi. Ayniqsa, “Meanjin papers” (1940 yildan), “Angri Pepuins” (1940-1946) singari Avstraliya adabiy jurnallari yangi oqimlar va yo‘nalishlarni targ‘ib qilishda katta rol o‘ynadi. Adib Reks Ingamellsdan Avstraliya aborogenlari madaniyatini qayta baholash va Avstraliya adabiyotining mustaqil ovozini izlash harakati boshlandi. Real voqyea-hodisalar haqida lirik she'rlar yozish K. Makkenzi, Jeyms Makoli, Alek Dervent Xoup singari shoirlar ijodida kuzatildi. Judit Rayt, Fransis Uebb va Bryus Deyv kabi shoirlar manzarali ramziy tasvirlar, Romari Deyson va R.D. Fitsjerald esa she'riyatda tarixiy mavzularga murojaat qildilar.
O‘tgan asrning 50-yillarida Melburn universiteti poetik maktabi paydo bo‘ldi. Vinset Bakli, Ronald Simpson, Kris Uolles-Kreb, Iven Jons, Noel Makeynsh, Andryu Teylor bu maktabning bosh vakillari bo‘lib qoldi. Ular san'atda murakkab shakllar va intellektual illyuziyalarni ma'qul topdilar.
XX asr Avstraliya romani yevropa hamda AQSh falsafiy va adabiy oqimlarning ta'sirida yaratildi. Insonning ichki olamini psixologik tasvirlash, Avstraliya jamiyati ibtidosini tadqiq etish romanlarning muhim mavzusi bo‘lib qoldi. O‘tmishga bo‘lgan qiziqish qalban yolg‘izlik tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan G.Richardsonning “Richard Maxouni takdiri” romani 20-yillarning eng mashhur asarlaridan edi. M.Boyd, Brayan Penton, Mardjori Bernard, Flora Eldsherou kabi adiblarning asarlarida ham shunday tendensiyalar seziladi.
Ijtimoiy-tanqidiy mavzular, xususan, qishloqdagi insonlarning hayoti mavzusi Katarina Prichard, Frenk Delbi Devidson, Leonard Mann, Frenk Xardim singari yozuvchilarning e'tiborini tortdi. X.Gerbert, Samner Lok Elliott, K.Makkenzi asarlarida ijtimoiy muammolarni satirik jihatdan tanqidiy yoritish xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi Patrik Uayt 1973 yili adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ladi. R.Shou, Kristofer Kox, Geyl Parter kabi adiblar asarlari avstraliyacha uslubi va mohiyati bilan o‘quvchilar e'tiborini qozondi.
Avstraliya adabiyotida hikoya janri XX asrning 40-yillarida yangicha rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bu davr Avstraliya hikoyalarida Jeyms Joys, Ernest Xeminguey va Jon Dos Passolar uslubining ta'siri sezilarli bo‘ldi. Uens Palmer nashr qilgan From Soast to Soast yillik antologiyasi hikoya janrining rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Tiav Estli, Myurreyl, Ueyns Palmer, Geyl Porter, Kristina Stid va boshqa yozuvchilar hikoya janrida ijod qiluvchi yetakchi adiblardan bo‘lib koldilar.
Avstraliyaning mustaqil dramaturgiyasi modern davrida rivojlandi. Luis Esson (1879-1943) drama taraqqiyotiga nazariy va amaliy turtki berdi. Katarina Prichard, Ueyn Palmer, Betti Roland, Genrietta Dreyk, Bryukman, Devid Uilyams, Aleksandr Buzo, Jon Romeril, Doroti Xyuitt, Alen Seymur, Piter Kenna, Tom Xangerford, Tomas Shepxott kabi dramaturglar ijodi Avstraliya dramasi taraqqiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Garchi Avstraliya adabiyoti asosan ingliz, irland adabiyotlari ta'sirida rivojlangan bo‘lsa-da, lekin asosan Avstraliya voqyeligini ifodaladi. Negaki Avstraliya qit'asi Angliya jinoyatchilari surgun qilinadigan joy vazifasini o‘tadi. Ularning ko‘pchiligi shu qit'ada qolib ketdilar va bu yer badiiy adabiyot uchun asosiy tasvir ob'ekti bo‘lib qoldi.
Zamonaviy Avstraliya adabiyoti. N. Krofts.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə