Jahon adabiyoti


Dadaizmning nigilistik programmasiga



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə102/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Dadaizmning nigilistik programmasiga dastlab bo‘lajak syurrealistlar (o‘ta realistlar) ma'qullaydilar. Aragonning «Feyerverk» 1920 yil «To‘xtovsiz harakat» 1924 yil «Buyuk shodlik» 1929 yil. «Anise yoki panorama» 1921 yil, «Telemak sarguzashtlari» 1922 yil, «Poytaxt sururi» 1923 yil, «Hur fikrlilik» 1924 yil, «Hayot mavjlari» 1924 yil, «Parij dehqoni» 1926 yil. Uslub haqida traktat (1928) asarlari syurrealizm ta'sirida yozilgan. Aragon ularda kompozitsiyadagi ravonlikni, umuman qismlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish zarurligini rad etadi.
Jorj Bernard Shou 1856-1950 yillar
Jorj Bernard Shou ingliz dramaturgiyasini boshi berk ko‘chadan olib chiqqan va unga yangi ijtimoiy ziynat bag‘ishlagan yirik yozuvchi, dramaturg. Ingliz teatri ikki siymo - Uyg‘onish davrida Shekspir, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Bernard Shou ijodi natijasida o‘zining eng yuqori bosqichiga ko‘tarildi va taraqqiyparvar bashariyatga kamarbasta bo‘ldi.
Bernard Shou 70- yillarning oxiri va 80- yillarda «etilmagan», «Nomatlub nikoh», «Artistlar muhabbati», «Keshel Bayronning kasbi», romanlarini yozadi. Bu asarlarda zamonasining dolzarb masalalari-burjua oilasining buzilishi, odamlar tengligi zarurati haqida gapirilsa-da, lekin bu ijtimoiy mazmundagi romanlarida fikr sayoz, badiiy tomondan zaif ediki, shu tufayli ular shuhrat qozonmagan.
Shouning dramatik faoliyati «Mustaqil teatr» (1891)ning tashkil bo‘lishi bilan boliqdir. U shu teatrga atab «Yoqimsiz p'esalar» siklini yaratadi. Bunga «Bevaning hujralari» 1892 yil «Sansalorlik» 1893 yil. «Uorren xonimning kasbi» p'esalari kiradi.
«Yoqimsiz p'esalar»ida kishi ko‘z oldida katta boylikka ega, tinch hayot kechiruvchi, sirtdan ancha insofli, salobatli odam ko‘rinsa ham aslida boylik to‘plashga xirs qo‘ygan ekupulatatorlar insoniy his-tuyg‘ularidan mahrum tipik burjua kishilari namoyon bo‘ladi.
Shou p'esalarining ikkinchi turkumi «Yoqimtoy p'esalar» bo‘lib unga «Qurol va inson», «Kandida» 1895 yil. «Taqdir bandasi» 1893 yil komediyalari kiradi. Bu asarlarda ham burjua axloqi tanqid qilinadi. Lekin bu tanqid yashirin shaklda beriladi, kinoya xarakteri kasb etiladi.
«Puritanbop p'esalar» turkumiga: «Shaytonning shogirdi» 1897 yil «Sezar va Kleopatra» 1898 yil «Kapitan Brassbaundning iltijosi» 1899 yil asarlari kiradi. Bu tipdagi p'esalari bilan Shou asosiy diqqatini sevgi intrigasi va shaxvatga qaratgan dramalarga qarshi chikadi. U aslo muhabbatni qoralamaydi.
«Men hisiyotga xayrixohlik bilan qarayman, biroq har qanday aqliy faoliyat va halollikni hissiy jazavaga berilish bilan almashtirmoqni katta balo deb hisoblayman» deydi u.
Shou ijodining ikkinchi davri 1917-1950 yillarni qamrab oladi. Yozuvchi bu davrda dramatik xronika deb atalmish «Muqqaddas Janna» tragediyasi, «Olma ortilgan arava» bahs-komediyasi, «Mafusailga qarab orqaga» falsafiy p'esasini yaratdi.
Eng yangi zamon ingliz adabiyotida Shou yirik taraqqiyparvar yozuvchi novator-dramaturg sifatida tanildi. Uning o‘tkir muamolarini aks ettirgan p'esalari ingliz teatrini boshi berk ko‘chadan keng yo‘lga olib chiqdi va unga siyosiy-ijtimoiy mazmun kiritdi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə