Jahon adabiyoti


Gi de Mopassan 1856-1893 yillar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə101/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Gi de Mopassan 1856-1893 yillar.
XIX asrning ikkinchi yarimida yashab, o‘z ijodida o‘sha davr Fransuz voqyeligini aks ettirgan yirik realist yozuvchidir.
Mopassan Normandiyada kambag‘allashib qolgan eski dvoryan urug‘iga mansub oilada tug‘ilgan.
Uning dastlabki hikoyalari 1875 yilda e'lon qilingan. Yozuvchining nomini hamma yoqqa ma'lum qilgan «Do‘ndiq» asari 1880 yil chop etilgan.
Mopassan qisqa umri davomida 16 ta roman va ko‘plab maqolalar yozgan. Uning ijodi 3 davrga bo‘linadi. Birinchi davri 1863-1878 yillar asosan she'r va hikoyalar yozadi.
«Do‘ndiq» (1880 yil) hikoyasi bilan ijodining 2 (ikkinchi) davri boshlanadi.
Mopassanning ko‘pchilik novellalari bosqinchilik urushlarni fosh etishga bag‘ishlangan. Ularda nemis ofitserlarining vaxshiyliklari ko‘rsatilgan, oddiy fransuzlarning vatanparvarlik his-tuyg‘ulari va kurashlari yorqin obrazlarda ochilgan. «Do‘ndiq», «Fifi xonim», «Aqldan ozgan qiz», «Duel», «Ikki oshno», «Milon amaki», «Asirlar» va hakoza.
Yozuvchining «Hayot» 1883 yil yozilgan romanida sof qalbli go‘zal aqlli Janna ismli qizning tarixi berilgan. Janna kamtar XVIII asr ma'rifatchilik g‘oyalari ruhida tarbiyalangan baron de Vonning qizi tabiatdan zavqlanadi. Shuning uchun Janna Russoning «Tabiiy inson» ideali mujassamidek ko‘rinadi. U shirin sevgi xayoli, baxtli oila qurish ishtiyoqi bilan yashaydi.
Janna o‘zi bilmagan, hatto nomini ham eshitmagan Jyulen de Lamarga turmushga chiqadi. Tez vaqt ichida Janna erining qo‘pol yuzsiz beodob kishi ekanini biladi va baxtli hayot haqidagi xayollari zarbaga uchraydi. Asarda Janna obrazi harakatda berilgan .Dastlab u voyaga yetgan jozibador qiz asar oxirida esa be'mani va dahshatli hayot natijasida erta qarib dardman va keksa kampir qiyofasiga kirib qolgan baxtsiz bir xotin sifatida tasvirlanadi.
«Azizim» 1885 yil Mopassanning uchinchi respublika davridagi fransuz burjua jamiyati illatlari avj olgan sotqinlikni fosh etgan ikkinchi muhim romandir.
Asarning bosh qahramoni qishloq qaxvaxonachisining o‘g‘li Jorj Dyuruadir. U Afrikada soldat bo‘lib xizmat qilgan va mustamlaka xalqlarni kamsitish va qo‘lga o‘lja kiritishga qaratilgan harakatlarda qatnashadi bular uning xarakterining qupol shaxsiyatparast bo‘lib shakllanishiga ta'sir etadi.
Yozuvchining bu asarini o‘zbek tiliga Ibrohim G‘afurov 1975 yil tarjima kilgan.
Anatol Frans taxallusi bilan mashhur Anatol Tibo Parijda sahob oilasida tug‘ildi. Uning «Silvestr Bonnarning jinoyati» (1881), «Tois» romani (1890), «Hozirgi zamon tarixi», «Shahar qayrag‘ochlari tagida» 1897 yil «Toldan qilingan manaken» 1897 yil «Yoqut kuzli uzuk» 1899 yil, «Janob Berjere Parijda» 1901 yil romanlari « Pingviniston oroli» 1908 yil pamflet asarlari bilan fransuz adabiyotini yuksak cho‘qqilarga ko‘targan adibdir.
Lui Aragon (1897-1982) U birinchi jahon urushi oxirlarida armiyaga olinadi va shu yillari «so‘l» san'ati guruhlaridan biri da (atayin ma'nosizlantirgan so‘z «dada» bolalarning noaniq g‘uldirab gapirishlariga ishora).

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə