Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə99/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Natalya Krofts.
Adabiyotlar ro‘yxati:


  1. “Jahon adabiyoti” jurnali, 2014 yil № 1.

  2. “Zvezda Vostoka” jurnali, 2014 yil, №2. Mir bez granits. Avstraliya yozuvchisi Natalya Krofts bilan suhbat. Suhbatdosh U. Hamdam.


3-Mavzu: XIX va XX asr jahon adabiyoti
ReJA:
1. XX asrdagi fransuz adabiyoti.
2. XIX asrning oxiri XX asr boshlaridagi nemis adabiyoti
3. XIX asrning oxiri XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan ingliz adabiyoti.
4. XX asr Amerika adabiyoti.
5. Modernizm. Kafka, Kamyu, Joys, Ekzyuperi ijodi haqida.
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar.
Dekadentlik adabiyoti. Parij Kommunasi adabiyoti. Nasr.Naturalizm. Hikoyanavislik.Roman. Drama.Nemis adabiyotida roman, satira, realistik san'at. Ingliz adabiyotida dramaturgiya, ijobiy ideal, ijobiy qahramon. AQSh adabiyotida yumor, satira, roman, hikoya. Modern adabiyot.
Kirish
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida kapitalizm o‘zining so‘nggi va yuqori bosqichi imperializm davriga o‘tdi. Yirik monopoliyalar paydo bo‘ldi. Finans oligarxiyasi hukmronligi boshlandi. Imperialistik davlatlar (Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSh) o‘rtasidagi ziddiyatlar ortdi. Ular yer kurrasining turli tomonlarida mustamlakalar bosib olish siyosatini kuchaytirdilar. Kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi bu qarama-qarshiliklar oqibatida, jahon imperialistik urushi kelib chiqdi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yashagan realistlar ijodida sotsial tengsizlik, zulm, dahshatni fosh etish bosh masala bo‘lib qoladi. Ma'lumki, har bir yozuvchining o‘ziga xos tasvirlash usuli bor. Masalan: Mann ijodida hajv-grotesk kuchli bo‘lsa, Gi de Mopassanda chuqur psixologik tasvir, Bernard Shou va Anatol Fransda esa kinoya piching bo‘rtib turadi.
Tanqidiy realistlar turli janrlarga, jumladan Mopassan, Rollan sotsial-psixologik roman, Ibsen Shou sotsial-psixologik drama, Uells ilmiy fantastik roman, London Frans, Uells sotsial-utopik roman, Frans, Rollan, Tven tarixiy roman, tarixiy drama, Drayzer, London sotsial roman janrlariga murojaat etadilar.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə