Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə96/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

ERNeST XeMINGUEI.
(1899-1961)
Yirik Amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey Ouk-Park shahrida vrach oilasida tug‘iladi. U maktabni bitirgandan so‘ng, kichik bir gazetada ishlaydi. yevropaga boradi: avval Fransiyadan keyin Italiyada joylashgan Amerika sanitar qismlarida turib, birinchi jahxon urishida qatnashadi. Urishdan so‘ng u Amerika gazetalarining muxbiri sifatida o‘z mamlakatiga qaytib, Florida sohillarida istiqomat qiladi.
Xeminguey Ispaniya respublikachilarining fashist fitnachilariga qarshi olib borga kurashlarida faol qatnashgan va bu haqda ko‘p asarlar yozgan, ikkinchi jahon urish yillarida aviatsiya qimlarida muxbir bo‘lib ishlagan. Ittifoqchilar armiyasining Fransiyaga bostirib kirishlarida ishtirok etgan.
Xeminguey ijodining boshlanishi birinchi jahon urishidan keyingi yillarga to‘g‘ri keladi. « Bizning zamonda» (1925) kitobiga kirgan hikoyalarida yozuvchi, birinchidlan asarning lirik qahramoni Nik Adamsning yoshligi, o‘smirlik yillari, sevgisi va oilasi haqida hikoya qilsa, ikkinchidan tinch hayot haqidagi hayollarga qonli urush voqyealarini qarama-qarshi qo‘yadi. Individualistik xarakterda bo‘lsa ham, asarda urushga qarshi qahramonning noroziligi bayon etiladi.
Imperializm keltirib chiqargan bosqinchilik urushlarni nafratlashga bag‘ishlangan «Alvido qurol!» (1929) romani yozuvchi ijodida muhim bosqinni tashkil etadi. Asarda birinchi jahon urishi yillarida Avstraliya frontida ro‘y bergan voqyealar hikoya qilinadi. Sanitar xizmati letenanti amerikalik Genri urushning butun dahshatlari - ochlik, ifloslik, o‘zaro qon to‘kish va son-sanoqsiz begunoh kishilarning o‘lib ketayotganligini ko‘rib, urush haqidagi fikrlarining pup hayoldan iborat ekanini biladi va umidsizlikka beriladi. Italiyan soldat va ofitserlari bilan samimiy suhbat va aloqalar uni milliy xudbinlik va mag‘rurlikdan xoli qiladi. Shuning uchun leytenant Genri urishdan yuz o‘girib, qurolini tashlab, betaraf mamlakat Shvetsariyaga o‘tib ketadi. Yozuvchi urush qabohatlariga shaxsiy hayotni qarshi qo‘yadi. Genri Ketrin Berkliga bo‘lgan sevgisi bilan urush dahshatlaridan ham tashqi, dunyo mashaqatlaridan ham qutilishga intiladi. Lekin u shaxsiy hayot va muhabbatdan ham vaqt topa olmaydi. Ketrin tug‘riqxonada o‘lganidan so‘ng Genri butunlay umidsizlik ichida qoladi. «Alvido qurol!» romnida birinchi jahon urushi qoralanadi.Biroq unda bayon etilgan norozilik shaxsiy yo‘sindadir.
Bu kitoning muallifi, - deb yozadi Xeminguey asar boshida, - ongli suratda shu fikrga keldiki, urushlarda jang qilayotgan damlar dunyodagi eng ajoyib odamlardir, frontning qizg‘in qismlariga kirib borganing sari bunday ajoyib kishilarga ko‘proq duch kela boshlaysan. Lekin urishni boshlaganlar, uni oloviga yana olv tashlab turganlar, iqtisodiy raqobatdan, foyda undirishdan boshqa narsani o‘ylamaydigan to‘ng‘izlardir… Men urush olovini yoqqanlar … otib tashlanmog‘i zarur, deb hisoblayman.
Xemingueyning 30-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan asarlarida u tashqi dunyoga munosabatida ziddiyatli va individualist ijodkorligicha qoladi. O‘sha yillari ocherk shaklida yozgan « Tushdan keyingi o‘lim» (1932) kitobida o‘lim mavzusi yana ham ochiq ko‘rinadi. Asarda buqalar urishi va unga boliq qoidalar batafsil beriladi. Buqalarni o‘ldiruvchi matadorlar yoki matadorlarni halok etuvchi buqalar, otlarning yorilib ketgan qornidan otilib chiqayotgan qonlar fojea ustiga fojea va ayniqsa jarohatlangan odamning o‘limi oldidan kechirgan azoblari umidsizlik ruhida tasvirlanadi.
«Afrikaning yashil tepaliklari»da (1935) ham yuqoridagi kitobiga xos bo‘lgan o‘lim masalasi ko‘tariladi. Agar « Tushdan keyingi o‘lim» matador bilan buqa o‘rtasidagi olishuvdv ikkalasidan birini halok etishi bilan tugasa, bunda ovchi haqida gapiriladi va albatta voqyea ovchining g‘alabasi va havonning o‘limi bilan yakunlanadi.
Yolg‘izlik, umidsizlik yozuvchining boshqa hikoyalarida ham aks etadi. Masalan, «Toza va yorug‘ joyda» (1936) kitobi qahxramoni kecha va qorong‘ulikdan vahimaga tushadi., uning uchun yagona makon toza va yorug‘ mayxona bo‘lib qoladi. 30- yillarning o‘rtalarida Xeminguey sotsial voqyealarga murojaat qiladi. Shu davrga xos romani « Hayot yoki mamot» (1937) qahramoni Garri Morgan o‘z oilasini boqish yo‘lida tinmay ishlaydi Garri yashashga bo‘lgan tabiiy extiyojini qondirish maqsadida burjua jamiyatining vahshilika asosalangan qonunlariga tayanib o‘zini ham ayamaydi, boshqalarga ham shafqat qilmaydi. Hatto odam o‘ldirishgacha borib yetadi. U faqat o‘zining shaxsiy kuchiga ishonadi. Kuba anarxistlari bilan to‘qnash kelgan va jarohatlangan Garri Morgan o‘limi oldidan yolg‘iz odam hyech narsa qila olmaydi, degan fikrga keladi. Qahramonning fajiali halokati yozuvchidagi individualistik qarashlarning samarasizligini ko‘rsatadi.
«Daryoning narigi tomonidagi daraxtlar soyasida» (1950) asrida ijtimoiy hayotdan chetda turuvchi yakka qahramon paydo bo‘ladi. Bu ikki urushda qatnashgan amerikalik polkovnik Richard Kentuelldir. Asar qahramoniga xos narsa shuki, u hamma vaqt o‘lim hayoli bilan yashaydi va bu esa, povestning g‘amgin ruhini ko‘rsatadi.
Xeminguey so‘nggi «Chol va dengiz» (1952) qissasi uchun Nobelp mukoqotini olgan. Asar qahramoni chol Santpyago baliq oviga chiqqaniga ancha kunlar bo‘lsa ham, lekin ishi yurishmaydi. Uning yelkaniga «ko‘p yamoq tushgan» qayiqqa qanday qilib ham baliq ilinsin. Santpyago keksa bo‘lsa ham, lekin o‘zi tetik. Shuning uchun yozuvchi bu odam « taslim bo‘lmaydi deb uqtiradi».
Chol to‘riga katta baliq tushganida cheksiz sevinadi. «Baliq deb chaqirdi u sekingina, - o‘lsam o‘lamanki, sendan ajralmayman». Chol butun kuch g‘ayratini ishga solib, baliq bilan olishadi va yengadi. « Uning: «Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni bo‘ysundirish mumkin emas» degan so‘zlari inson qudratiga yozuvchining cheksiz ishonchini ko‘rsatadi.
Baliqqa bir gala akula xujum qilganida ham Santpyago bo‘shashmay kurashni davom ettiradi, shu tariqa olishuv ancha davom etadi. Uning pichog‘i sinib, qo‘llari qonga belansada to‘qmoq bilan akulalarning boshiga urishda davom etadi. Santpyago qirg‘oqqa yetib borganida katta baliqning faqat gavda suyagigina qolgan edi. «Kim ham seni yenga qoldi o‘zi chol, - so‘radi o‘z-o‘zidan - hyech kim, - javob berdi u. – Aybim shuki men dengizdan xaddan tashqari uzoqqa ketib qolibman».
Santpyago uchun umidsizlik gunohdir. Kitobxon ko‘zi o‘ngida mag‘lubiyatni bilmaydigan, irodali inson timsolida namoyon bo‘ladi. Santpyago shu jihatdan yozuvchining oldingi asarlari qahramonlaridan farq qiladi. Uni qirg‘oqda kutib olgan bola navbatdagi baliq ovida chol bilan birga borishni va undan ko‘p narsa o‘rganish zarurligini aytadiki, bu – Santpyagoning yolg‘iz emasligiga ishoradir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə