Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə94/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Adabiyotlar:
1. Xurshid Davron rasmiy veb-sayti www.kh-davron.uz dan olindi.
2. XORXe Luis Borxes. Proza raznыx let. M.,Raduga. 1989.


23-MAVZU: AQSh VA KANADA ADABIYoTI (XX ASR).
A) AQSh adabiyoti
ReJA:
1.Teodor Draezer ijodi.
a) «Baxti qaro Kerri»
b) «Amerika fojiasi»

  1. Ernest Xemenguey ijodi:

a) «Yo‘qotilgan avlod» mavzui.
b) «Chol va dengiz»

TeODOR DRAYZeR.
(1871-1945)
Dreyzer ijodi – XX asrning birinchi yarmi Amerika adabiyot va tanqidiy realizmning cho‘qqisidir. Dreyzer AQSh hayotidagi fojiaviylikni ko‘rsata olgan yirik sanoatkordir.
Dreyzer Indiana shtatidagi kichik bir joyda kambag‘al ishchi oilasida tug‘iladi. Qashshoqlik yoshlikdan bo‘lg‘usi yozuvchining mehnat qilishga majbur etadi. U ish axtarib Chikagoga boradi, restoranda idish-tovoq yuvadi, tovar stansiyasida nazoratchi bo‘lib ishlaydi, kir yuvish masterskoyida mexaniklik qiladi. Dreyzer 1883 yilda Indian Universitetiga kirib bir yil o‘qiydi. Lekin iqtisodiy ahvoli o‘qishni davom etirishga imkon bermydi. O‘qish vaqtida Lev Tolstoy ijodi bilan tanishadi. Uning asrlari yosh Dreyzerga katta taosir ko‘rsatadi.
Bilimga tashni Dreyzer o‘sha vaqtda keng tarqalgan Gerbert Spaneser falsafasini qiziqib o‘rgandi.Uning qarashlari Dreyzerni sotsial voqyelarni biologik qonunlar asosida tasvirlashga, turmushni noto‘g‘ri talqin etishga olib boradi. Spenser og‘ir ahvolga xukuatni ham, jamiyatni ham ayblab bo‘lmaydi. Bunga xiyonatning biologik qonunlari aybdor, deydi. U yugurishda, ildam kurashda, kuchli yengadi, degan qarashni tarqib qiladi. Dreyzer muhbir-reportyor bo‘lib Chikago Npyu-York kabi shaharlarda igshlay boshlaydi. Xalqning og‘ir ahvoli bilan tanishadi. Lekin Spaser qarashlarining asossizligini tushinib yetmaydi. Dastlabki hikoyalarida umidsizlik kayfiyatlari turmushni to‘g‘ri anglamaslik oqibatida kelib chiqadi.
Dreyzer 90-yillarning o‘rtalarida Npyu-Yorkda yashab jurnallarda redaktorlik qiladi, maqola va ocherklar yozadi. Xalq ahvoli bilan yaqindan tanishishi uning kelajagi ijodiga material bo‘lib xizmat etadi. Uning ijodi 1900 yildan boshlanadi. Birinchi romani «Baxti qaro Kerri» chiqqach, burjua matbuoti uning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. 1911 yildagini uning ikkinchi romani « Jenni Gerxar» yuzaga keladi. Undan so‘ng ketm-yet «Moliyachi», «Titan», «Daho» romanlari yuzaga keladi. 1-jahon urishidan so‘ng 20-yillar o‘rtasida ikki tomli «Amerika fojiasi» chiqqach adib yirik tanqidiy realist sifatida butun dunyoga taniladi.
Dreyzer ijodining birinchi davrida (1900-1917) yirik realist asarlar yozish bilan bir qatorda reaksion Sponser falsafasiga berilishi unda ziddiyatli fikrlar tug‘ilishiga va uni yangilash xulosalar chiqarishga olib boradi.
«Baxti qaro Kerri» (1900) romanining qahramoni kambag‘al fermer qizi Karolina Miberning oilada erkalatib «jajji Kerri» deb atashadi. Kerri esli-xushli bo‘lsa ham, lekmn tajribasi yo‘q, yoshlik orzulari bilan yashovchi ko‘rgan narsalaridan tegishli xulosalar chiqarishga zaif edi. Xudbinlik «egoizm» uning tabiatiga «monand» bo‘lib, bilmga emas, balki u neomatlarga intilar edi. Kerrining chekka qishloqdan Chikagldagi opasinikiga borishi ha shular oqibatidadir.
Asarning asosiy g‘oyasi Amerikada barcha uchun barobar imkoniyatlar mavjud, degan illyuziyani fosh etishda ko‘rinadi. Kerrining orzu-istaklari kapitallistik illatlar avj olgan shaharda amalga oshishi qiyin ed. Haftalab u sarson-sargardonlikda ish axtaradi. Payabzal fabrikasidan oddiy ish topib, og‘ir sharoitda ishlay boshlaydi. Lekin ko‘p o‘tmay kasallanib ishga bormagach, ishdan bo‘shatiladi. Opasining uyida yashashga imkoniyat topa olmay, uyiga qaytishni maqul ko‘rmay, boshqalarning «beg‘araz» yordamiga beriladi. Dastlab Kerri savdo firmasining xizmatchisi olifta yigit Charlpz Druenning yaxshi kiyninishi va gplariga uchadi. So‘ngra bu oshiqqa nisbatan bir mayxonaning boshqaruvchisi puldor va oilali Gerstvud ustun bo‘lib chiqadi. Kerri Drueni tashlab Gerstvud bilan Npyu-Yorkka qochib ketadi. Gersvud asta-sekin boru-yo‘g‘idan ajralib, ishsiz qoladi. Butun kunni sadaqa beriladigan non ocheredlarida o‘tkazadi. Kerri esa faqat o‘zini o‘ylab, uni ham tashlash ketadi. U teatrga ishga kiradi. Og‘ir axvolda qolgan Gersvud gazdan zaxarlanib o‘ladi. Kerri esa o‘sha muhitga moslashib oladi. Yozuvchi Kerrining muvaffaqiyatga erishishini tasodifiy hol Amerikada dollarning xalokatli taosiri natijasi deb ko‘rsatadi.
«Baxti qaro Kerri» romnining qimmati kapitalistik jamiyatdagi xalq ommasining og‘ir turmush axvolga tushib qolgan Kerrining yuztuban ketishi evaziga ko‘tarilishi, burjua Gerstvud oilasidagi munofiqlik, boy kvartal Brodveydagi dabdabali hayot tramvay ishchilarining tashlashlari tasviri, ishsizlik natijasida ko‘chaga chiqib tashlangan son-sanoqsiz kambag‘allarning och-tentirab yurishlarining xaqqoniy aks etirilishida ochiq ko‘rinadi.
«Jeni Gerxardt» (1911) romanida ham kambag‘al oiladan chiqqan qizning burjua jamiyatidagi fojiasi ko‘rsatilgan. Asarning g‘oyaviy yo‘nalishi oddiy qizning hulqiy pokizaligi, uning buzilgan burjua axloqiga qarshi qo‘yilishida namoyon bo‘ladi. Romanning asosiy syujet yo‘li ishchi qizi Jennining fojiasi, u bilan millianerning o‘g‘li Lestrkeyn o‘rtasidagi sevgi tarixida ochiq ko‘rinadi. Kambag‘al Jenni boy yigit Keyn o‘rtasidagi sevgi tarixida shu manzara namoyon bo‘ladiki o‘sha jamiyat urf-odatlari, sotsial adolatsizliklar bu yoshlarni tabiiy sevgilariga to‘sqinlik qiladi va oxir oqibatda ular turmush qurolmaydi.
Drayzer oddiy qizning odobligi, vafodorligi, qalbining musafoligini ko‘rsatish orqali xalq kuch-qudratiga ishonchini ifodalaydi. Jenni o‘zining eng yaqin kishilari - otasi-onasi, qizi Vesta, nihoyat sevgani Lesterdan ajraladi. Lekin bunday og‘ir yo‘qotishlar uni umidsizlikka tushirmaydi. U yetim bolalarni asrab oladi va bundan so‘ngi hayotini ular tarbiyasiga bag‘ishlaydi.
Drayzerning «Amerika fojiasi» (1925) asari birinchi jahon urishidan so‘ng yozilgan monumental ikki tomli romandir. Asarning bosh personaji burjua-meshchan oilasidan chiqqan-bola Klayd Krifissdir. Klayd burjua jamiyatiga xos yuzsizlik, boyish yo‘lida har qanday vosilatardan foydalanish kabi yaramas illatlarni o‘zlashtira boradi. U tushgan mashina bir qizni bostib ketadi. Qamalish xavfi tugagach, Klayd bu yerni tashlab, boy amakisi yashaydigan shaharga boradi. Amakisining fabrikasida ishga joylashadi. O‘sha yerda qishloqdan kelib xizmat qilayotgan kambag‘al qiz Roberta Olden bilan tanishadi va unga uylanmoqchi bo‘ladi. Lekin ahvolini tuzatish maqsadida u boy qiz Sondra finchilini olishga intiladi. Lekin bo‘yida bo‘lgani aniqlangach, Roberta Klaydan o‘zini nikohlab olishni talab qiladi. Bu narsa uning uchun ko‘ngilsiz voqyea, yaoni maqsadlariga erishish yo‘lida katta to‘siq edi. Shuning uchun Klayd Robertani ko‘lda sayr qildirib yurib, suvga cho‘ktirib o‘ldiradi. Bu fojiali voqyeaning siri ochiladi va Klayd sud qilinib, elektr kursida jazolanadi.
Romanda Klayd Grifissda tug‘ilgan egoizm Amerika burjua jamiyati va uning zo‘ravonlikka asoslangan vaxshiy qonun-qoidalarining oqibati ekani ko‘rsatiladi. Undagi individullistik xirs Roberta Olden shuningdek Sondra Finchliga bo‘lgan munosabatda ham ko‘zga tashlanib turadi. Sondra yosh va chiroyli qiz, lekin Klayd uning go‘zalligi emas balki boyligi qiziqtiradi. Burjua dunyosining axloqi, boylikka sig‘inish kishining tabiiy xis tuyg‘ularini barbod etadi. .Bu narsa oddiy amerikalik yigit Klayd shaxsiyatida ochiq ko‘rinadi.
Klayd obrazi Dreyzer ilgari yaratgan Kerri, Kauervud va Vitli Obrazlariga o‘xshamaydi. Ular kabi favqulotdda kuchga ega bo‘lgan qudratli shaxslardan ham emas, balki oddiy amerikalikdir. Qoqyealar tasvirida ham o‘zgarish bor. Ilgarigi asarlarida sotsial motivlar bilan birga, biologik omillar maolum darajada o‘rin egalagan edi. Bu romanda esa, sotsial voqyealarning mohiyat to‘g‘ri talqin etiladi va real ko‘rsatiladi.
«Amerika fojiasi» voqyelikning keng qamrab olishi, ko‘tarilgan g‘oya va tanqidiy fikrning chuqurligi, badiiy mahoratning yuksakligi bilan jahon progressiv adabiyotining eng yaxshi realistik asarlari qatoridan joy oladi. Yozuvchining «Istak trilogiyasi Amerika adabiyotida tanqidiy realizmning eng yaxshi namunasidir. Kaupervard Balpzak yaratgan pulga uch, yuzsiz, oltin asosiga qurilgan dunyoning bosqinchilikdan iborat xarakterini aks etgan tipik obrazni eslatadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə