Jahon adabiyoti



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə90/110
tarix29.12.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#98024
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti

Bangladesh adabiyoti. Bangladesh adabiyoti tarixi va taraqqiyoti ham uning uzoq tarixi kabi Hindiston yarimoroli mintaqasidagi adabiy-badiiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq. Garchi Bangladesh sobiq Sharqiy Pokiston sifatida musulmon mamlakati va xalqi 97 foiz ko‘rsatkich bilan musulmonlardan iborat bo‘lsa-da, tarixiy sharoitlar taqozosi bilan bu yerda musulmon bo‘lmagan tarixiy siymolar ham baravar ulug‘lanadi, millat farzandi sifatida ardoqlanadi. Shulardan biri Nobel mukofoti sovrindori Rabindranat Tagor hisoblanadi. Asli millati bengal bo‘lgan R.Tagor hindu mazhabiga e'tiqod qilar edi, ammo o‘zining butun umri – 82 yil davomida Ona Bengaliya va Ona Hindistonni tarannum etdi, uning porloq kelajagiga so‘nmas umid bilan ishonib yashadi. Uning ko‘plab umidlari ro‘yobga chiqdi, ammo tirikligida ulardan birortasidan bahramand bo‘lolmadi. Bangladeshning yana bir buyuk farzandi musulmon bengal Qozi Nazrul Islom edi. Bangladesh davlatining madhiyasi ikkita bo‘lib, birinchisi rasman R.Tagor she'riga asoslangan bo‘lsa, ikkinchisi norasmiy tarzda Qozi Nazrul Islom she'riga bastalangan. Ammo katta-kichik rasmiy-norasmiy izdihomlarda har ikkala madhiya baravar ijro etiladi. Bundan tashqari Maykl Madhushudon Dotto, Shorot Chandr Chottopadhaya, Bonkim Chondro Chottopadhaya, Mir Mosharraf Xosseyn, Qozi Abdul Vadud, Shamsur Rahmon, Sayyid Shamsul Haq, Al-Mahmud, Aminur Rahmon, Jibanananda Das va boshqa adabiy siymolar zamonaviy bengal adabiyotining kashshoflari hisoblanadi. Jahon musulmon olamida she'ru g‘azallari madrasalarda qo‘llanma qilib o‘qitiladagan buyuk so‘fiy shoir, asli kelib chiqishi samarqandlik bo‘lgan Mirzo Abdul Qodir Bedilning ikkinchi ona yurti aynan Bengaliya edi.


Adabiyotlar ro‘yxati:

  1. “Sharq yulduzi” jurnali, 2015 yil, № 1.

  2. “Jahon adabiyoti” jurnali, 2015 yil № 2.

  3. “Jahon adabiyoti” jurnali, 2015 yil № 3.

22-MAVZU: LOTIN AMeRIKASI ADABIYoTI.
ReJA:


  1. Yüklə 0,76 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə