Jahon arxivlari tarixi



Yüklə 63,01 Kb.
səhifə6/7
tarix08.06.2023
ölçüsü63,01 Kb.
#116194
1   2   3   4   5   6   7
Jahon arxivlari tarixi

2.2 Respublika arxivlari.


Rim davlatining ravnaq topgan davridagi siyosiy va xo‘jalik hayoti esa, albatta, eng avvalo, davlat muassasalariningarxivlarida o‘z aksini topgan. Rim respublikasining muhim arxivi Senat huzurida tashkil etilgan va “Erariy” ya’ni xazina, g‘azna deb nomlangan. Ushbu nom shundan dalolat beradiki, hali hujjatlar boshqa moddiy boyliklar bilan birga bir joyda saqlanagan paytdayoq mazkur arxiv vujudga kelgan. Ushbu arxiv, Senat binosiga yaqin yerda o‘rnashgan Saturn ibodatxonasi xonalaridan birida joylashgan. Erariyga eng avvalo Senatning o‘zini faoliyatiga oid materiallar: majlis va yig‘ilishlar bayonnomalari, Senatda muhokama qilish uchun taqdim etilgan qonunlarning loyihalari ularga berilgan sharhlari bilan, Senat qarorlari yozishmalari va ovoz berishdan so‘ng tasdiqlangan dekret(qonuniy kuchiga ega bo‘lgan qaror, farmoyish)lar kelib tushgan. Vaqt o‘tgani sayin Erariyda Rimning chet el davlatlari bilan shartnomalari ham, ehtimol puni urushlariga tegishli hujjatlardan boshlab saqlana boshlangan; chunki Polibiy yozib qoldirgan ma’lumotga ko‘ra, u Erariydagi hujjatlar orasida Rimning Karfagen bilan tuzgan shartnomasini ko‘rgan1. Shu xususda Erariy asta-sekin fesiallar arxivi o‘rnini egallagan, chunki u joyda qadimgi shartnomalarni saqlash davom ettirilgan. Erariyga Senatning o‘ziga tegishli materiallardan tashqari, boshqa muassasalar va amaldor shaxslarning arxivlaridagi hujjatlar ham taqdim etilgan. senzorlar arxivlari har besh yilda o‘z arxivlaridagi ishlarni Erariyga topshirishgan. Tributlar va senturiatlar komitsiylaridan magistratlarni saylanishiga doir va qonunlarni ovoz berib tasdiqlashga doir materiallar ham Erariyga kelib tushgan. Va nihoyat, magistratlar, o‘z lavozimlarini tark etayotganlarida faoliyatlariga tegishli “dalolatnoma”larni taqdim etishlari lozim bo‘lgan1. Muassasalar o‘zlarini faoliyatiga tegishli barcha hujjatlarni emas, balki eng muhim hujjatlarni Erariyga topshirishgan. Hozirga qadar saqlanib qolgan manbalar, Erariyga topshirilgan kirish hujjatlarini tarkibi to‘g‘risida ma’lum bir darajada tushuncha beradi, biroq Erariy arxividan tashqariga jo‘natilgan chiqish hujjatlarini qayd etilishi shakli to‘g‘risida ma’lumotlar saqlanmagan.Qadimgi Rim respublikasida faoliyat yuritgan ayrim muassasalarga tegishli arxivlarning orasida boshqalarga nisbatan eng mashhuri senzorlar arxivi hisoblanadi. Mazkur mansabdor shaxslarning vazifalariga tegishli bo‘lgan arxivda, aholini tabaqalarga bo‘linishini hisobga olish va bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladigan harbiy harakatlarda qatnashadigan qurolli kuchlarning tarkibini belgilash bo‘yicha, shuningdek senzorlarning aholining yurish-turishlarini kuzatib borish va davlat mulklarini boshqarishni nazorat qilishlariga doir saqlangan. Binobarin: grajdanlarning toifalar va senturiyalar bo‘yicha tuzilgan ro‘yxati; mol-mulk va yosh senzini belgilash bilan bog‘liq bilan bog‘liq qasamyodlar, ma’lumotlar va bayonotlar; senatorlar, suvorilar, harbiy xizmat yoshidagi kishilar va o‘sib ulg‘ayayotgan erkak aholining ro‘yxati; grajdanlarning xulq atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; soliq ro‘yxatlari; davlat mulklarining majmui; davlat pudrati va ijarasiga doir shartnomalar kabi materiallar jamlab borilgan senzorlar arxivi Nimf ibodatxonasida joylashgan bo‘lib, u joyda saqlanayotgan materiallar juda ham muhim hujjatlar hisoblangan va ko‘pchilik shaxslarning manfaatlariga dahldor bo‘lgan. Masalan, Katilina fitnasi vaqtida, uning bir nechta qatnashchilari, ularning salbiy qilmishlariga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni yo‘q qilish maqsadida, behudaga qasddan Nimf ibodatxonasiga o‘t qo‘yishmagan. Patritsiylar bilan plebeylar o‘rtasidagi kurash davrida, yuqorida aytib o‘tilgan arxivlarning barchasi patritsiylar qo‘lida bo‘lgan, va plebeylar bu arxivlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lmagan. Biroq o‘zaro kurashlar davomida plebeylar serera ibodatxonasida o‘zlarining arxivini tashkil etishgan(u joyda miloddan avvalgi 494 yilda mashhur qasamyod qabul qilingan); u joyda plebeylar ayniqsa manfaatdor bo‘lgan hujjatlar saqlangan. Mazkur arxivga rim demokratiyasi manfaatlarini himoya qilgan vakillari – tribunlar va edillar o‘zlarining rasmiy hujjatlarini saqlash uchun topshirishgan. Miloddan avvalgi 449 yilda plebeylar Senat qabul qiladigan qarorlarning nusxalarini bundan buyon serera ibodatxonasi arxiviga topshirilishiga erishdilar. Bu bilan esa, senat faoliyatiga tegishli bo‘lgan hujjatlardan foydalanish taqiqlangan (maxfiylik) sharoitida amalga oshirilgan o‘z amalidan foydalanib suiistemolliklar orqasidagi jinoyatlar va o‘zboshimchaliklar hamda zo‘ravonliklarga barham berilgan. Endilikda esa tribunlar, Senat tomonidan ilgari tasdiqlangan qonunlar va qarorlarga binoan, Senatning va oliy magistrlarning harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Plebeylar davlatning barcha mansablariga kirish huquqiga ega bo‘lganlariga qadar serera ibodatxonasidagi arxiv o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Bu vaqtga kelib, Rim davlatining kuch-qudratini o‘sgani va uning chegaralarining kengayib borgani sari, davlat hokimiyatining muhim arxivi sifatida Erariyning ahamiyati ham yanada oshib bordi. Shu bilan bog‘liq holda miloddan avvalgi I asrda arxivning nomlanishida va turgan joyi bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi: endilikda Erariyning o‘rniga "tabulyariy" (tabule so‘zidan- xat yozish uchun cho‘p, qalam) deb nomlangan. Bu esa ko‘p jihatdan mazkur muassasaning faoliyatini hususiyatiga mos kelgan va uni ilgari davlat xazinasi bilan bir joyda saqlangani haqidagi xotirani o‘chirgan. Miloddan avvalgi 78 yilda u boshqa joyga, ushbu arxiv uchun maxsus qurilgan binoga ko‘chirilib joylashtiriladi, bu esa davlat apparatini mustahkamlanishi sharoitida, arxivlarni ibodatxonalarda saqlashning eski an’analaridan voz kechishni anglatgan Tabulyariy, hamon Senatning tasarrufida turgani holda, boshqalardan farqli ravishda alohida o‘rin tutgan, aniq soha bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadigan shaxsiy tarkibga ega va o‘ziga xos xususiyatga ega mustaqil muassasaning belgilariga ega bo‘lgan. Erariyni, keyinchalik esa Tabulyariyni, ya’ni davlat qadriyatlari saqlanadigan mazkur arxivni kvestor mansabidagi shaxs boshqargan. Biroq xuddi saylab qo‘yiladigan magistratlar singari, kvestorlarni har yilda almashtirilishi, ularning arxiv bilan aloqasini beqaror munosabatlarga aylantirdi: ular arxiv ishiga moslashishga va arxivlarning faoliyatini o‘rganishga ulgurishmagan. Tabulyariyda hal qiluvchi rolni, amaldorlarning rahbarlik qiladigan guruhi – skriblar (mirza-kotiblar, biroq ushbu an’anaviy atama o‘sha vaqtda oddiy ijrochilarni anglatmagan)egallashgan1. Aynan mirza-kotiblar arxivdagi barcha ishlarga boshchilik qilib, boshqarishgan va muassasalar hamda xususiy kishilarga beriladigan barcha ma’lumotnomalar va hujjatlarning nusxalari ularning qo‘lidan o‘tgan. Darvoqe, bu holat, manfaatparastlik, ta’magirlik va o‘zboshimchalik uchun keng imkoniyat ochib bergan, va behudaga skriblar poraxo‘rlar deb dong qozonishmagan. Egallab turgan mansablar ierarxiyasi bo‘yicha skriblardan keyin quyi pog‘onada tabulyariylar turishgan, tabulyariylar arxivdagi hujjatlarni saranjom-sarishtalik bilan asrash, ularni saqlovxonaga tartib bilan joylashtirish, zarurat bo‘lib qolganda kerakli hujjatlarni qidirib topish va ulardan nusxalar olish singari asosiy ishlarni bajarishgan. Skriblar va tabulyariylar, xuddi boshqa muassasalarning xizmatchilari singari, davlat amaldorlarining umumiy birlashmasiga mansub bo‘lgan. Bundan tashqari arxivlarda, yozuv ishlariga o‘qitilib o‘rgatilgan, davlat qullarining mehnatidan ham ko‘chirib yozuvchi, nusxa ko‘chiruvchi kotib, xat-hujjat tashuvchi chopar, xabarchi sifatida va jismoniy mehnat ishlarini bajarishda foydalanilgan. Arxiv materiallari, mum surtilgan yupqa yog‘och taxtalar va ularning bog‘lam dastalari, va papirusga yozilib, bir-birlariga yelimlab yopishtirilgan o‘rog‘lik xatlardan, hamda ayniqsa muhim hujjatlarni tuzishda ko‘proq ishlatiladigan pergament o‘ramlaridan iborat bo‘lgan. Pergamentdan, shuningdek, daftarlar va kitoblar ham tayyorlangan. Qadimgi Rimda faoliyat yuritgan tarixchi va huquqshunoslarning asarlarida birlamchi manbalardan dalillar keltirilgan, shularga ko‘ra, arxiv materiallari kitoblar shakliga keltirilgan. Ushbu kitoblar arxiv saqlovxonalarida muassasalar bo‘yicha, mansabdor shaxslar va hujjatlarning turlariga binoan taxlab, tizib terib qo‘yilgan ("Senat qarorlari kitoblari", "Senatning sharhlari va izohlari", "senator Agrippaning kitobi” va shu kabilar); ushbu turkumlarning orasidagi hujjatlar yilma-yil joylashtirilgan; kitoblar va varaqlarga raqamlar qo‘yib chiqish tartibi mavjud bo‘lgan. Aftidan, arxiv hujjatlarini inventarizatsiya(hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish) qilish shakli mavjud bo‘lgan, aks holda juda ko‘p materiallar orasidan kerakli hujjatlarni topishni imkoni bo‘lmas edi. Qadimgi Rim davlatining ijtimoiy hayoti va fuqarolarning turmush tarzida arxivlarning tutgan o‘rni va ahamiyati juda ham katta o‘rin egallagan. Muassasalar, magistratlar, poytaxtdan uzoqdagi shaharlar, ayrim fuqarolar ma’lumotlar olish uchun arxivlarga murojaat qilishgan. Arxivlar barcha darajadagi mansabdor shaxslarning faoliyatlariga tegishli, ham ularning foyda keltirgan, xuddi shuningdek, yomon, nojo‘ya xatti-harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlab qolgan. Aynan sitseron, “arxivlarda magistratlarni juvonrmarg, xalok qiladigan ayblov hujjatlari ham joy olgan” degan so‘zni aytgani bejizga emas. Umuman olganda, rim mualliflarining boshqa birortasi ham sitseron kabi tez-tez arxivlar va u joydagi hujjatloarga xizmat yuzasidan murojaat qilgan emas, chunki u huquqshunos sifatida ko‘p marotaba arxiv hujjatlari bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri kelgan. sitseronni davridagi sud muhokamasi jarayonlaridagi ko‘pchilik holatlarda, ayniqsa moliyaviy masalalarga bog‘liq ishlar ko‘rilganda, arxiv hujjatlariga murojaat qilishga to‘g‘ri kelgan. Shu ma’noda Sitsiliyaning noibi Verres tomonidan o‘z manfaatini ko‘zlab ta’magirlik va yulg‘ichlik hamda davlat boyligini talash va g‘azna pulini o‘g‘irlash holatlariga yo‘l qo‘yilgani uchun unga qarshi yuritilgan sud jarayoni materiallari qiziqarli hisoblanadi. sitseron, sud muhokamasi jarayonida Verresga qarshi davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etgan sitseron, Verres noib lavozimida xizmat qilgan viloyatda, Verres tomonidan yuritilgan daromad-harajat kitoblarini keltirib, dalillardan biri sifatida mazkur hujjatlardan foydalangan; sudga ushbu hujjatlarning nusxalari taqdim qilingan. sitseronning nutqida bayon etilgan, hujjatlardan nusxa olish tartibi bo‘yicha rasmiy marosim ham qiziqish uyg‘otadi. Bu marosimga “okrugda yashovchi eng yaxshi insonlar” jalb etilgan, «kitoblardagi barcha harflar va dog‘lar, o‘chirib yozilgan (tuzatilgan) joylar sinchiklab, puxtalik bilan nusxalarga ko‘chirilib, kiritib qo‘yilgan; so‘ngra barchasi aniq va vijdonan o‘qib berildi, solishtirildi va to‘la hurmatga loyiq insonlar tomonidan muhrlangan»1. Verres yuritgan kitoblar uning vijdonsiz va noinsof davlat xizmatchisi bo‘lgani to‘g‘risida bevosita dalil sifatida xizmat qiladi – sitseron o‘zining ayblov nutqida dalillar keltirib ta’kidlagan: «Qo‘limdagi kitoblardagi yozuvlarni ustidan olib borgan surishtiruv – tekshirish ishlari vaqtida, men kitobdagi yozuvlarni ba’zi bir joylari sal pal qirib tushirilganini, tozalanganini, kitobga yangi yozuvlar tushirilganini payqab, sezib qoldim...». Ko‘pincha hujjatlarni qalbakilashtirish, qalbaki(soxta) hujjatlar tuzish holatlari bilan to‘qnashgan sitseron, ushbu hujjatlarning ishonchli, asl hujjat ekanligiga juda ehtiyotlik bilan munosabat bildirgan, va umidsizlikka tushib, xafsalasi pir bo‘lgan daqiqalarda arxivlarni “Qalbaki hujjatlar fabrikasi” deb atagan. Amalda skriblarning faoliyatini hech kim nazorat qilmaganini nazarda tutib, sitseron: “Bizdagi qonunlar hech qanday qo‘riqlanmaydi, va bizning apparitores nimani hohlasa, o‘sha qonun bo‘ladi” deb gapirgan. Albatta, bu so‘zlarda ma’lum darajada oshirib yuborish bo‘lsada, biroq bu so‘zlarda arxivlarning ichki faoliyati ustidan nazorat olib borishda qiyinchiliklar bo‘lganligi o‘z aksini topgan1. Arxivlardan nafaqat amaliy maqsadlarda foydalanishgan, balki ularga davlat va tarixiy bilimlarning manbalari sifatida ham murojaat qilishgan. Qadimgi Rim davlati arxivlaridagi hujjatlar yuristlar, tarixchilar, davlat xizmatiga kirishga va siyosiy faoliyat yuritish uchun o‘zlarini tayyorlagan kishilar tomonidan ham o‘rganilgan. Masalan, Katon Kichik, magistrat lavozimini egallashga tayyorgarlik ko‘rgan vaqtida, bir necha yil davomida davlat daromadlari va xarajatlarini o‘sishi sur’atini tub mohiyatini o‘zi uchun aniqlash maqsadida ularning ro‘yxatidan Erariyda nusxa ko‘chirgan. Tatsit esa Erariyda rim qonunchiligini ya’ni qonunlar tuzish va chiqarish tarixini o‘rganib chiqqan; Tatsit, boshqa rim tarixchilari - Tit Liviy, Polibiy, Svetoniy singari, o‘zining tarixiy asarlari uchun bir necha marta Erariydagi hujjatlardan ma’lumotlar olib, yig‘ib, to‘plagan va o‘z asarlarida yoritgan. Bu holatda vijdonli va malakali tarixchilar o‘zlarining ma’lumotlarida arxiv manbalarini ham keltirib o‘tishgan – «Magistratlar kitoblari», «Qaysidir yildagi Senat kitoblari» va shu kabilar. Tarixchilar tomonidan kohinlar arxivlari materiallaridan ham foydalanilgan: fesial arxivlarida saqlanayotgan pontifiklar annallari, qadimgi shartnomalar shular qatoriga kiradi.

Xulosa

Rimda arxivlarni shakillanishi tarixda miloddan avvalgi V-III asrlar muhim o’rin tutadi. Chunki bu davrlarda nafaqat Rimda, balki butun dunyo davlatlari bo’yicha ilk bor respublika boshqaruv tizimi o’rnatildi. Albatta bu tizim hozirgi kundagi respunlika boshqaruvidan farq qilsa ham o’sha davr siyosiy hayoti uchun katta voqea edi. Bu davlatda o’rnatilgan davlat boshqaruv organlarini keyinchalik boshqa davlatlar ham o’z boshqaruvlarida qo’llashgan. Rimda respublika boshqaruvining o’rnatilishi oddiy aholi turmush darajasiga ham ta’sir etgan. Xususan patritsiylar va plebeylar huquqlarining tenglashtirilishi, har ikkala toifaning ham davlat lavozimlariga saylana olishi mumkinligi bunga misol bo’la oladi. Respublika boshqaruvining o’rnatilishi jamiyatning ijtimoiy, siyosiy hayotidan tashqari iqtisodiy va madaniy sohalariga ham ta’sir etgan. .Jumladan, mil.avv. VI–V asrlarda etrusk shaharlarida savdo-hunarmandchilik gullab-yashnadi. Ayniqsa, metallurgiya va metallga ishlov berish, kulolchilikda etrusklar katta yutuqlarga erishganlar. Etrusk va kampan jez idishlariga Bolqon Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Mil. avv. VI–III asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik markazlari Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, Adriya va Spina edi. Rimning savdo ahamiyati o‘sdi. Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning markazi Volsiniya va Latsiyaning 4 viloyat bilan tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilgan.Aynan bu davrda tashqi savdo yuksalgan. Savdo asosan suv yo‘li bilan amalga oshirildi. Mil.avv. VI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr daryosi boshlanishida Rimning Ostiya portiga asos solingan. Madaniy hayotda esa mil.avv. IV–III asrlarda Rim shahrida obodonchilik, qurilish ishlari avj olgan. Katta xarajat talab qilgan qimmat, lekin foydali inshootlar qurildi: Italiyaning turli hududlarida a’lo yo‘llar, jumladan, mashhur Appiy yo‘li, Rimdagi suv quvuri qurildi. Botqoq yerlar quritilib, ekinzorlarga aylantirildi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, miloddan avvalgi V-III asrlarda insoniyat sivilizatsiyalar tarixida yana bir pog’ona oldinga ko’tarildi. Buni Rim tarixi misolida ushbu mavzuda o’rgandik desak xato bo’lmaydi.


Jahon sivilizatsiyalari tarixi, ularning vujudga kelishi, rivojlanishi va inqirozi masalalarini bizning fikrimizcha, muhim ijtimoiy – siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan muammo deb qarash va uni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida o'rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir. Biror-bir davlat tarixiga oid voqealarni o’rganish faqat o’sha davlat yoki unga qo’shni bo’lgan davlatlar fuqarolariga emas balki butun insoniyatga taalluqli deb hisoblaymiz. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham quyidagi so’zlarni aytib o’tgan edi: “Jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalaridan bugungi kunda foydalanish. yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik mamlakatimizda buyuk jamiyat qurilishini va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimizni tezlashtiradi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqur o‘rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqaddas burchimizdir.”



Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə