Jahon arxivlari tarixi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 63,01 Kb.
səhifə2/7
tarix08.06.2023
ölçüsü63,01 Kb.
#116194
1   2   3   4   5   6   7
Jahon arxivlari tarixi

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Rim tarixini o‘rganish uyg‘onish davridan lotin va yunon matnlarini to‘plash va chop etishdan boshlandi. Antik mualliflarning asosiy asarlari XIV–XVI asrlarda izlab topildi. XVII asr oxirida fransuz olimi Abbat Tillemonning 16 tomli «Cherkov tarixi» kitobining 6 tomi Rim imperiyasi tarixiga bag‘ishlangan. XVIII asrda fransuz olimi Monteske «Rimliklarning buyukligi va halokati to‘g‘risida mushohadalar» asarini Rim tarixini tahlil qilishga bag‘ishladi. Eduard Gibbon (1737–1794-yillar) «Rim imperiyasining tushkunligi va yemirilishi» nomli asarida Rim tarixini Antoninlar davridan Konstantinopolning halokatigacha – 1453-yilgacha tasvirladi. Bu asar juda ko‘p manbalar asosida yaratilgan. Navbatdagi asar Bartold Georg Niburning (1776–1831-yillar) 3 tomli «Rim tarixi» bo‘lib, asar jamoa davridan birinchi Puni urushigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Teodor Mommzen (1817–1903-yillar) 3 tomli «Rim tarixi», 3 tomli «Rim davlat huquqi» asarlarini yozdi. Birinchi asarda Rim hayotining barcha tomonlari yoritiladi, asosiy e’tibor siyosiy tarixga qaratiladi. Ikkinchi asarda Rim davlat muassasalari (magistratura, komisiyalar, senat, munisepial kengashlar) tizimli yoritiladi. XIX–XX asrlarda E.Meyer, E.Paysa, G.Ferrero va boshqa olimlarning asarlarida Rim tarixining turli muammolari yoritiladi. Bu asarlarda Rim davlati va jamiyati taraqqiyoti masalalari bo‘yicha turli konsepsiyalar ilgari suriladi. «Kembrij qadimgi tarixi» ko‘p jildli kitobning VII tomidan Rim tarixi bayon qilinadi. IX jilddan XII jildgacha to‘la qadimgi Rim tarixiga bag‘ishlangan.
Kurs ishining obyekti Qadimgi Rim Davlati arxivlarining tarixiga oid adabiyotlar, aniq faktlarga asoslangan holda Qadimgi Rim davridagi arxivlarni mavzusini yoritish.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Ma’lumki, Rim juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma-xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash, falsafiy oqimlarga boy, jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Rim arxivlarini o’rganishning maqsadi ham tarixni yoritish, jamiyat hayotidagi o‘rnini ko‘rsatib berish, talabalarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, arxiv ishi tarixi hamda tarixiy taraqqiyotini ilmiy-nazariy tahlil etish, arxivlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi o‘rni hamda arxivlarga nisbatan maqsadli yo‘naltirilgan jamoatchilik fikrini shakllantirishdan iborat.



Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə