Jahon arxivlari tarixi



Yüklə 63,01 Kb.
səhifə5/7
tarix08.06.2023
ölçüsü63,01 Kb.
#116194
1   2   3   4   5   6   7
Jahon arxivlari tarixi

2.1 Senat arxivi faoliyati.
Qadimgi Rimning ijtimoiy tuzumi masalasida aytish mumkinki, qabilalar— «tribalar» urug‘lar, ya’ni «kuriya»lar birlashmasidan tashkil topgan. Har bir kuriyada o‘ntadan urug‘, tribada esa o‘ntadan kuriya bo‘lgan. Shunday qilib uchta tribadan har birida yuztadan urug‘, butun jamoaning aholisi esa uch yuzta urug‘dan iborat bo‘lgan. Urug‘ birlashmalariga kirgan grajdanlar dastlab jamoa a’zolari bo‘lib hisoblangan. Ular aholining o‘z otalarini bilgan asosiy qismni tashkil etgan. «Patritsiy»lar, ana o‘shalardir1. Dastlab faqat ular to‘la huquqli grajdanlikni tashkil etgan.
Har bir urug‘ning alohida nomi bo‘lgan, urug‘ birlashmasining har bir a’zosi o‘z oti va o‘zining yoki oilaning laqabi bilan birga urug‘ nomi bilan ham atalgan. Shuning uchun ancha keyingi tarixiy davrlarda ham rimliklarning nomlari uch qismdan iborat bo‘lgan. Masalan, Gay Yuliy sezar: Yuliylar urug‘i, sezarlar oilasidan chiqqan Gay va hokazo. Har bir urug‘ning boshlig‘i oqsoqollar kengashiga—senatga a’zo bo‘lib kirgan. Senat sud vazifasini ham bajargan. Rim jamoasi dastlab uch yuzta urug‘dan tashkil topganligidan eng qadimgi zamonlarda senat ham uch yuz senatordan iborat bo‘lgan. Senat o‘ziga umrbod yo‘lboshchi («gex»—«podsho») saylab qo‘ygan. Podsho senatda raislik qilgan, butun jamoa nomidan xudolarga qurbonliklar bergan va grajdanlar lashkari—«legion»ga boshchilik qilgan. Qo‘shni xalqlar bilan urush qilish yoki sulh tuzish, senatning qarorlarini tasdiqlash va boshqa shu kabi muhim masalalar kuriyalarning vakillari majlisiga («kuriyalar komitsiyasiga») qo‘yilgan. Zamon o‘tishi bilan urug‘ga qarashli chek yerlarga egalik qilgan, zahira ekin yerlari— aset («jamoat dalalari»)ni o‘zaro bo‘lib olgan va shahar lashkarini tashkil qilgan patritsiylar, ya’ni eski grajdanlar bilan birga erkin aholining
boshqa tabaqasi—«plebey»lar paydo bo‘lgan. «Plebey» nomini tadqiqotchilar «rleo», ya’ni «men to‘ldiraman» degan fe’ldai olingan deydilar1. Plebeylar patritsiylarning urug‘ birlashmasiga kirmagan. Qadim zamonlarda plebeylar shahar yeriga egalik qilish huquqidan mahrum bo‘lgan, yosh patritsiylarga o‘xshab ular jamoat dalalarida zapas yerlardan ham chek ololmagan. Plebeylarning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullangan, ba’zilari ayrim patritsiylar yoki butun urug‘ homiyligiga o‘tib o‘z homiylari («patron»lari) dan chek yer olgan. Bu qaram kishilar («klient»—«mushtari»lar) patronga, ya’ni xo‘jayinga itoat qilishi, urush vaqtida ham, tinchlik paytlarida ham xo‘jayini bilan birga uni kuzatib yurishi, omma oldida uni e’zozlashi loezim bo‘lgan. Eng qadimgi Rim tarixining hozirgi zamon tadqiqotchilari fikricha aholining plebeylar tabaqasi qisman Rimga ko‘chib kelgan erkin kishilardan, qisman ozod qilingan qullardan va qisman rimliklar Rimga ko‘chib kelishga majbur etgan qo‘shni
shaharliklardan tashkil topgan. Plebeylar grajdanlik huquqidan foydalanmagan, ammo zamon o‘tishi bilan ular Rim harbiy lashkari safiga jalb qilina boshlagan.
Qullar Rim aholisining quyi tabaqasini tashkil etgan. Ularning ko‘pi harbiy asirlardan bo‘lib, boshqalari qo‘shni qabilalardan yoki chetdan kelgan qulfurush savdogarlardan sotib olingan. Nihoyat, qullar qatorini asoratga solingan kishilar to‘ldirib turgan. Qadimgi sud odatlariga ko‘ra don, chorva, yoki biron qurol-asbob, yo bo‘lmasa (birmuncha keyingi davrlarda) qadimgi Italiyada pul o‘rnini bosgan misni qarz olgan kishi olgan hamma narsasiga yana ma’lum protsent qo‘shib qarz bergan kishiga muddatida qaytarib berishi lozim bo‘lgan. Aks holda qarz bergan kishi qarz olganni sud oldiga olib kelishga va qarz olgan narsalarni qaytarib berishni yoki qarz evaziga biron boshqa narsa to‘lashni — bolalarini, xotinini va nihoyat qarzdorning o‘zini ham qul qilib sotishni talab qilishga haqli bo‘lgan. Qullarning ko‘pi qarzlarni va qarzlarpipg protsentini o‘z vaqtida to‘lashga qurblari yetmaganligi
sababli, oila a’zolari yoki ularning o‘zlari qullar qatorini to‘ldirib borganlar.
Qarz huquqining ana shunday shafqatsiz bo‘lishidan plebeylar norozi bo‘lgan. Rim va uning oblasti etrusklar hukmronligi ostiga tushib qolgandan keyin plebeylariipg norozilygi ayniqsa kuchaygan. Hozirgi zamon tadqiqotchilari eramizdan avvalgi VII asrda Tarkviniy shahrining etrusk hokimlari Rimni o‘zlariga bo‘ysundirgan deb hisoblaydilar. So‘nggi Rim podsholari (Tarkviniy Prisk, Serviy Tulliy, Tarkviniy Superb) haqiqiy shahslar bo‘lgan deyishga asos bor, ammo ularning afsonaviy ta’riflaridagi konkret tafsilotlar keyinchalik to‘qilgan bo‘lishi ham mumkin. Tarixiy ma’lumotlar eramizdan avvalgi VI asr o‘rtalarida muhim islohot yuz berganini ta’kidlaydi, bu islohotni Serviy Tulliy podsho amalga oshirgan deyiladi. Serviy Tulliy islohotlariga doir manbalardagi hujjatlargako‘ra, Tit Liviyning . aytishicha Serviy Tulliy xalq majlisida plebeylarning ishtirok qilishiga yo‘l ochib bergan. Serviy Tulliy eski tribalarga bo‘linishni tashqi nazarda saqlab qolgan bo‘lsa-da,ularni qabilalar ittifoqidan territorial bo‘laklarga aylantirgan. U faqat ma’muriy okrug bo‘lgan to‘rtta territorial triba ta’sis qilgan. Keyinchalik, eramizdan avvalgi I asrda bunday tribalarning soni 35 taga yetgan. Plebeylarning Rim lashkari saflariga kirishlariga go‘yo yo‘l qo‘ygan Serviy Tulliy kuriyalar bo‘yicha chaqiriladigan qadimgi grajdanlarning majlisini saqlagan holda harbiylar
majlisini — «Senturiya komitsilari»ni barpo qilgan. Harbiylar mulkiy belgilariga qarab besh toifaga bo‘lingan. Mulki 100 ming mis ass turadigan eng badavlat kishilar birinchi toifaga kiritilgan. Ular to‘la qurollangan 18ta otliq va 80 ta piyoda yuzlik berishi lozim bo‘lgan. Mulki ozroq (75 ming ass) bo‘lgan grajdanlar ikkinchi toifaga mansub bo‘lib, ular sal yengilroq qurollar bilan qurollanib, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi toifalarga kiradigan (50 ming, 25 ming va 12,5 ming ass) grajdanlar esa yengil qurollar bilan qurollanib qo‘shinda o‘zlari xizmat qiladigan bo‘lgan. senturiyalar komitsiyasida ovozlar yuzliklar («senturiya» — yuzlik) bo‘yicha berilgan1. Bir yuzlik bitta ovozga ega bo‘lgan. Dastlab birinchi toifa grajdanlaridan fikr so‘ralgan, ular (yuzliklar soni hisobidan) 98 ovozga molik ekan, ammo qolgan toifalarning hammasi 95 ovozga ega bo‘lgan. Eng kambag‘al grajdanlar eng keyingi toifaga birlashgan. Ular rgolez lar, ya’ni «bola-chaqasidan boshqa hech nimasi yo‘q» kishilar («proletarlar») deb atalgan. Ular harbiy xizmatga yaqinlashtirilmagan.
Aholining eng badavlat qismidan iborat birinchi toifa yuzliklarida odam ko‘p bo‘lmagan, ko‘pincha har bir yuzlik o‘n—yigirma kishidan iborat bo‘lgan. Aksincha kyoyingi sinflarning har bir yuzligidagi grajdanlar soni yuzdan ancha ortiq bo‘lgan, so‘nggi senturiyada esa (proletarlar) to‘rt mingga yetgan. Tarix, notiqlik san’ati, falsafa, geografiya, huquqshunoslik va matematika bilan qiziqqan Rim adibi Mark Terensiy
Varron (eramizdan avvalgi 116—27-yillar) o‘z zamonining eng
mashhur olimi bo‘lgan. Ko‘p rimliklar singari u ham eramizdan
avvalgi I asrda yuz bergan qizg‘in voqealar ichida qaynagan. Senat partiyasi tarafdori bo‘lmish Varron Pompey tomonida turib grajdanlar urushida qatnashgan, ammo sezar uni kechirgan va uning topshirig‘i bilan Varron Rimda xalq kutubxonasini tashkil qilgan.
Varron grajdanlar urushi tamom bo‘lgandan keyin qolgan
butun umrini ilmiy ishga bag‘ishlagan. Uning «Qadimgi yodgorliklar»i ensiklopediya xarakteridagi katta asardir. U lotin tilini tadqiq qilgan, o‘z zamonidagi urf-odatlarii mazax qiluvchi satira yozgan. Afsuski, Varronning juda ko‘p asarlaridan faqat ba’zi birlari: «Lotin tili to‘g‘risida» va dalachilik, bog‘dorchilik, tomorqa xo‘jaligidan qo‘llanma bo‘lgan «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida»gi ilmiy asarlarigina bizning zamonimizgacha saqlanib kelgan. Varronning keyingi bu asarida dalachilik xo‘jaligi to‘g‘risida, yangi ekin (bug‘doy, polba, ya’ni bug‘doyning bir navi) to‘g‘risida ma’lumotlar bor, unda qishloq xo‘jalik mehnat qurollari ta’riflab berilgan. Asarda tokchilik, bog‘dorchilik, yaylov chorvachiligi, parrandachilik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Varronning imenieda ish kuchi —erkin kuchlar va qullardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlari katta qimmatga
egadir. Tarixchi qulga gapiradigan mehnat quroli sifatida antiqa tavsif bergan. Varronning bu ilmiy asari Italiyaning eramizdan avvalgi
1 asr qishloq xo‘jaligini o‘rganish uchun maroqli manbadir. Bu asardagi ma’lumotlarni Katonning «Dehqonchilik to‘g‘risida»gi
asarida berilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘rilganda eramizdan avvalgi II va I asrlarda Italiyadagi o‘rtacha imeniening
evolyusiyasini, shuningdek ishlab chiqarishning quldorlik usuli
rivojlanishidagi asosiy yo‘lni aniqlashga imkon tug‘iladi.
3. Rim imperiyasi davrining tarixchilari. Prinsipat davrida o‘z zamoni va Rim respublikasining so‘nggi asr tarixini yozgan lotin va grek adiblari yashagan. O‘zlari yashagan zamondagi siyosiy hayotni tasvirlab asar yozgan dastlabki lotin mualliflaridan biri Velley Paterkuldir
(taxminan eramizdan avvalgi 20- va eramizning 30-yillari). Harbiy xizmatchi hamda Avgustning o‘gay o‘g‘li va vorisi
bo‘lmish Tiberiyning yaqin kishisi Velley Rimning o‘tmish tarixiga qisqacha obzor berib, Avgust prinsipati va u idora qilgan dastlabki yillarning harbiy va siyosiy tarixini xayrihohlik bilan mufassal bayon qilgandir. Iosif Flaviyning (taxminan 37—90-yillar) adabiy faoliyati eramizning I asriga mansubdir. Ellinlashgan yahudiy zodagonlaridan kelib chiqqan, Rimga
qarshi qo‘zg‘olonda ishtirok qilgan Iosif Flaviy keyinchalik
rimliklar tomoniga o‘tib ketib imperator Vespasianning yaqin
kishisi bo‘lib qolgan. Iosif Flaviy grek tilida «Yahudiylar
urushi tarixi», «Tarjimai hol» va «Yahudiylar arxeologiyasi»
ni yozgan. Iosif Flaviy o‘z asarlarida o‘z vatanining ellinistik va Rim davri tarixini mufassal tasvir qilgan. U eramizdan avvalgi I asrda bo‘lib o‘tgan grajdanlar urushi davri to‘g‘risida, Avgust va vorislarning sharqiy viloyatlarga va qo‘shni davlatlarga (Armaniston, Parfiyaga) nisbatan olib borgan siyosatlari to‘g‘risida muhim tafsilotlarni aytib bergan1. Rimda eramizning 41 yilida respublika tuzumini tiklash yo‘lidagi urinishlar to‘g‘risida bergan ma’lumotlari g‘oyat muhimdir.
Korneliy Tatsit (taxminan 54—120-yillar) bu davrning eng
mashhur tarixchilaridandir. Zodagon suvori oilasidan chiqqan
Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bo‘lgan. U mashhur
lashkar boshi Yuliy Agrikolaning yaqin do‘sti bo‘lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit imperatorning qahridan qo‘rqib bir necha vaqtgacha surgunda yurgan. Domitsian halok bo‘lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytgan, So‘ng u senator bo‘lib olib, magistraturada buyuk lavozimii egallab kelgan. Uning adabiy faoliyati ham ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68-yilidan to 96-yiligacha bo‘lgan davrni
ichiga olgan «Tarixlar» ni, Avgustning o‘limidai (eramizning 14-yili) Neronning halokatigacha (eramizning 68-yili) bo‘lgan davrning «Yilnomalar»ini, shuningdek «Germaniya» nomli kichikroq asarini yozgan. Tatsit bu so‘nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi tuprog‘idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining etnografiyasini mufassal bayon qilgan1. Tatsit o‘z asarlarida, ayniqsa «Yilnomalar»ida Rimning
o‘tmish respublika davrini ko‘klarga ko‘tarib maqtagan bo‘lsa,
o‘z zamonasining siyosiy tartibotini, Yuliy — Klavdiylar sulolasidan bo‘lgan imperatorlarningo‘zboshimchaligi va istibdodini qattiq qoralab yozgan. Tatsit siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u
o‘zining bayon qiladigan materialini asl hujjatlar asosida
sinchiklab o‘rganib chiqqan. «Yilnomalar»ida keltirilgan
nutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya ma’lumotlari
bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib qolgan. «Tarixlar»ining uchdan bir qismigina saqlangan. «Yilnomalar»ining ko‘p qismi saqlanmagan. Shunday bo‘lsa-da, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixi to‘g‘risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi. Svetoniy Trankvilla (taxminan 70—160-yillar) asarlari
Tatsit qissalariga muhim qo‘shimchadir. Pretoriy tribunning
farzandi, advokat va bir necha vaqt davomida imperator Adrianning kotibi bo‘lmish Svetoniy joyidan mahrum bo‘lgandan keyin adabiy ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. U o‘z asarlarini kitobxonlarga manzur va mashhur qilish uchun xilma-xil mavzularda, shu jumladan mashhur arboblarning tarjimai hollarini ham yozgan. Uning asarlaridan eng mashhuri (Yuliy sezardan tortib Domitsian Flaviygacha) «O‘n ikki sezarning hayot qissasi»dir. Svetoniy siyosiy voqealarning borishini muntazam suratda
bayon qilishga urinmagan. U tasvir qilingan shaxslarning urf-odatlarini, ularning illatlarini xarakterlab bergan; u yozgan
tarjimai hollar latifanamo materiallar bilan to‘ldirilgan.
Lekin Svetoniy imperator arxividan foydalanib ish qilgani
tufayli, uning asarlarida mayda-chuyda narsalar bilan birga
eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixining muhim xislatlari to‘g‘risida ilmiy tasavvur paydo qilish uchun qimmatli
faktik materiallar ham bor.Plutarx ham tarixiy tarjimai hollar janrida yozgan. Lekin u yozgan tarixiy tarjimai hollardan faqat ikki imperatorning — Oton bilan Galbaning hayot qissalarigina saqlangan. II asr bilan III asr o‘rtalarida (155-taxminan 235-yillar) qadim zamonning mashhur tarixchisi Dion Kassiy yashagan. U Nikiyada tug‘ilgan. Buvasi Dion Xrisostom mashhur notiq va adibdir. Dion Kassiyning otasi Rim senatori va viloyatlardan birida noib bo‘lgan. Dion Kassiyning o‘zi ham senat a’zosi bo‘lib, viloyatlarda noib va imperiyada katta ma’muriy lavozimlarni egallagan. Qarigandan keyin o‘z vataniga qaytib kelib, qadimgi zamonlardan to eramizning 235-yiligacha bo‘lgan davrni ichiga olgan mufassal «Rim tarixi»ni yozgan. Grek tilida yozilgan bu g‘oyat katta asardan ayrim parchalargina saqlangan. Dion Kassiy asarlaridan ba’zilari Vizantiyada yozilgan konspektlar tarzida davrimizgacha yetib kelgan. Avgust prinsipati bayoniga doir bo‘limlar juda qiziqarli bo‘lish bilan birga, eramizning I—II asrlaridagi Rim imperiyasining tarixiy taraqqiyoti asoslariga oid umumiy bayonlar ham hozirgi zamon tarixchisi uchun qimmatli material bo‘lib xizmat qiladi. Eramizning III asrida yuz bergan siyosiy tanglik adabiy mashg‘ulotlarga qulaylik bermagan. IV asr boshlarida imperiyaning siyosiy birligi tiklangandan keyingina yangi tarixiy asarlar paydo bo‘la boshlagan. «Avgustlar tarixini yozgan adiblar» to‘plami o‘sha davrdagi asardir. Bu to‘plamda imperator taxtini egallagan yoqi egallashga uringan hamma shaxslarning (hajmi, mazmuni va uslubi xilma-xil) tarjimai hollari kiritilgan.To‘plamga kirgan ocherklar bayoni g‘aliz, yuzaki va umuman primitiv bo‘lsa-da, III asrdagi imperiya krizisi davridagi ba’zi
paytlar to‘g‘risida ko‘pincha yozma hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Suriya Antioxiyasidan chiqqan grek Ammian Marsellin (taxminan 330—400-yillar) antik dunyoning mashhur tarixchisidir.
Zodagon oiladan chiqqan Marsellin yigitlik yillarini harbiy xizmatda o‘tkazgan. U Yulian Murtad armiyasining Eronga qarshi urushida va boshqa urush harakatlarida qatnashgan. Harbiylikdan bo‘shagandan keyin Tatsitning asarini davom ettirishga qaror qilib «Amallar» degan nom bilan katta asar yozgan. Marsellining asari 96- yildan 378- yilgacha 'bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. U siyosiy tarixni, ayniqsa harbiy tarixni mufassal bayon qilgan. Hozirgi vaqtgacha muallif asarining faqat tarixchi o‘zi yashagan zamondagi voqealarni tasvirlagan ikkinchi yarmi( 354—378-yillar) saqlangan xolos. Marsellin Rimning tarixiy roliga g‘oyat yuksak baho berib,
Rim jamiyati va davlatining tanazzul xislatlarini g‘oyat afsuslanib ta’kid qilgan. Bu tanazzulning sababini u Rim zodagonlarining haddan tashqari illatlari, tantiqligida, fisq-fasodida deb bilgan. U ayniqsa saroy ahillarini va imperatorlarning o‘zlarini qattiq tanqid qilgan, IV asrning 70-yillar oxirlarida Rim imperiyasi boshiga tushgan kulfatlar uchun
o‘shalarni javobgar deb hisoblagan. O‘z davrining vakili bo‘lmish Marsellin tarixiy voqealarga «taqdir»ning ta’sir etishiga ishongan, irimga ishongan, lekin uning bu kamchiliklari asarlarining ahamiyatini kamsita olmaydi, uning asarlari Rim imperiyasining tanazzul davridagi tarixining yorqin manbai bo‘lib qolaveradi. Geograflar (Strabon, Pomponiy Mela, Klavdiy Ptolemey)ning asarlarida Rim imperiyasi tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor.
I asrning ensiklopedisti — Katta Pliniyning «Tabiiy tarix»ida muhim material bor. Kichik Pliniy (I asr oxiri II asr boshlari) yozishmalarida, imperatorlar sharafiga aytilgan «madhiyalar»da, badiiy adabiyot asarlarida, qonunlar majmualarida ham muhim ma’lumotlar bor. IV asrda xristian adiblarining ham asarlari paydo bo‘la boshlagan.

Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə