Jahon arxivlari tarixi



Yüklə 63,01 Kb.
səhifə3/7
tarix08.06.2023
ölçüsü63,01 Kb.
#116194
1   2   3   4   5   6   7
Jahon arxivlari tarixi

Kurs ishining ahamiyati. Turli manba va adabiyotlarni tahliliy solishtirish va qiyoslash vositasida Rim davlatini tarixiy hayot tarsi va hozirgi kunda ularning tarixini o’rganishda amalga oshirilayotgan keng va tizimli islohotlar, hamda ularning samaradorlik darajasi haqida atroflicha ma’lumotlar shakllantiriladi, tarixiy hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish va bugun va o’tmish amaliyotidagi yutuq va kamchiliklarning, shuningdek, barcha iqtisodiy, siyosiy va madaniy bosqichlari haqida to‘liq va batafsil ma’lumotlar beriladi.


Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, to‘rtta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi – 35 bet.


    1. Rimda dastlabki arxivlarning vujudga kelishi.

Eramizdan avvalgi II ming yillik oxirlari va I ming yillik boshlarida Italiya aholisining (ayniqsa janubda va markazda yashovchi aholining) sharqiy O‘rtaer dengiz mamlakatlari bilan savdo va madaniy aloqalari doimiy bo‘lgan. Eng qadimgi mikena yozuvlariga o‘xshagan qisqacha yozuvlar («graffit») solingan grek idishlarining qoldiqlari
ana shu aloqalardan guvohlik beradi.Qadimgi Italiya xalqlari orasida eng rivoj topgan etrusklar bo‘lgan (rimliklar ularni «tusklar» deb, greklar «tirrenlar» deb,o‘zlarini esa ular «rasenlar»deb ataganlar). Eramizdan avvalgi VIII—VI asrlarda etrusklar Apeinin yarim orolining anchagina qismini band qilib yashaganlar. Ularning shaharlari Padus daryosinint quyi oqimida delta va janubiy sohildan tortib Italiyaning g‘arbiy qirg‘oqlarigacha, Arnus daryosining dengizga quyadigan etagidan tortib Tibr daryosi qirg‘oqlarigacha tarqoq holda joylashgan bo‘lgan. Bundan tashqari etrusklar Qorsika orolining sharqiy sohillarini, Ilva orolini va Kampaniyaning bir qismini ham ishg‘ol qilganlar. Ular
ittifoqqa birlashgan mustaqil shaharlarda jamoa bo‘lib yashaganlar. Ittifoqlar siyosiy birlashma bo‘lishdan ko‘ra diniy
birlashma xarakterida bo‘lgan1.
Eramizdan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalaridayoq etrusklarning o‘z yozuvlari bo‘lgan. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, ular o‘z alfavitlarini finikiyaliklar alfaviti asosida tuzganlar. Juda ko‘p Etrusk yozuvlari (9 mingtacha) saqlangan. Ammo filologlarning zo‘r
berib qilgan harakatlariga qaramay, hozirgacha bu yozuvlar to‘la o‘qib chiqilgan emas. Etrusklarning tili ham o‘rganilmagan.
Yozuvlari o‘qib chiqarilgan biron qadimgi tildagi tarjimasi bilan etrusk yozuvlari hozirgacha topilgani yo‘q, shuning uchun ham bu yozuvlarni o‘qib chiqish qiyin bo‘lyapti. Faqat keyingi yillarDagyana Tirren dengizi sohilida Tibr daryosining etagidan shimoli-g‘arb tomonda joylashgan Port shahri Pirgidagi qadimgi etrusk ibodatxonalaridan birining xarobalarini qazish paytida uchta oltin lavha topildi, u lavhalarda mazmuni bir xil etrusk va finikiy tilida yozuvlar bor. Mana shu lavhalar etrusk yozuvlarini o‘qib chiqarishdagi qiyinchiliklarni yengishga
yordam berar degan umid bor2.
Qadimgi yozuvlarni o‘rganishda epigrafikaga oid manbalar muhim o‘rin tutadi. Qadimgi yozuvlar asosan keyingi respublika va imperiya tarixini o‘rganish uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi, Ammo undan oldingi davrlarga oid yozuvlar, Tit Liviy bergan ma’lumotga ko‘ra, eramizdan avvalgi 390-yili Galliya yong‘inida yo‘q bo‘lib ketgan. Ular asosan qadimgi mualliflar bergan ma’lumotlardai ma’lumdir. Eng qadimgi yozuvlar eramizdan avvalgi VSh—VII asrlardagi etrusklarga mansubdir. Eramizdan avvalgi VII—VI asrlardagi etrusklarga aloqasi bo‘lmagan yozuvlar Pitsendan topilgan. Eramizdan avvalgi VI asrga mansub ilk lotin qadimiy yozuvlari—odatda Prenestin to‘qasi deb ataladigan oltin to‘qadagi yozuv, Rim maydonidan, afsonaviy Romul qabri joylashgan yerdan topilgan «Qora tosh» dagi yozuv lotin tilining kelib chiqishi masalasini o‘rganish uchun muhimdir. Eramizdan avvalgi III—I asr yozuvlari har xildir. Bag‘ishlangan yozuvlar, biron muhim voqeaga yoki tarixiy shaxsga bag‘ishlab o‘rnatilgan faxrli yozuvlar (masalan, eramizdan avvalgi 260 yili konsul Duiliyning rostr(notiqlar chiqib gapiradigan keng supa) ustunidagi yozuvda Rim flotining Karfagen floti ustidan g‘alaba qilganligi aytilgan), hujjatli yozuvlar (ko‘pincha shahar maydonlariga o‘rnatilgan faxriy lavhalarga yozilgan, konsullar va mansab egalarining dekretlari, qonunlari, farmoyishlari), qabr toshlaridagi yozuvlar. Bu xil yodgorliklarning eng qadimgisi eramizdan avvalgi 298 yili konsul L, Korneliy Ssipion Barbatning qabr toshiga bitilgan arxaik yozuvdir. Bu yozuv ilk Rim respublikasining siyosiy arboblarini, qadimgi Rim mafkurasini tavsiflash uchun muhimdir.G‘ishtlarga o‘yilgan shtempellar, ro‘zg‘or buyumlaridagi tamg‘a va yozuvlar yana qo‘shimcha ma’lumotlar beradi. Tosh taxta (stela)larga o‘yilgan qishloq xo‘jalik qurollari, hunarmandlarning ish qurollari, maishiy hayot manzaralarini ko‘rsatuvchi suratlar, shahar va qishloqlarda yashovchi ijtimoiy guruhlarning mashg‘ulotlari, turmush tarzi to‘g‘risida
hukm yuritishga imkon beradi. Yozuvlar ko‘pincha bir tomonlama, uziq parchalardan iborat
bo‘lsa-da, bevosita manba bo‘lganligidan ular boshqa xil ma’lumotlar bilan solishtirilganda qadimgi Italiya aholisining etnik tarkibi to‘g‘risida, Rim davlatining siyosiy, ma’muriy va sudlarning hayoti to‘g‘risida, aholining mafkurasi to‘g‘risida, shahar, qishloq va qabilalarning chegaralari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berishi mumkin.
Rim tarixini o‘rganish eramizdan avvalgi II asrdan boshlangan, bu davrda Rim davlati O‘rta yer dengizi mamlakatlari o‘rtasida eng qudratli davlat bo‘lib olgan. Rimning Gresiyani va ellinistik davlatlarni zabt qilishi Rimda greklar ta’sirining kuchayishiga sabab bo‘lgan, Rim shaharlarida qul va asirlar ichidan chiqqan bilimdon kishilar paydo bo‘lgan. Rim Nobillari (zodagon senatorlar) grek tilini, grek ilm-fani va san’atini bilishga majbur bo‘lgan. Biroq Rim jamiyati ellinistik dunyo madaniyatini o‘ziga to‘la o‘zlashtirib, singdirib olgan emas. U bu madaniyatdan Rim davlati hayotiga, uniig an’analari va odob-axloq qoidalariga yaqin bo‘lgan tomonlarinigina qabul qilgan.
1Rim yilnomalari ham muhim yozma manbalar sifatida ahamiyatga ega bo‘lib, Rim davlatining yuzaki qudratini mafkuraviy jihatdan mustahkamlash ehtiyoji yilnomachilarning dastlabki tarixiy-adabiy asarlarni yaratishlariga sabab bo‘lgan. Rimning ilk tarixchilari Rimning haqiqiy tarixini bunyod qilish to‘g‘risida bosh qotirib ko‘rmaganlar. Ular faqat amaliy maqsadni: o‘tmishdan zamondoshlarga o‘rnak bo‘ladigan eng yaxshi namunalarni topish, zodagon tabaqalarning qahramonliklarini maqtab, shu bilan respublikani mustahkamlashga yordam berish maqsadini ko‘zlaganlar,
xolos.Rim yilnomachilarining tarixning faqat yuzaki tomoni
bilangina qiziqish sababi ham shundadir. Yilnomachilar yaratgan asarlarni biz xiyla keyingi davrlardagi mualliflarning asarlarida keltirilgan parchalardangina bilamiz. Ularning an’analari va xususiyatlarini tushunish uchun ularning manbalari bo‘lmish fastlar va yilnomalarni tavsiflash zarur. Fastlar —bosh kohinlar tuzgan kalendar yozmalardir. Ular jamoalarning diniy hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, zamondoshlari uchun amaliy ahamiyat kasb etgan. Unda xususiy va davlat ishlarini yurgizishga yo‘l qo‘yilgan kunlar, diniy bayramlar o‘tkaziladigan kunlar qayd qilingan. Gallar istilosi vaqtida (eramizdan avvalgi 390 yil) bu qadimgi yozmalar yo‘q qilib yuborilgan. Boshqa bir manba kohinlarning ob-havo to‘g‘risidagi yozmalaridir2. Bosh kohin o‘zi bino qilgan uyning devoriga har yili oq taxta osib qo‘yar va ko‘pchilik diqqatiga sazovor hodisalarni: tabiiy ofatlar, quyosh, oy tutilishini, urush boshlangan va tugagan kun va hokazolarni qisqacha yozib qo‘ygan. Eramizdan avvalgi 130 yili bosh kohin — bosh pontifik Publiy Mutsiy Ssevola qo‘l ostidagi pontifik—-kohinlarning barcha yozmalarini umumiy bitta yozmaga jamlab «Buyuk yilnomalar» nashr qilgan. Qisqacha yozilgan yilnomalarni xalqning og‘zaki ijodi to‘ldirishi, kengroq tariflab berishi mumkin bo‘lsa-da, og‘zaki poeziya yodgorliklarining ko‘pchiligi yo‘qolib ketgan.
Rim tarixiga doir dastlabki manbalarning xususiyatlari
eramizdan avvalgi III—II asrlardagi tarixchilarning asarlari xarakteriga ham ta’sir qilgan. Bu tarixchilarni odatda katta yilnomachilar deb atash rasm bo‘lgan. sitseronning aytishicha: «ular qisqa qilib yozishni bayonotning birdan-bir fazilati deb bilib, faqat kunlar, kishilar, voqea va u yuz bergan joyni ko‘rsatib yozganlar, xolos».
Katta yilnomachilardan eng mashhuri Kvint Fabiy Piktordir. U eramizdan avvalgi III asr oxirlarida yashagan. Piktor
o‘z asari bo‘lmish «Yilnomalar»ni grek tilida yozgan. Bu asarda Rimning Italiyada Eney paydo bo‘lishidan boshlab to ikkinchi Puni urushigacha bo‘lgan tarixi bayon qilingan. Piktor asariiing manbalari undan oldingi yilnomalardagi ma’lumotlar, Fabiylar avlodining naqllari, muallifning shaxsiy kuzatishlari, ko‘rgan-bilgan kishilarning hikoyalari bo‘lgan bo‘lsa kerak. Lotin tilidagi birinchi tarixiy asarlarni (eramizdan avvalgi 234—149 yillarda yashagan) Mark Porsiy Katon yozgan. Shu kishi lotin prozasiga asos solgan. U mashhur davlat arbobi(konsul, senzor), tarixchi va notiq bo‘lgan. Katonning «Boshlang‘ichlar» nomi bilan yozgan yetti kitobdan iborat tarixiy asari birmuncha keyingi davrlardagi tarixchilarning asarlarida keltirilgan parchalar va bayonlaridagina bizgacha yetib kelgan. Katon o‘z asarida har xil italiy jamoalarining tarixini tasvirlagan. Katon manbalarga jiddiy e’tibor bilan yondoshgai: u pontifiklarning yilnomalaridan, yilnomachilarning asarlaridan, o‘zining shaxsiy kuzatishlaridan, ko‘rgan-bilgan kishilarning hikoyalaridan va og‘zaki naqllardan foydalangan. Katon Puni urushini bayon qilishdan avval urush harakatlari bo‘lgan joylarni borib ko‘rgan, Karfagenning davlat tuzumini o‘rgangan. Tarixiy ma’lumotlar bilan geografik ma’lumotlar o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘zdan kechirgan. Uning asarlarida ma’lum darajada ilmiy elementlar bor. Shunday bo‘lsa ham Katonning
asarlari adabiyot ta’siridan holi emas. Katonshunos Korneliy
Nepotning aytishicha, u «Italiya va Ispaniyada ajoyib ko‘ringan voqealarni» yozgan, ya’ni ertaklardan va afsonaviy materiallardan foydalangan. Katonning «Boshlang‘ichlar»i yilnomachilarning odatdagi
asarlaridan farq qiladi. Katon «har bir Italiya davlatining qaerdan kelib chiqqanligini» ta’riflab bergan, ya’ni Italiyadagi qabilalar va shaharlarning tarixini bayon qilib, Rim qudratida Italiyaning tutgan o‘rnini ko‘rsatgan. Yilnomachilar voqealarni albatta yilma-yil ko‘rsatib tasvir qilgan bo‘lsalar, Katon bunday yo‘l tutmagan. Uning asarlaridagi yana bir xususiyat shundan iboratki, unda lashkarboshilari va davlat
arboblarining nomlari tilga olinmagan1. Qadimgi mualliflarning ko‘pi Katonni uning ko‘p narsadan xabardorligi va tasvirlarining aniqligi uchun qadr-qimmatini baland tutganlar va uning asarlaridan keng foydalanganlar. sitseron: «Gresiya va Rim tarixida u bilmagan biron bir voqeani topish qiyin» deb yozgan. Katonning asarlari undan
keyingi yilnomachilarning asarlariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning asarlarida ham voqealar yilma-yil bayon qilingan. Afsonaviy materiallar haqiqiy materiallardan ajratilmagan, faqat faktlar, voqealar bayon etilgan. Ammo bu mualliflar o‘z asarlariga siyosiy o‘tkirlik bera bilganlar va nihoyat ko‘pgina naqllarning yo‘qolib ketmasligiga sababchi bo‘lganlar. Eramizdan avvalgi II asrning 30-yillaridan e’tiboran Rim respublikasida «yangi»s yoki «kichik» yilnomachilar deb atalmish avtorlarning, chunonchi Lutsiy seliy, Antipatr, Semproniy; Azellionlarning asarlari paydr bo‘la boshlagan.Kichik yilnomachilar odatdan tashqari sarguzashtlar va afsonalarga uchmagan. Ularning asarlaridagi yangilik shundan iborat bo‘lganki, ular materialni yilnoma tarzida bayon qilishdan voz kechganliklaridir. Kichik yilnomachilar voqealarning sabablarini, mag‘zini bayon qilishga harakat qilganlar.Biroq ular faktlarni bir yoqlama yoritganlar, latifanamo qiziq materiallardan foydalanishga uringanlar, xronologiya jihatidan xatolarga yo‘l qo‘yganlar. Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim shahrini barpo qilinishi miloddan avvalgi 754–753 yillardan boshlanib, G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi 476 yil bilan tugallanadi. Rim tarixini o‘rganishda turli xil manbalar: Rim va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy yodgorliklar, arxeologiya, epigrafika, numizmatika va papirologiya ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Qadimgi Rim tarixi bo‘yicha moddiy manbalar xilma-xil bo‘lib, Italiyaning paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh tasvirlari mavjud. Shimoliy va o‘rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli bo‘lgan sag‘analar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilgan. Rim shahrining o‘zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko‘p sonli qabrlar, ibodatxona poydevorlari, ona bo‘rining jez haykali, Serviy Tulliy davridagi shahar devori qoldiqlari qazib ochilgan. Italiyaning boshqa shaharlarida ko‘p sonli arxeologik yodgorliklar mavjud. Jumladan eramizning 79-yilida vulqon otilishi natijasida kul ostida qolib ketgan Pompey va Gerkulanum shaharlari arxeologlar tomonidan to‘la qazib ochilgan. Bu shaharlardagi ko‘chalar, uylar, ibodatxonalar to‘laligicha saqlanib qolgan va eramizdan avvalgi birinchi ming yillikdan eramizning II asrigacha mavjud bo‘lgan shahar me’morchiligi to‘g‘risida boy ma’lumotlar beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko‘p bo‘lgan. Qazib ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilgan. Rim tarixi bo‘yicha eng qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Miloddan avvalgi III asrdan boshlanib Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o‘ynashi bilan uning tarixi to‘g‘risida boy ma’lumotlar to‘plana boshlandi.
Miloddan avvalgi II asrda yashab o‘tgan Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay Sallyusiy Krispning tarixiy monografiyalarida aks etdi. Rim respublikasini so‘nggi davridagi yirik siyosiy arboblar sitseron va sezarning asarlari, ilk imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning щam shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati, diniy hayoti to‘g‘risida boy ma’lumotlar berilgan. Velley Patirkulning ikki jildli asarida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlangan.
Miloddan avvalgi I asr so‘nggida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning “Rim qadimiyatlari ” nomli 20 ta kitobdan iborat asarida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to‘la saqlanib qolgan bo‘lib, er. avv. 442-yilgacha bo‘lgan voqealar bayon qilinadi.
Rim tarixshunosligining eng yirik vakili Tatsit (eramizning I asrining 2-yarmi, II asrning boshlari) asarlarida eramizning I asridagi voqealar va Rim tarixiga oid german qabilalari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
II-III asrlar tarixiga oid asarlar to‘la saqlanmagan. Ularni ichida IV asrda tuzilgan “Avgustlar tarixi yozuvchilari”, “imperatorlar tarjimai hollari” kabi to‘plamlarni ko‘rsatish mumkin. So‘nggi imperiyaning yirik tarixchisi Ammian Marsellin asarlarida tarixiy voqealar eramizning 378 yiligacha bayon qilingan. Qadimgi Rim tarixi bo‘yicha muhim ma’lumotlar yunon mualliflari: Plutarx, Appian(II asr), Dion Kassiy (III asr) asarlarida mavjud1.
Bundan tashqari tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlarni ko‘rsatish mumkin.
Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy – joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo‘lib xizmat qildi. Italiyalik arxeologlar hozirgi kungacha bu yodgorliklarni tarixiy-madaniy jihatdan to‘la tadqiq qilib, Rim tarixini qayta tiklashda ilmiy jihatdan qimmatli bo‘lgan 100 ga yaqin tadqiqotlarni e’lon qildilar.
Rimning etrusklar davri, respublika imperiya davrlari, diniy hayoti bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar qadimgi kohinlar kollegiya jadvallari, qabrtosh yozuvlari, nasroniy dini kitoblari, nasroniy tarixchilarning asarlari orqali bilib olish mumkin.
Rim davlatiga oid davlat aktlari, senat qarorlari, va sud hujjatlari Rim kalendari kabi tarixiy hujjatlar mavjud. Rim mifologiyasi, falsafa, adabiyot, komediya kabi yozma yodgorliklari bizgacha juda katta miqyosda yetib kelgan. Shu bilan birga Rim imperiyasi qaramog‘ida bo‘lgan Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa hududlarida, Osiyo, Afrikada ko‘p miqdorda me’moriy inshootlar: saroy-ibodatxona, mudofaa inshootlari qoldiqlari, ko‘priklar, portlar saqlanib qolgan2.
Tayanch so‘z va iboralar: 300 urug‘, 3000 familiya, Forum Romanum, “To‘rt kvartalli” shahar, Serviy Tulliy, Kapitoliy, Aventin, ”Populyus Romanus”, saylov, “pater families”, patritsiy, plebey, “Vikus tuskuss”, Vervaktor, Vedator, Obarator, Saterkuliniy, Saturn, Semon, Segitiya, Lara, Penat, Yanus, avgurlar, kohin-folbin, Diana.




    1. Yüklə 63,01 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə